Davlat ramzlarining ahamiyati


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 56,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix30.12.2023
ölçüsü56,08 Kb.
#165066
1   2   3   4   5   6
116-121

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–16_Issue-3_November_2022 
120 
bo’lish; mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, mas’ullik; ijtimoiy huquqiy 
va axloqiy me’yorlarga hurmat va itoatda bo’lish; mamlakat milliy boyliklarini asrash, 
ularni ko’paytirish haqida qayg’urish; davlat tili, milliy madaniyat va an’analarga 
sadoqat ko’rsatish; ijtimoiy faollik; demokratik tamoyillarga amal qilish; tabiatga 
nisbatan ehtiyotkorona, mas’uliyatli munosabatda bo’lish; fuqarolarning huquq va 
burchlarini hurmat qilish; huquqiy ong va fuqarolik madaniyatiga ega bo’lish; o’z 
faoliyati, xatti-harakatiga mas’uliyatli bo’lish; o’zga xalqlarga hurmat ko’rsatish va 
boshqalar. 
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O'zbekistonning o'z 
istiqlol va taraqqiyot yo'li» nomli asarida shunday yozadi: «O'zbekistonni yangilash va 
rivojlantirishning o'z yo’li to'rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar: 
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 
- xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 
- insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 
- vatanparvarlik»'. 
Fuqarolik tarbiyasining asoslaridan biri millat, xalq o'tmishini o'rganish orqali 
milliy o'zlikni anglash tuyg'usini qaror toptirish sanaladi.Shaxs ham, jamiyat ham 
o'tmishni o'rganish, uning har bir bosqichini tahlil qilish asosida kelgusi hayot rejasini 
ishlab chiqadi.O'tmish mutafakkirlarining qarashlari, boy ma'naviy meros g'oyalari 
bugungi avlod uchun dasturilamal bo'lishi lozim.Allomalar, xalq qahramonlari 
hayotini o'rganish, millat va shaxsga inson sifatida kim ekanligini anglab yetishga 
yordam beradi.Fuqarolik tuyg'usini qaror toptirish murakkab jarayon. Bunda dastlab 
o'quvchilarga fuqarolikning mohiyati va me'yoriy qoidalar mazmuniga oid bilimlar 
beriladi. Avvalo, o'quvchiga fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar 
beriladi, bu xildagi xatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so'ngra faoliyat 
uyushtiriladi. Ana shu asosida ularda fuqarolik tushunchasi shakllanadi va fuqarolik 
xulqiy odatlari hosil qilinadi.Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma'lum shart-
sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi. Bular: 
1) O'quv yurtida tashkil etilayotgan ta'lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada 
uyushtirilishi kerak; 
2) Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o'qituvchi va 
o'quvchilar jamoasining saviyasiga bog'liq 
3) Tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo'lishiga erishish; 



Yüklə 56,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə