82
imkonini berdi.
Shunday qilib, normand bosqini Angliya uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Buning natijasida
jamiyatning
feodallashish jarayoni nihoyasiga yetdi, qirol hokimiyati kuchaydi, mamlakatning siyosiy birligi mustah-kamlandi,
Angliyaning qit’a bilan aloqalari kuchaydi.
Normand bosqinidan keyin Angliyada kuchli qirol hokimiyatiga asoslangan markazlashgan davlat tashkil
topdi. Bu vaqtda qirol hokimiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi: birinchidan, mamlakatning
barcha yerlariga qirolning oliy huquqi o‘rnatilib, bu qirolning hamma
feodallar ustidan
hokimiyatini ta'minlardi; ikkinchidan, davlatda qonun chiqarish va oliy sud hokimiyati qirol
qo‘lida to‘plangan edi; uchinchidan, oliy harbiy hokimiyat ham qirol qo‘lida edi.
Angliyada qonun chiqarish hokimiyati qirolga tegishli bo‘lsa ham, ko‘pincha u
qirollik
kuriyasi (curia regis) bilan birgalikda amalga oshi-rilgan. Lekin qirollik kuriyasi qirol huzuridagi maslahatchi organ
edi.
Genrix I davrida (1100-1135 yillar) markaziy davlat apparati ancha takomillashtirilgan. Qirollik kuriyasi
katta
kengash va
doimiy hukumat organi (kichik kuriya)ga ajralgan.
Katta kengash bir yilda uch marta (rojdestvo, pasxa
va troitsada) chaqirilgan. Uning
tarkibiga qirol chinov-niklari, asosiy xizmatchilari va mamlakatning eng yirik zodagon
vakillari kirgan. Uning kompetensiyasiga muhokamaga kiritilgan barcha masalalar bo‘yicha va qirollik qonunlari
bo‘yicha maslahatlar berish kirgan. Kengash tavsiyalari majburiy kuchga ega bo‘lmagan. Biroq qirol bunday muas-
sasaning mavjudligidan manfaatdor edi, chunki shu yo‘l bilan ta’sirli feodallar tomonidan o‘zining siyosiy harakatlari
tan olinishiga erishardi.
Kichik kuriya oliy sud, ma’muriy va moliyaviy hokimiyatni amalga oshirardi. Uning tarkibiga
qirol chinovniklari: lord-kansler, lord-xazinachi, kamerger, saroy styuardi, qirolning shaxsiy muhrini saqlovchi va saroy
xizmatchilari, shuningdek, maxsus taklif etilgan yuqori mansabli ruhoniy-lar va baronlar kirgan.
Genrix I davrida kichik
kuriya oliy sud hamda ma’muriy organ funksiyalarini bajaruvchi xususiy qirollik kuriyasiga va qirolning moliyaviy
ishlarini yurituvchi hisob palatasi ("shaxmat taxtasi" palatasi)ga ajralib ketdi. Kuriyaning majlisiga qirol raislik qilgan, u
yo‘qligida bu vazifani bosh yustitsiar amalga oshirgan.
Bu davrda davlatning oliy mansabdor shaxslaridan, ayniqsa, bosh yustitsiar, kansler, marshal, kamerariy va
boshqalarni alohida ajratib ko‘r-satish mumkin.
Bosh yustitsiar qirol Angliyada yo‘qligida
amalda dav-latni idora etib
turuvchi ruhoniy shaxs, kanonik va rim huquqining bila-g‘oni hisoblangan. Uning yordamchisi kansler bo‘lgan.
Kansler dastlab franklardagi kabi qirolning shaxsiy kotibi hisoblangan, keyinchalik esa davlat devonxonasining
boshlig‘i bo‘lib qolgan, davlat kotibi rolini bajar-gan.
Marshal - qo‘shinlar qo‘mondoni,
kamerariy - xazinabon,
qirollik mol-mulki, xazinasi va yer egaliklarining boshqaruvchisi, hisob palatasi boshlig‘i edi.
Takomillashgan sud tartibotning joriy qilinishi munosabati bilan XII asr o‘rtasidan boshlab markaziy
boshqaruvning oliy organi - qirollik kuriya-sining tuzilishi va vakolatlari murakkablashdi va o‘sdi.
Funksiyalarning
ixtisoslashtirilishi va kuriya tarkibidan qator alohida idoralarning ajratilishi jarayonida kansler boshchiligidagi
devonxona, qirolning markaziy ("shax-siy") sudi va moliya muassasasi batamom shakllandi. Qirollikning "shaxsiy" sudi
tarkibiga 1175 yildan e’tiboran ruhoniy va dunyoviy shaxslardan doimiy sudyalar saylana bordi. Mazkur sud
Vestminsterda o‘zining doimiy qarorgo-higa ega bo‘la borib, undan asta-sekin
Umumiy tortishuvli sud ajralib chiq-di.
Bu sud qirol ishtirokisiz ham yig‘ilishi va qirol boshqa yerga ko‘chib o‘t-ganda uning ketidan ergashib yurmasligi lozim
edi. Umumiy tortishuvli sud faoliyati Angliyada "umumiy huquq"ni yaratishda hal qiluvchi rol o‘ynagan.
Qirol hokimiyati bilan ingliz cherkovi, dunyoviy sud bilan cherkov sudi o‘rtasidagi munosabatlar ancha
murakkab edi. Normand istilosidan keyin cherkov va dunyoviy sudlar bir-biridan ajratilgan,
shu bilan birga, cherkov
sudlari barcha diniy va qisman dunyoviy (nikoh, vasiyat va bosh-qa) ishlarni ko‘ra boshlagan. Normand qirollari
yepiskoplarni o‘zlari tayin-lay boshlaganlar, Angliya va Normandiya uchun cherkov qarorlarini chi-qara boshlaganlar,
vakant yepiskoplardan daromadlar olganlar. Biroq, papa hokimiyatining va Rimdagi katolik markazning kuchayib
borishi bilan ingliz taxti tez-tez cherkovning qarshiligiga duch kela boshlagan va "erkin cherkov" haqidagi masala
Angliyada kelajakda cherkov va dunyoviy hokimiyat o‘rtasidagi nizolar uchun sabab bo‘lib qolgan.
Genrix II mahalliy cherkov ustidan qirol ta’sirini kuchaytirishga harakat qilib,
1164 yilda Klarendon
konstitutsiyalarini chiqardi. Ularga ko‘ra, qirol cherkov sudlarida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha oliy sudya deb tan
olindi. Cherkov ishlariga oid barcha nizolar qirollik sudida hal qilinishi lozim edi. Qirol yurisdiksiyasi cherkov
mulkchiligi
haqidagi tekshiruvlar-ga, qarzlar haqidagi da’volarni ko‘rishga, og‘ir jinoyatlarda ayblanayotgan klerklarga
nisbatan hukmlar chiqarish va ijro etishga ham yoyiladi. Qirol-ning ruxsatisiz uning vassallaridan va chinovniklaridan
birortasi cherkov-dan chetlashishi mumkin emasdi. Qirolning dunyoviy tartib-qoidalar o‘rnatishi tamoyillari va uning
oliy cherkov mansablari saylovlariga aralashish imkoniyati o‘rnatildi.
Genrix II ning XII asrning ikkinchi yarmida o‘tkazgan harbiy islohoti harbiy majburiyatlarning barcha erkin
kishilarga - feodallarga, dehqonlar-ga, shahar aholisiga tarqatilishidan iborat edi.
1181 yilda chiqarilgan
"Qurollanish
haqida"gi assizaga binoan erkin kishilarning har biri mulkiy ahvoliga qarab o‘z qurol-yarog‘iga ega bo‘lishi lozim edi.
Qo‘shin o‘z qurol-yarog‘iga ega bo‘lsa-da, davlat xazinasi hisobidan ushlab turil-gan. Bu vaqtda xazinaga kelib
tushadigan tushumlar ancha o‘sgan edi.
Genrix II ning harbiy va moliyaviy islohotlari qirolga sodiq qo‘shinlar sonining birdaniga o‘sishiga va
qo‘shinlarga yirik feodallar tomonidan qo‘mondonlik qilinishi tartibining buzilishiga, shuningdek, professional
chinovniklar ushlab turish uchun mablag‘lar hosil qilishga imkon yaratdi. Bundan tashqari, sud
ishlarini amalga oshirish
davlat budjetining juda muhim daromad manbai bo‘lib qolaverdi.
Mahalliy boshqaruv tizimi normand istilosidan keyin o‘zgarmadi. Mamlakatning grafliklarga va yuzliklarga
bo‘linishi saqlanib qoldi. Grafliklarda sheriflar, yuzliklarda - ularning yordamchilari - beyliflar qirollik ma’muriyatining
vakillari bo‘lib qoldi. Sherif graflik hududida harbiy, moliyaviy va politsiyachilik hokimiyatiga ega edi, qirollik
Davlat
tuzum