“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92

 
88
ajratilishiga" ruxsat berardi. 
O‘rta asrlarda Angliyada meros qoldirishning qan-daydir yagona tizimi mavjud emas 
edi. 
Real mulkning me-ros bo‘yicha o‘tishini maxsus, sekin almashinadigan tartibi shaxsiy 
mulkning meros bo‘lib o‘tishidan farq qilgan. "Umumiy huquq" vasiyat bo‘yicha merosni 
nazarda tutmaydi. Vasiyat amalda ishonib topshirilgan mulk instituti bilan birga joriy etilgandi. 
Vaqt o‘tishi bilan ishonib topshirilgan mulk voyaga yetmaganlar tomonidan qonun bo‘yicha 
ham, vasiyat bo‘yicha ham meros qilib olinishi tartibini belgilaydigan bo‘ldi, chunki har ikki holda ham ularning 
mulkini boshqarish uchun mulk ishonib topshiriladigan shaxsni tayinlash talab etilardi. 
Vasiyat qoldirmagan shaxsning harakatdagi mulklariga dastlabki da’vo qilish huquqi
 
beva qolgan xotinga 
(agar eri o‘lsa) yoki erga (agar xotini o‘lsa) tegishli edi. Bu institut ingliz huquqida curtesy - "iltifot" degan nom olgan. 
Angliyada o‘rta asrlar jinoyat huquqi me’yorlari ma’lum darajada sud amaliyoti 
bilan yaratilgan. Jinoiy statut huquqi jinoyat huquqining boshqa manbalari orasi-da "umumiy 
huquq"ning tegishli me’yorlarini to‘liq yoki biroz o‘zgar-tirilgan ko‘rinishda aks ettirishdan 
boshqa narsa emas edi. Bunda qiyin-chiliklar shundan ham kelib chiqardiki, jinoyat va 
fuqarolik huquq buzar-ligi bir-biridan ko‘proq huquqqa xilof xatti-harakatlari tabiati 
bo‘yicha ajratilardi. Aynan bitta xatti-harakat ham fuqarolik, ham jinoiy huquq-buzarlik bo‘lishi mumkin edi, chunki 
huquq yuqorida ko‘rsatil-ganidek, da’voning har ikkala shakliga va unga mos ravishda fuqarolik (ma’lum huquqlarning 
tasdiqlanishi yoki tiklanishiga qaratilgan) yoki jinoiy (hu-quqbuzarlik xatti-harakatini sodir etganlik uchun 
huquqbuzarni jazo-lashdan iborat o‘z ob’yektiga ega bo‘lgan) jarayoniga yo‘l qo‘ygan. 
Dastlab XIII asrda feloniya tushunchasi paydo bo‘lgan. Angliya jinoyat huquqida o‘lim jazosi bilan bir qatorda 
mulkni musodara qilish nazarda tutilgan barcha jinoyatlar feloniya deb atalgan
77
. Aynan felony degan iboraning 
lug‘aviy ma’nosi ham shundan darak beradi, ya’ni bu ibora fee - feodal egalik va lon - baho degan so‘zlarning 
birikmasidan kelib chiqqan. 
Misdiminor  ilgari fuqarolik tartibida yetkazilgan zararning undirilishiga olib keluvchi huquqbuzarliklardan 
asta-sekin rivojlanadi. Vaqt o‘tishi bilan bu guruhga firibgarlik, qalbaki hujjatlar tayyorlash, soxta narsalar yasash kabi 
jiddiy jinoyatlarning kiritilishi bilan feloniya va misdiminor o‘rtasidagi qat’iy chegaralar yo‘qolib bordi. Bunga jinoyat 
sodir etilganda u yoki bu shakldagi da’voni tanlash imkoniyati ham ko‘maklashgan. Feloniya haqidagi da’vo 
qanoatlantirilgan holda, masalan, badanga shikast yetkazganda jinoyatchi hayoti bilan javob bergan, agar jabrlanuvchi 
huquqlari buzilgani haqida da’vo qilsa, unda bu jinoyat misdiminorga taalluqli bo‘lgan va jinoyatchiga turma yoki 
jarima jazosi nazarda tutilgan. 
Genrix VIII va Yelizaveta I davrida ko‘plab mana shunday qonunlar chiqarildiki, ular tilanchilar va daydilarga 
nisbatan og‘ir jazolar belgila-ganliklari bilan tavsiflanadi. 1530 yildagi qonunga ko‘ra, shunday kishilar birinchi marta 
qonga botirib urilgan, ikkinchi marta qulog‘i qirqilgan, uchinchi marotada esa qatl etilgan. Bunday qonunchilik Angliya 
tarixida "Qonli qonunchilik" nomini oldi. 
Jazolarning maqsadlari ingliz feodal huquqi rivojlanishining alohida bosqichlarida o‘zgarib turgan. Dastlab 
jazoning asosiy maqsadi jabrlanuvchi va uning qarindoshlarini yetkazilgan zararni undirish bilan qanoatlantirish 
bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish uchun qo‘rqitish bo‘lib qolgan. Keyingi 
maqsadda juda og‘ir jazo turlaridan, masalan, tirik tandan ichak-chavoqlarni sug‘urib olish, o‘lguncha darra bilan 
savalash va boshqa shu kabilardan keng foyda-lanilgan. XVII asrda Angliyada 50 ga yaqin jinoyatlar uchun o‘lim jazosi 
belgilangan edi. O‘lim jazosi turli shakllarda amalga oshirilgan. Ularning ichida o‘tda kuydirish, osib o‘ldirish, to‘rt 
bo‘lakka bo‘lib tashlash, charxpalakka tortib o‘ldirish jazolari keng qo‘llangan. Qirollik tinchligini buzganlik uchun, 
cherkovda odam o‘ldirganlik uchun, o‘z xo‘jayinini o‘ldirganlik uchun va turli o‘g‘riliklar sodir etganlik uchun o‘lim 
jazosi nazarda tutilgan. Tan jazolari juda xilma-xil jinoyatlar uchun qo‘llanilgan. Bunday jazolarga qo‘llarini, 
quloqlarini, burnini va boshqa tana a’zolarini kesish kabilar kirgan. Jazolardan yana bir turi tamg‘a bosish jazosi bo‘lib, 
u asosan jinoyatchini sharmanda qilish maqsadini ko‘zlagan. Lekin, o‘rta asrlar ingliz jinoyat huquqida eng ko‘p 
tarqalgan jazo jarima bo‘lgan. Bulardan tashqari hukmron tabaqa uchun ro‘zaga amal qilish jazosi ham qo‘llangan. 
(Ro‘za xristianlarda: go‘shtli, sutli, tuxumli taomlarni yeyish man qilingan kunlar). 
Ingliz-sakslar davlatining dastlabki davrida sud tekshiruvi jabrlanuvchi 
yoki 
uning qarindoshlari tashabbusi bilan boshlangan. Davlat va uning organlari 
kuchayishi bilan ta’qib qilish funksiyasi ularga o‘tgan. 
Angliyada sud jarayonining ayblov xarakteriga ega bo‘lganligi munosabati 
bilan bu yerda maxsus mansabdor shaxslar tomonidan taqdim qilinadigan davlat ayblovi instituti rivojlanmagan.  
 XIII asrdan professional huquq himoyachilari paydo bo‘lgan. Ular ikki toifaga: baristerlar va solisitorlarga, 
yoki attoreylarga bo‘lingan.  
                                                      
77
 Feloniya turiga oid jinoyat sodir etganlik uchun mol-mulkning musodara qilinishi faqat XIX asrga kelib 
bekor qilingan. 
Meros 
huqu
Jinoyat 
huquqi
 
Sud 


 
89
O‘RTA ASRLARDA ROSSIYA DAVLATI VA HUQUQI TARIXI (IX ASR-XIX ASRNING O‘RTASI) 
 
1.  Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar). 
2.  Siyosiy tarqoqlik davrida Rusda davlat va huquq (XII-XIV asrlar). 
3.  Oltin O‘rda davlati va huquqi (XIII-XV asrlar). 
4.  Markazlashgan Rus davlatining tashkil topishi va huquqning rivojlanishi. 
5.  Rossiyada tabaqa-vakillik monarxiyasi (XVI asrning o‘rtalari-XVII asrning o‘rtalari). 
6.  Rossiyada mutlaq yakka hokimlikning tashkil topishi va rivojlanishi (XVII asrning II yarmi-XIX asr boshi). 
7.  Mutlaq yakka hokimlik davrida Rossiyada huquqning asosiy belgilari. 
8.  Krepostnoy tuzumning yemirilishi va kapitalistik munosabatlarning o‘sishi davrida Rossiya davlati va huquqi. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
 
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998. 
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998. 
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi  tarihi. Samarqand.1992. 
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996. 
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996. 
6. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История  государство  и  право  зарубежных  стран.  Нoрмa.M.2004. 1-
частъ. 
7. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История  государство  и  право  зарубежных  стран.  Нoрмa.M.2004. 2-
частъ. 
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., TDYuI..2003.2- qism 
9. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.TDYuI..2005.2- qism 
 
1. Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar) 
 
VI-VIII asrlar sharqiy slavyanlarda urug‘ ja-moa tuzumining to‘la 
yemirilishi va feodal muno-sabatlarning o‘rnatilishi davri bo‘lgan. O‘sha vaqt-da 
ijtimoiy tuzumning asosini patriarxal oila jamoasi tashkil etgan. Bundan 
qo‘shnichilik qishloq jamoasi o‘sib chiqqan. Bu esa feodalizm rivojlanishi-ning 
boshlanishi edi. Alohida oilalar ajralib chiqib, yakka xo‘jalik yuritish rivojlangan. 
Jamoaning haydaladigan yerlari va maydonzorlari alohida oilalar qo‘liga o‘tgan. Faqat o‘rmon boyliklari, suv singarilar 
jamoa qo‘li-da qolgan. Bu vaqtda qullar ham bo‘lib, qullik patriarxal, uy xarakterida edi. Qulning mehnati ikkinchi 
darajali, yordamchi ahamiyatga ega edi. Asosiy ishlab chiqaruvchi kuch qishloq jamoasi edi. 
IX asrning II yarmi - X asrning boshida Novgorod knyazi Oleg Novgorod, Kiyev va boshqa slavyan qabilalari 
ittifoqlarini o‘z hukmronli-giga bo‘ysundirib, qadimgi Rus davlati yoki Kiyev Rusiga asos soladi. Bu jarayon knyaz 
Oleg tomonidan 882 yilda Kiyevning bosib olinishi bilan nihoyasiga yetgan deb hisoblanadi. 
IX asrda qadimgi Rusda feodal munosabatlar, ya’ni feodallarning yerga egaligi 
paydo bo‘ladi. Qabila boshliq-lari katta yer egalariga aylanadi. Feodal yer egalariga: knyaz, 
boyarlar va ruhoniylar kirardi. Knyaz eng yirik yer egasi bo‘lib, uning yer egaligi jamoa 
yerlarini, bo‘sh yerlarni egallab olish orqali kenga-yib bordi. Boyarlar - urug‘, qabila 
ichidan o‘sib chiqqan savdogarlar, ja-moa a’zolari, boy hunarmandlar bo‘lib, asta-sekin 
knyazning vassaliga aylangan. Knyaz drujinachilari ham boyarlarga aylandi. Ular xizmat uchun yer olib, tobora boyib 
boradilar. Yerga egalikning asosan quyidagi ikki shakli mavjud bo‘lgan: votchina va pojalovaniya (xizmat uchun haq) 
tarzida in'om qilingan yerlar. 
Mehnatkashlar ommasining asosiy qismini smerdrlar (feodallar tomonidan asoratga solingan qishloq aholisi) 
tashkil etardi. Zakuplar ham bo‘lib, ular feodallardan kupa - pul summasi yoki natural yordam olib, buning evaziga 
unga ishlab berishi lozim edi. Ularning qarz to‘lashi juda og‘ir edi. Agar zakup qochsa, xolopga - qulga aylantirilardi. 
Lekin zakupni urish, xoloplikka sotish mumkin emas, uning sudga shikoyat qilish huquqi mavjud edi. Zakupning mulki 
ham daxlsiz hisoblanardi. 
Qadimgi Rus davlatida qullar ham bo‘lgan. Ular xoloplar, chelya-dinlar deb atalgan. Lekin qulning mehnati 
uy xarakterida edi. Dehqonlar qarzini o‘z vaqtida to‘lay olmasa, ruxsatsiz uylansa, xo‘jayinini haqorat qilsa xolopga 
aylanishi mumkin edi. Qullar umuman huquqsiz bo‘lib, ular uchun xo‘jayini javob berardi. 
Kiyev Rusi qat’iy markazlashgan davlat emas edi. U boshqarish shakliga ko‘ra ilk 
feodal monarxiyasi bo‘lib, u syuzerenitet-vassalitet prinsipiga asoslanardi. Kiyev knyazi 
buyuk knyaz hisoblansa ham hokimiyati kuchli emas edi. Joylardagi knyazlar unga, ya’ni 
syuzeren knyazga vassal hisoblanardi. Kiyev knyazi va mahalliy knyazlar o‘rtasida krest (xoch, 
but)ni o‘pib, qasam ichish orqali shartnomalar tuzilardi. Bunday shartnomalarda katta 
knyazlarning huquq va majburiyatlari o‘rnatilardi. Bular: «kichik, vassal knyazlarga har-biy yordam ko‘rsatish, yer 
berish va uni himoya qilishdan iborat edi. Vassal syuzerenga quloq solishi, harbiy, iqtisodiy yordam berishi, uni hur-
mat qilishi lozim edi va hokazo. Knyazlararo shartnomalarni buzganlik uchun vassallar yeridan mahrum qilinardi. 
Davlat tepasida buyuk knyaz turgan. U sud, harbiy va qonun chiqarish hokimiyatiga ega edi. Tashqi 
Davlatning 
tashkil 
Ijtimoiy 
tuzumi
 
Davlat 
tuzum


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə