“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92

 
91
tomonidan bekor qilinib, uning o‘rniga aybdor xolopning xo‘jayinidan jarima olinadigan bo‘ldi. Jinoyat ishtirokchilari 
aybning darajasiga qarab ajratilmagan, ular bir xil jazolanganlar. 
Rusda uzoq vaqt qonli o‘ch olish odati saqlanib qolgan. Bu odat 
Yaroslav haqiqatining 1-moddasida ham ko‘rsatilgan edi. Lekin 
Yaroslavichlar qonli o‘ch olishni pul jarimasi bilan almashtirganlar. 
Jazoning quyidagi turlari ma’lum: 
1.  O‘lim jazosi. Bu Rus haqiqatida yozib qo‘yilmagan bo‘lsa 
ham, lekin yilnomalarda ko‘rsatilganidek, turli feodallar hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olonlar va xoinliklar uchun o‘lim 
jazosi keng qo‘llanilgan. Masalan, 1068 yilda Kiyevda knyaz hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olon tashkilotchilari va 
ishtirokchilaridan 70 kishi knyaz Izyaslav tomonidan osib o‘ldirilgan. Umuman Rusda xoin knyaz udelidan, boyarin esa 
boshidan mahrum qi-lingan. 
2.  Bosqinchilik va talon-taroj jazosi. Bu og‘ir jazo bo‘lib, ot o‘g‘rilariga, o‘t qo‘yuvchilarga va 
talonchilarga nisbatan qo‘llanilgan. Bunda jinoyatchining mol-mulklari musodara qilingan, o‘zi va uning oila a’zolari 
qulga aylantirilgan. 
3.  Vira - tovon, xun haqi jazosi. Qadimgi Rusda odam o‘ldirganlik uchun knyaz foydasiga undiriladigan 
pul jarimasi shunday deb atalgan. Boylar uchun - 80-40 griven; oddiy xalq uchun - 6-5 griven kumush,  shuningdek  
jabrlanuvchi oilasiga boshqacha alohida jarima undirilgan. Uning miqdori aniq belgilanmagan. Qadimgi Rusda jamoa 
javobgarligi ham mavjud edi. 
4.  Sotish. Bu - knyaz foydasiga undiriladigan jarima. 
5.  Tana a’zolaridan mahrum qilish jazosi. Qo‘l, burun, quloq va barmoqlarni kesish. 
Jinoyat turlari: 
1.  Knyaz hokimiyatiga qarshi qaratilgan jinoyatlar: qo‘zg‘olon, xiyonat, fitna va boshqalar. 
2.  Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar. Odam o‘ldirish,  tan  jarohati yetkazish, urish, qo‘l, oyoq yoki 
ko‘zidan mahrum etish, haqorat qilish: so‘z bilan yoki harakat bilan - soqollarini, mo‘ylovlarini kesish, itarib yuborish 
va hokazo. 
3.  Mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlar. O‘g‘rilik, binolarga o‘t qo‘yish, chegara belgilarini buzish va 
boshqalar. 
4.  Dinga qarshi qaratilgan jinoyatlar. Cherkov o‘g‘irligi, qabrni o‘g‘irlash, cherkovga hayvon va parranda 
olib kelish, o‘rmonzorlarda, suvlarda xudoga sig‘inish, jodugarlik kabilar. 
Sud jarayonida jinoyat va fuqarolik ishlari bir-biridan ajratilmagan. Ikkalasi bo‘yicha ham yagona sud 
jarayoni mavjud edi. Rus haqiqati bo‘yicha sud jarayoni tortishuvdan iborat edi. Ikkala tomon ham da’vogar 
hisoblangan va deyarli bir xil huquqlarga ega bo‘lgan. Sudda ular o‘z qarindoshlari va qo‘shnilari o‘rtasida so‘zga 
chiqqanlar. Qarindosh va qo‘shnilar sudda ularning yordamchilari sifatida qatnashishgan. 
 
2. Siyosiy tarqoqlik davrida Rusda davlat va huquq  
(XII-XIV asrlar) 
 
XII asrga kelib joylarda feodallar juda boyib ketdi. Ular o‘zlarining drujinachilariga ega bo‘lib, ekspluatatsiya 
qilinuvchilarni bostirib turish uchun yetarlicha kuchga ega bo‘ldilar. Buyuk knyaz hokimiyati ularga malol kela 
boshladi. Markazdan qochish jarayoni kelib chiqdi va XII asrda Qadimgi Rus davlati inqirozga uchrab, bir necha 
knyazlik va o‘lkalarga bo‘linib ketdi. Bulardan eng yiriklari: Galich-Volin knyazligi, Vladimir-Suzdal knyazligi va 
Novgorod hamda Pskov respublikalari edi. 
XII asr oxirida Galich va Volin yerlari Volin knyazi Roman Mstislavich 
(1199-
1205 yillar) tomonidan birlashtirilib, yagona Galich-Volin knyazligi tashkil 
etiladi. Roman «buyuk knyaz» unvonini oldi. 
Galich-Volin knyazligida Galich boyarlari muhim rol o‘ynardi. Ular 
yirik 
votchinalarga va qaram dehqonlarga ega edi. Boyarlar ichida yer uchun, 
hokimiyat uchun kurash doimo bo‘lib turadigan hodisa edi. Feodallarning boshqa guruhini xizmatchi feodallar tashkil 
etdi. Bular knyazlik mukofotlari evaziga yer olib turardi. Ko‘pincha ular yerga xizmat davrida shartli egalik qilardilar. 
Xizmatchi feodallar knyazga qo‘shin berib turishlari lozim edi. Galich knyazlari boyarlarga qarshi kurashda xizmatchi 
feodallarga tayanardi. 
Davlat tuzumining hususiyati shunda ediki, Galich-Volin knyazligi uzoq vaqt udellarga
88
 bo‘linmagan edi. 
Roman Mstislavichning o‘g‘li Daniil Romanovich o‘lganidan (1264 yilda) keyin u Galich va Volin yer-lariga ajraldi, 
keyin ular ham udellarga bo‘linib ketdi. Bu davrda hoki-miyat amalda yirik boyarlar qo‘lida edi. Galich-Volin knyazlari 
keng iqtisodiy va ijtimoiy asosga ega bo‘lmay, ularning hokimiyati mustahkam emas edi. Knyazlik hokimiyati katta 
o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tardi. 
Boyarlar o‘z hokimiyatini Boyarlar Kengashi orqali amalga oshi-rardi. Unga yirik yer egalari, yepiskoplar va 
oliy mansabdor shaxslar kir-gan. Kengashning tarkibi, huquqi, vakolatlari aniq belgilanmagandi. Kengash boyarlar 
tashabbusi bilan chaqirilardi. Knyaz uni o‘z holicha chaqira olmasdi. Knyaz Kengashning roziligisiz bironta ham qonun 
chiqara olmasdi. Kengash rasman oliy hokimiyat organi bo‘lmasa ham, amalda knyazlikni boshqarib turardi. Unga 
                                                      
88
 Udel – qadimgi Rusda knaz qo`l ostidagi o`lka, viloyat. 
Qadimgi 
Rusning huquq 
Galich-Volin 
knazligi
 


 
92
butun davlat apparati bo‘y-sunardi, chunki uning tarkibiga davlatning yirik mansabdor shaxslari kirardi. 
Galich-Volin knyazligida ham ba’zan feodallar s’yezdlari chaqirilib turardi, shuningdek, saroy-votchina 
boshqaruvi vujudga kelgandi Unda saroybon muhim o‘rin tutgan. Saroy dasturxonchisi (stolnik) ham bo‘lib, knyaz 
stolini tashkil etgan, ovqatlanish vaqtida unga xizmat qilgan. Matbaachi, qush ovi amiri, otboqar, ovchi va boshqa 
saroy mansablari ham mavjud edi. Matbaachi devonxona ishlarini yuritib, xazinani saq-lagan. 
Huquqi. Galich-Volin knyazligida Rus haqiqati normalari ba’zi o‘zgarishlar bilan harakatda edi. 
Galich-Volin knyazlari o‘zlarining qonunlarini ham chiqarganlar, albatta. Bularning ichida 1134 yilgi knyaz 
Ivan Rostislavich Berladnikning yorlig‘i muhim o‘rin tutadi. Unda chet el savdogarlariga qator imtiyozlar berilgan edi. 
1287 yilda knyaz Vladimir Vasilkovich tomonidan chiqaril-gan «Rukopisanie» (qo‘lyozma)da meros huquqi normalari 
belgilandi. Unda merosxo‘rlar ham dehqonlarni ekspluatatsiya qilishlari mumkinligi ko‘rsatilgan, shuningdek, shahar va 
qishloqlarni boshqarish haqida ma’lu-motlar ham mavjud. 1289 yilda Volin knyazi Mstislav Romanovichning Ustav 
yorlig‘i chiqariladi. Unda feodallarga qaram aholining majbu-riyatlari 
ko‘rsatilgandi. 
1097 yilgi feodallar syezdining qarori bilan Kiyev Rusining bo‘lini-shi 
natijasida Suzdal yerlari Vladimir Monomaxga o‘tadi. Lekin u bu yer-larni 
boshqarishni o‘z o‘g‘li Yuriy Dolgorukiyga (1125-1157 yillar) bera-di. Yuriy 
Dolgorukiy Kiyevdan mustaqil birinchi knyaz edi. U Suzdalda yashab, katta 
yerlarni egallab oladi, knyazlik markazi qilib Suzdal shahrini tanlaydi. Dolgorukiy ko‘p shaharlarga, jumladan 1147 
yilda Moskvaga asos soladi. U o‘lgandan keyin o‘g‘li Andrey Bogolyubskiy (1157-1174 yillar) Rostov-Suzdal knyazi 
bo‘lib qoldi. U poytaxtni Vladimir-Klyazma shahriga ko‘chiradi. Shundan so‘ng bu davlat Vladimir-Suzdal knyazligi 
degan nom oladi. Andrey Bogolyubskiy o‘z hokimiyatini har tomonlama mustahkamlash choralarini ko‘rib, boyarlarni 
terror qiladi. Natijada boyar-lar fitna uyushtirib uni o‘ldiradilar (1174 yil). Shundan keyin ukasi va vo-risi Vsevolod 
Yurevich Katta Uya (1176-1212 yillar) boyarlarning chiqish-larini shafqatsiz bostirdi, boyarlarning fitnalarida 
qatnashganlarni ayovsiz jazoladi, Chernigov va Smolensk knyazliklarini o‘ziga bo‘ysundirdi. 
Vladimir-Suzdal knyazligi ijtimoiy tuzumi bo‘yicha Kiyev Rusi-dan kam farq qilardi. Hukmron sinflar: 
katta knyazlik drujinasi, kichik knyazlik drujinasi, «erkin xizmatchilar» (barcha yirik, o‘rta, mayda yer egalari), 
dvoryanlar, ruhoniylar hisoblangan. Jamoachi-dehqonlar smerdlar deb emas, yetimlar (sirota) deb atalgan. Xoloplar 
ham mavjud edi. Shahar-larda hunarmandchilik va savdo rivojlanadi. 
Vladimir-Suzdal knyazligida ham saroy-votchina boshqaruvi tizimi shakllanadi. Uning tepasida saroybon 
turardi. U buyuk knyazning xo‘jalik va boshqarish ishlari bo‘yicha birinchi yordamchisi hisoblanardi. Undan keyingi 
o‘rinda harbiy ishlarni yurituvchi voevoda turardi. Bulardan tashqari otboqar, saroy dasturxonchisi va boshqalar mavjud 
edi. Ularning yordamchilari tiunlar deb atalardi. Mahalliy boshqaruv namestniklar va volost boshqaruvchilari qo‘lida 
edi. Ularni buyuk knyaz tayinlardi. 
Huquqi to‘g‘risida shuni aytish mumkinki, bu yerda ham asosan Rus haqiqati harakatda edi. 
Ma’lumki, 1136 yilda Novgorod boyar-lari Kiyev knyazining 
noibi knyaz Vsevolod Mstislavichni haydab yuboradilar va musta-qillikni 
qo‘lga kiritadilar. Novgorod boyarlar respublikasi - «Janob Buyuk 
Novgorod» bo‘lib qoladi. 
Pskov dastlab Novgorod tarkibida edi. XIV asr boshidan u 
Novgorod posadniklarini qabul qilmay qo‘yadi va Pskov vechesi pskovlik boyarlar-dan posadniklar saylaydi.  
Novgorod va Pskovning ijtimoiy tuzumida hukmron tabaqalar «eng yaxshi kishilar» deb atalgan va  boyarlar
yirik yer egalari, ruhoniylar va boshqa guruhlarga bo‘lingan. Savdogarlar ham muhim o‘rin tutardi, qol-gan barcha aholi 
qora yoki kichik kishilar hisoblanardi. Ular majburiyatlar o‘tab soliqlar to‘lardilar. Jamoachi-dehqonlar smerdlar deb 
atalardi. Feo-dallarga tutqunlikka tushib qolgan dehqonlar esa garovga qo‘yilganlar si-fatida edilar. Ular yerga egalik 
qilar, lekin turli majburiyatlar o‘tashlari lo-zim edi. Yeridan mahrum bo‘lib, xo‘jalik yuritishga mablag‘i yetmaydigan 
smerdlarni polovniklar deyilardi. Polovniklar feodallardan qarz olib, ular-ning yerlarida ishlardilar. Ogorodniklar ham 
bo‘lib, ular feodallarning to-morqalarida ishlardilar. Kochetniklar  (ko‘chmanchilar)  baliqchilik bilan shug‘ullanardi. 
Eng huquqsiz omma xoloplar edi. Ular ko‘proq uy xo‘jali-gida ishlardilar. 
Davlat tuzumi bo‘yicha Novgorod ham, Pskov ham aristokratik respublika edi. Hokimiyat feodallarning 
yuqori qismi qo‘lida bo‘lib, ular respublika institutlaridan ustalik bilan foydalanardilar. 
Novgorod va Pskovda rasman oliy hokimiyat organi Veche  hisob-lanardi. Unda faqat erkin va mulkdor 
kishilar qatnashar, boyarlar rahbarlik rolini o‘ynardilar. Vecheda barcha mansabdor shaxslar saylangan, urush va 
tinchlik, elchilar qabul qilish, soliqlar miqdorini belgilash, shahar, cherkov qurilishi, og‘irlik, uzunlik o‘lchov 
birliklarini o‘rnatish, oliy mansab-dorlarni sud qilish, shuningdek, eng muhim jinoyat ishlarini ko‘rish kabi masalalar 
hal qilingan. 
Novgorod va Pskovda oliy mansabdor shaxs posadnik  edi. U res-publika boshlig‘i hisoblanib, noma’lum 
muddatga saylanardi. Ikkinchi oliy mansabdor shaxs mingboshi edi. U urush vaqtida xalq lashkarlariga qo‘modonlik 
qilgan, tinchlik vaqtida savdo ishlarini yuritgan va savdo ishlari bo‘yicha sudni amalga oshirgan, shuningdek, 
politsiyachilik funk-siyalarini ham bajargan. 
Huquq manbalari: Rus haqiqati, odat huquqi, veche «hukmlar»i yoki qarorlari, boshqa davlatlar bilan 
tuzilgan shartnomalar, knyazlar o‘rtasidagi shartnomalar va nihoyat qonunlar to‘plamlari - Novgorod va Pskov sud 
yorliqlaridir. 
 
Vladimir-Suzdal 
knyazligi
 
Novgorod va 
Pskov 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə