“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92

 
77
o‘rta asrlar mobaynida huquqiy partikulyarizmning mavjud bo‘lib turishiga shart-sharoit yaratgan edi.  
Germaniyada esa huquqning zemstvoga oid huquqqa  (yerlar, hududlar huquqi) va len huquqiga bo‘linishi 
an’anaviy bo‘lib qolgan edi. Germaniyada len huquqi, zemstvo huquqi, shahar huquqi, kanonik huquq ayni paytda bir 
xil muno-sabatlarni (yerga oid, mulkiy, nikoh-oila, meros munosabatlarini) turlicha tartibga solgan. Bunda huquq 
sub’yektlarining qaysi tabaqaga yoki hudud-ga taalluqliligiga qaralardi. Bu ko‘pincha sud tomonidan aniqlanardi. 
Umuman o‘rta asrlar huquqida, xususan german huquqida sud tartibotiga o‘ta sodiqlikni yaqqol ko‘rish 
mumkin edi. Sud ishlarini yuritish chog‘ida inson «o‘z huquqini izlashi» mumkin. 
German huquqining rivojlanishida odat huquqining mahalliy tizimlashtirilishi ham muhim rol o‘ynagan. Bunda 
imperiya qonunlari va  sud amaliyoti  qoidalari  ham hisobga olingan, albatta. Bularga misol tari-qasida «Sakson 
zertsalosi», «Shvab zertsalosi», «Frankon zertsalosi» va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bu to‘plamlarning normalari 
va prinsiplari ko‘pincha o‘z huquqiy doirasidan ancha chetga chiqib, huquqning birxillashtirilishiga ko‘maklashgan. 
«Sakson zertsalosi»da fuqarolik, jinoyat, protsessual va qisman davlat huquqi 
normalari belgilangan. 
«Sakson zertsalosi» ko‘pgina 
german o‘lkalari va shaharlarida tan olingan 
va 
1900 yilga qadar o‘z kuchini yo‘qotmagan. 
Yuqori darajadagi bir xillik germanlarning shahar huquqida vujudga kelgan.  
Shahar huquqi doirasidan asta-sekin huquqning yanada umumiyroq tizimi - 
savdo huquqi, yoki «savdogarlar huquqi» ajralib chiqib, dastlabki vaqtlardanoq milliy 
xarakter kasb etgan. 1532 yilda Karl V ning jinoiy va jinoiy-protsessual qonunlari 
to‘plami - «Karolina»ning nashr qilinishi jinoyat huquqining umumgerman prinsipini yaratishga muhim hissa bo‘lib 
qo‘shilgan.  
Huquqiy tizimlar ko‘proq alohida hududlar - Germaniya davlatlari bo‘yicha shakllangan. 
XVIII asrning o‘rtasida Bovariyada Fuqarolik kodeksi va jinoyat qonunnomasi qabul qilingan. Avstriyada 
1768 yilda jinoyat qonunnomasi - «Tereziana» chiqarilgan, 1787 yilda esa shu yerda yangi jinoyat qonunnomasi qabul 
qilingan. 
Ayniqsa, 1784 yilda chiqarilgan Prussiya umumdavlat qonunnomasi juda mashhur bo‘lgan. Uning manbalarini 
«Sakson zertsolasi», rim huquqi, Magdeburg va Lubek huquqi, Berlin oliy sudining amaliyoti tashkil etgan. 
Qonunnoma ikki qismdan iborat bo‘lgan. Birinchi qism fuqarolik huquqi-ga bag‘ishlangan. Ikkinchi qismda asosan 
davlat huquqi va jinoyat huquqi normalari, shuningdek tabaqalarning huquqiy holati haqidagi, maktab va cherkovlar 
haqidagi normalar belgilangan.  
Yuqorida ta’kidlanganidek, XII-XIII asr-larda imperiya markaziy 
organlarining qarorlari asosan «umumdavlat tinchligi»ni saqlab turish 
funksiyasini bajargan.  
Dastlab tinchlikni saqlab turish mexanizmi shundan iborat 
bo‘lganki, ularga zo‘ravonliklar qilmasliklari haqida majburiyat (qasam 
orqali) yukla-tilgan edi. Keyinchalik qabul qilingan statutlarda fuqarolarning hayoti va mulkini himoya qilish 
to‘g‘risidagi normalar qasamyodlardan mustaqil, imperativ xarakter kasb etgan va ancha keng darajadagi 
munosabatlarni qamrab ola boshlagan.  
Statutlarda sudlarning tashkil etilishi va faoliyati prinsiplariga alohida e’tibor berilgan.  
Shunday qilib, ishlarni «umumiy» german huquqi asosida hal qilish imkonini beruvchi sharoitlar yaratila 
boshlandi. Shu maqsadda sud qarorlarini saqlash, tizimga solish va o‘rganish uchun doimiy devonxona tuzishga harakat 
qilingan. 
Jazo prinsiplari jinoyat va jinoyatchining xarakteri bilan belgilangan.  
Sud majlisi sud jarayonining yakunlovchi bosqichi bo‘lgan. Lekin u haqiqatda sud jarayonining mustaqil 
bosqichi hisoblanmagan.  
XIII asrdan e’tiboran knyazliklarda umumdavlat huquqi - butun erkin aholi 
uchun umumiy bo‘lgan huquq normalari faol rivojlana boshladi. Uning manbalarini 
asosan knyazliklar «davlat» organlarining huquq ijodkorligi, XII-XIII asrlardagi 
umumdavlat tinchligi haqidagi mahalliy qarorlar, shuningdek, graflik sudlarining 
qarorlari tashkil etgan.   Umumdavlat  huquqida  oila va meros huquqiy 
munosabatlari ma-salalari muhim o‘rin tutadi. German huquqi oilada va mulkni meros qilib qoldirishda ayollarning 
kamsitilgan holatini o‘rnatuvchi eski an’analarni davom ettirdi. Nikoh tuzishda ayollar erkaklar bilan teng huquqlarga 
ega emas edilar. Bunda yerning boyliklari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Bolalar huquqiy holati past darajadagi 
ota-onasining mulkini meros qilib olganlar.  
Meros olish uchun merosxo‘r meros qoldruvchi bilan teng (yoki yuqori) huquqiy 
holatga ega bo‘lishi lozim edi.  
Ma’lumki, ruhoniylar tabaqasi o‘z huquq normalariga -cherkov huquqiga amal 
qilganlar. Cherkov huquqi shuningdek barcha tabaqalarning oila va meros huquqiy 
munosabatlarini ham tartibga solgan.  
O‘rta asrlarda Germaniyadagi yerga oid munosabatlar boshqa g‘arb «feodal 
davlatlari»dagi kabi prinsiplar asosida qurilgan edi.  
Germaniya len huquqida egalik instituti katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Len 
“Sakson 
zersalosi
Shahar 
“Karolina”
 
Umumimperiya 
qonunchiligi
 
Umumdavla
t huquqi
 
Meros 
huquqi
 
Len 
huquqi
 


 
78
huquqi bo‘yicha majburiyatlar asosan vassallik munosabatlarini tartibga soladigan va deyarli butun Yevropa 
mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan feodal odatlar bilan belgilangan.  
Orta asrlar huquqi shaharga «korporatsiya» - fuqarolarning yagona, bir butun 
yig‘indisi statusini va shu tariqa yuridik shaxs huquqini bergan.  
Germaniyaning shahar huquqi dastlab umumdavlat va len huquqlarining prinsiplari 
va 
institutlariga asoslangan.  
Shaharlik o‘z xususiy mablag‘iga sotib olgan mol-mulkni tasarruf etishda to‘la 
erkin edi.  
Germaniya shahar huquqida sud ishlari yuritishni tashkil qilish, isbotlash va jarayon qoidalarini belgilash 
masalalari o‘ziga xos puxta va atroflicha ishlab chiqilganligi bilan ajralib turadi. 
Shahar sudiga shaharning senori tomonidan tayinlanadigan burggraf va uning o‘rinbosari (shultgeys) 
boshchilik qilardilar. Ular qirol yoki knyaz buyrug‘i bilan sud ishlarini yuritishgan. Burggraf sud ishlarini bir yilda uch 
marta ko‘rishi lozim edi. Uning yo‘qligida bu ishlarni shultgeys bajargan. Bundan tashqari, burggrafning 
yurisdiksiyasiga, agar aybdor jinoyat ustida ushlab olingan bo‘lsa, zo‘rlik, ta’qib qilish, uyiga bostirib kirish haqidagi 
barcha ishlar, shuningdek, burggrafning rasmiy sud ishlari boshlanishiga qadar «14 kecha oldin» vujudga kelgan barcha 
ishlar taalluqli bo‘lgan. Tayinlab qo‘yiladigan sud amaldorlaridan tashqari ikkita toifadagi sudyalar - shahar 
sheffenlari (umrbod muddatga) va ratmanlar - maslahatchilar (bir yilga) saylab qo‘yilgan. Ratmanlar asosan 
«donish-mandlar maslahati bo‘yicha» shahar savdosi qoidalarining buzilishi haqi-dagi ishlarni ko‘rib hal qilish uchun 
chaqirilgan. Shunday qilib, eng ko‘p ishlar shaharning sheffenlar hay'ati tomonidan ko‘rib hal etilgan. Ushbu 
sheffenlar hay'ati shaharliklar va chet elliklarga nisbatan umumiy yuris-diksiyaga (sud qilish huquqiga) ega bo‘lgan. 
Bunda shaharliklarning faqat shahar sudi sudlovligiga taalluqli ekanligi qayd qilingan. Ular shahardan tashqarida sudga 
murojaat qilishlari mumkin emas edi. 
 
 
 
 
 
Shahar 
huquqi
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə