93
3. Oltin O‘rda davlati va huquqi (XIII-XV asrlar)
Oltin O‘rda tarkibiga Irtishdan Ural tog‘larigacha bo‘lgan yerlar,
Janubiy qora dengiz dashtlari, Qrim, Kavkaz
va O‘rta Osiyoning bir qismi kirdi. Rus knyazliklari unga vassal qaramlikda bo‘lib, o‘lpon to‘lab turgan. Oltin O‘rda
1502 yilgacha hukm surgan.
Oltin O‘rdada hukmron sinf ko‘chmanchilardan iborat edi. Yuqori tabaqalar: shahzodalar, xonning oila a’zolari
va qarindoshlari hisoblangan. Ular eng yirik feodallar bo‘lib, katta chorvalar, yerlar va ko‘pdan-ko‘p qa-ram kishilarga
egalik qilardi. Ulardan keyingi o‘rinda
beklar va
no‘yonlar turgan. Bulardan tashqari
tarxonlar - savdogarlar
ham
imtiyozli tabaqa hisoblangan.
Navkarlar mayda feodallar edi.
Ko‘chmanchi chorvadorlarning asosiy ommasi
qorachu -
oddiy xalq deyilgan. Ular no‘yonlar hokimiyati
ostida bo‘lib,
oilalari bilan yashab, yakka xo‘jalik yuritardilar, chorva solig‘i to‘lar va turli majburiyatlarni o‘tardilar.
Oltin O‘rda hokimligi ostidagi O‘rta Osiyo, Qrim, Quyi Pavolje va boshqa joylarda dehqonlar bo‘lib, ular
sabonchi va
o‘rtoqchi guruhlarga bo‘lingandi.
Sabonchi - qishloq jamoachilari edi.
O‘rtoqchi – kambag‘al-lashgan
jamoa a’zolari bo‘lib, tutqunlik shartlarida feodallarning yerlarida ishlardilar. Oltin O‘rdada ko‘p sonli qullar ham
mavjud edi.
Davlat tuzumi bo‘yicha Oltin O‘rda ilk feodal monarxiyasi shakli-dagi davlat edi. Davlat birligi shakli
syuzerenitet-vassalitet munosa-batlariga asoslanardi.
Davlat
tepasida xon turgan, u kuchli despotik hokimiyatga ega bo‘l-gan. Muhim masalalarni hal etish uchun
xon
Qurultoy - feodallar syezdini chaqirardi. Unda shahzodalar, ya’ni xon urug‘i a’zolari, shuningdek, no‘yonlar va
beklar ishtirok etardi,
urush va tinchlik, xonni saylash va boshqaruv masalalari hal qilinardi.
Markaziy boshqaruv tepasida bevosita xonga bo‘ysunuvchi
ministr turardi. U xon devonxonasiga, oshxona,
otxona va ustaxonalariga bosh-chilik qilardi, devonlar - markaziy boshqaruv organlari rahbari hisob-lanardi.
Davlat boshqaruvining alohida tarmoqlarini
devonlar yuritgan. Ular-ning ichida soliqlar, o‘lponlar va
majburiyatlarning tushishiga rahbarlik qi-luvchi devon, ya’ni davlat xazinasi eng muhimi edi. Devonlarda bitoqchi-lar,
ya’ni kotiblar ish yuritardi. Davlat xazinasini yurituvchi kotib (bitoq-chi) asosiy bitoqchi hisoblanardi. Oltin O‘rda
qo‘shinlari tepasida
bakovul turgan. U bevosita xonga bo‘ysungan. Bakovul qo‘shinlarni joylashtirish va ta’minlash,
o‘ljalarni taqsimlash, oliy harbiy qo‘mondonlarni kuzatib turish vazifalarini amalga oshirardi. Bakovulga o‘g‘lonlar,
ya’ni 100 ming kishilik qo‘shinning qo‘mondonlari, o‘g‘lonlarga
esa - tumanbegilar, ya’ni o‘n ming lashkarga
qo‘mondonlar bo‘ysunardi. Undan keyin mingboshilar, yuzboshilar va o‘nboshilar mavjud edi.
Huquq manbalarini asosan
xonning farmoyishlari va Buyuk Yasoq tashkil etgan. Buyuk Yasoq 1206 yilda
Chingizxon buyrug‘i bilan tuzil-gan. U mo‘g‘ul qonunlari va odatlari to‘plami hisoblanardi. Mo‘g‘ullar islomni qabul
qilganlaridan keyin Oltin O‘rdada shariat huquqning asosiy manbai bo‘lib qoldi.
4. Markazlashgan Rus davlatining tashkil topishi va huquqning rivojlanishi (XIV asrning ikkinchi yarmi-XVI
asrning
birinchi yarmi)
XIV asrdan boshlab rus knyazliklari birlasha boshlaydi. Buning asosiy sabablari: birinchidan, rus yerliklari
o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar-ning kuchayishi, ikkinchidan, dehqonlarni jilovlab turish va ularning krepostnoylashuvini
oxiriga yetkazish zaruriyati, uchinchidan, ayniqsa mo‘g‘ullarga qarshi kurashish, ularning hukmronligiga barham berish
zarurati edi.
Rusda markazlashgan davlatning tashkil topishi xalqlarning (Buyuk rus, ukrain va belorus xalqlarining) tashkil
topishiga olib keldi. G‘arbiy Yevropada esa bunday jarayon millatlarning shakllanishiga sababchi bo‘l-di. Rusda
keyinchalik kapitalizm rivojlanishi bilan millatlar vujudga keldi va u ko‘p millatli davlat bo‘lib qoldi.
Jamiyatda
feodallar:
xizmatchi knyazlar, boyarlar, erkin xizmatchilar va
boyarlarning bolalari, «saroy xiz-mati ostidagilarga» bo‘linadi.
Xizmatchi knyazlar feo-
dallarning yuqori qismini tashkil etadi. Ular sobiq udel knyazlari bo‘lib, Moskva davlatiga
qo‘shilishi bilan mustaqilliklarini yo‘qotgan, lekin o‘z yerlariga egalik huquqini saqlab
qolgan edilar. Ular qo‘shinlarda qo‘mon-donlik lavozimlarini egallab, urushlarda o‘z
drujinalari bilan ishtirok etardilar. Oqibatda ular boyarlar tabaqasi bilan qo‘shilib ketadi.
Feodallarga qaram aholi bu davrda dastlab sirota-yetimlar deb yuri-tilgan. XIV asrda uning o‘rniga krestyan
(xristian so‘zidan olingan) degan nom paydo bo‘ldi. Lekin XV asrda hali ilgarigi smerdlar iborasi ham ish-latilardi.
Dehqonlar ikki toifaga: qora majburiyatli va egalikdagi dehqon-larga bo‘lingan. Egalikdagi dehqonlar pomeshchiklar va
votchinniklar yer-larida ishlab, o‘sha yerda yashaganlar. Qora majburiyatli dehqonlar feodal-larga berilmagan boshqa
yerlarda yashardilar. Bu yerlar bevosita knyazga tegishli edi. XV asrda qora majburiyatli dehqonlarni yerga biriktirish,
egalikdagi dehqonlarni tobora krepostnoylashtirish jarayoni nihoyatda ku-chaydi. Qora majburiyatli dehqonlar ma’lum
knyazlikka biriktiriladi. Bu knyazlar o‘rtasidagi shartnomalar orqali amalga oshirilgan. Bunday shart-nomalarga ko‘ra,
begona majburiyatli kishilarni o‘z yerlariga qabul qilish mumkinmas qilib belgilandi. Krepostnoylashtirish esa
dehqonlarni ma’lum votchina yoki pomestega, ya’ni yerga va uning egasiga biriktirish orqali yuz berardi. Dehqonlar
o‘zlariga xo‘jayin tanlash, boshqa xo‘jayinga o‘tib ishlash huquqidan mahrum bo‘la bordilar.
Buyuk knyazlar bir guruh
dehqonlarni maxsus yorliqlar bilan egalariga biriktirib qo‘ya boshladilar. Bunday dehqonlardan birinchisi -
starojiletslar (tub aholi, bir joyda ko‘p vaqtdan yashab kelganlar) edi. Ular feodallarga hamda davlatga majbu-riyatlar
o‘tab turardilar.
Ijtimoiy
tuzumi