“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92

 
87
sudlarining huquqiy masala bo‘yicha ilgarigi qarorlarida mustahkamlangan rahbariy tamoyil kelajakda shunga o‘xshash 
masalalarni ko‘rishda asta-sekin namuna kuchiga ega bo‘la boshladi. 
"Umumiy huquq"ning rasmiyatchiligi, qimmatliligi, juda sekinligi, qat’iy bir shakldan boshqa shaklga o‘tishga 
qodir emasligi natijasida o‘zgarib borayotgan tarixiy sharoitlar munosabati bilan Angliyada XIV asrda " adolat  sudi" 
paydo bo‘la boshladi va shu bilan birga yana bir huquqiy tizim  - «adolat huquqi» (eguity) shakllanib boradi. 
"Adolat sudi"ning vujudga kelishi lord-kansler - "qirollik diyonatini tarqatuvchi" faoliyati bilan bog‘liq edi. 
Lord-kansler dastlab qirol nomi-dan, 1474 yildan esa o‘z nomidan "yomon sudlovlilik" ustidan shikoyat qilgan 
da’vogarlarni himoya qila boshlaydi. Bunday holda da’vogarlar ko‘pincha o‘z shikoyatlarida ularni xafa qilganlar ta’qib 
qilinmaganligini, o‘zlarini "umumiy huquq" sudlarida himoya qilinmaganliklarini ko‘rsatar edilar. 
Angliyaning o‘rta asrlardagi huquq manbalari ichida savdo va kano-nik huquqi me’yorlari alohida o‘rin 
tutadi. "Umumiy huquq"ning bozor munosabatlari rivojlanishiga yordam bermaydigan konservativ rasmiyat-chiligi 
ingliz huquqi tomonidan savdo va kanonik huquqning qator me’yorlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirib olinishiga sabab 
bo‘lgan. Ko‘p sonli savdo rasm-rusumlarining paydo bo‘lishi ingliz savdo sudlarining faoliyati bilan ham bog‘liq edi. 
Ularning huquqiy kuchi ko‘pincha qirollik statutlari bilan mustahkamlangan. 
Feodal mulk huquqi,
 
ayniqsa yerga egalik huquqi ko‘p jihatdan mamlakatning 
butun huquqiy
 
tizimi xarakterini belgilagan. 
Ingliz-saks qabilalarining Britaniyada egallab olgan yerlari azaldan ikkita asosiy 
turga:  folcland va boclandga  ajrala boshlagan. Folklend - bu "xalq yeri", unga egalik 
qilish jamoaga mansublikka asoslangan va dav-latga nisbatan ma’lum majburiyatlar 
o‘tashga olib kelgan. Bunday yerlarni tasarruf qilish erkinligi cheklangan. Folklendni boshqa shaxsga o‘tkazish uchun 
oilaning barcha a’zolari roziligi talab qilingan. 
Yerga egalikning boshqa ko‘rinishi - boklend  esa qirolning in'omiga asoslangan. Bunday yerlarga egalik 
huquqi qirollik yorliqlari (bos) bilan tasdiqlangan. 
Normandlardan keyingi ingliz huquqida cheklanmagan, shartsiz yer egaligi tushunchasi mavjud emas edi. Yer 
huquqlari ikkita asosiy tushun-chalar: tenancy - egalik, ushlab turish va estaty - egalik huquqlari, huquqiy manfaatlar 
(ularning davomiyligi, begonalashtirish imkoniyati va boshqalar) hajmi bilan belgilangan. Egalik (tenancy) o‘z 
navbatida erkin va noerkin bo‘lgan. Erkin egalik (freehold) - bu ritsarlik xizmatini o‘tash shartlari asosida yoki shaxsiy 
xizmat huquqi bo‘yicha olingan egalik, shuningdek, erkin dehqonlarning yer egaligi hisoblangan. Bunday yerga egalik 
qilgan dehqon lordga belgilab qo‘yilgan pul summasini to‘lardi va uning yurisdiksiyasi ostiga tushardi. 
Dehqonning lord foydasiga shaxsiy va iqtisodiy majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan noerkin yer egaligi vaqt 
o‘tishi bilan feodal ijaraning merosiy huquqiga aylandi va copyhold degan nom oldi, chunki ijaraning bunday sharti 
manorlik sudlarining bayonnomalari nusxalari bilan belgilab qo‘yilgan edi. Noerkin yer egaligi dastlabki vaqtlarda 
qirollik sudlarida himoya qilinmasdi. XV asrda u bilan bog‘liq da’volar kansler sudida, XVI asrda esa bu sudning ta’siri 
ostida "umumiy huquq" sudlarida ham ko‘rila boshlandi. 
Hozirgi ingliz va amerika yer huquqida mavjud bo‘lgan estate tushunchasi nafaqat ko‘chmas mulkka nisbatan 
egalik huquqlarining hajmi haqida, balki mulkni o‘tkazish uchun texnik vositalar yig‘ish haqida ham tasavvur beradi. U 
egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va mulk ustidan nazorat qilish munosabatlariga kirishgan turli shaxslarning yoki 
hali tug‘ilmaganlarning huquqlarini qamrab oladi. 
Feodallarning yerga egalik huquqlarining yanada kengayishi Angliya feodal huquqida yerga erkin egalikning 
o‘ta istiqbolli shakli - estate in free simplening  o‘rnatilishiga olib kelgan. Bu o‘z ko‘lami bo‘yicha mulkka yaqin 
bo‘lgan ancha to‘liq egalik huquqini anglatadi. 
Angliyada ingliz-sakslar davridayoq shartnoma munosabatlari rivojlana 
boshlaydi. Lekin len, vassal qaramlik munosabatlari keng tarqalganligi muno-sabati 
bilan bu davrda ikki rasman teng huquqli tomonlarning bitimini anglatuvchi 
shartnoma tushunchasi hali vujudga kelmagandi. Ine haqi-qatida sotuvchining 
mahsulot sifati uchun javobgarligi haqidagi da’vogar va javobgar o‘rtasidagi 
tortishuvda qasamyod qabul qilish haqidagi qoidalarni topish mumkin. Biroq bular ko‘proq shartnoma munosabatlariga 
emas, balki ma’muriy munosabatlar sohasiga taalluqli edi. 
Angliyada bozor munosabatlarining taraqqiy etishi bilan majburiyat huquqi ham rivojlangan. Deliktlar va 
shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar "umumiy huquq" me’yorlarining uzoq vaqt tadrijiy rivoj-lanib borishi 
natijasi bo‘ldi. 
Angliyada feodal nikoh-oila huquqi ma’lum dara-jada feodal yer egaligini qo‘riqlash va himoya qilish 
manfaatlari bilan belgilangan. U kanonik huquqning kuchli ta’siri ostida bo‘lgan. Kanonik 
huquqning qator juda muhim me’yorlari, masalan, nikohning cherkov shakli, ikki 
xotinlikning taqiq-lanishi singarilar bevosita qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgandi. Jum-
ladan, 1606 yilgi statut ikki xotinlikni feloniya (og‘ir jinoyat) safiga qo‘shgan edi. 
O‘rta asrlarda ingliz oilasi patriarxal xarakterga ega edi. Erga tekkan ayolning - 
xotinning huquqiy holati juda cheklangandi. Uning harakatdagi mulklari erining to‘liq ixtiyoriga o‘tgan, ko‘chmas 
mulklariga nisbatan esa erning boshqaruvi o‘rnatilgan edi. Erga tekkan ayol mustaqil ravishda shartnoma tuza olmas
sudda o‘z huquqlarini himoya qilib chiqa olmas edi. 
Ingliz-sakslarning odat huquqi ajralishni tan olgan. Ajralish yoki erining o‘limi natijasida oiladan ketayotgan 
ayol oila mulkidan (hara-katdagi mulkdan, chorvadan, puldan) o‘z hissasini olardi. Kanonik huquq, ma’lumki, 
ajralishga yo‘l qo‘ymasdi. U faqat ma’lum hollarda er-xotin-ning alohida yashashiga, "stoli va to‘shagining 
Mulk 
huquqi
 
Nikoh va 
oila 
huquqi
Majburiyat 
huquqi
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə