Davlat ramzlarining ahamiyati


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 56,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü56,08 Kb.
#165066
1   2   3   4   5   6
116-121

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–16_Issue-3_November_2022 
118 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorig’i Kengeshi va hukumati, xalq deputatlari 
mahalliy Kengashlari, turli davlatlarda Respublika nomidan ish olib boruvchi 
O’zbekiston 
Respublikasining 
doimiy 
vakolatxonalari 
binolarida 
ko’tariladi.O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik mehmonlar Respublika 
bayrog’ini hurmat qilishlari shart. Davlat bayrog’iga nisbatan hurmatsizlik qonun yo’li 
bilan jazolanadi.O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbida tog’lar, daryolar, 
bug’doy boshoqlari (chap tomonda), ochilgan g’o’za shohlarining (o’ng tomonda) 
gulchambar holidagi tasviri aks ettirilgan. Gerb o’rtasida serquyosh yurt ramzi bo’lgan 
quyosh o’zining zarrin nurlarini sochib turibdi. Gerbning yuqoridagi qismida 
Respublika mustaqilligining ramzi sifatida sakkiz burchak tasvirlangan bo’lib, uning 
ichida yarim oy (yangi oy – yangi tuzum) va yulduzlar (abadiyat timsoli) 
joylashtirilgandir. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi bo’lgan kumush 
rangli Xumo qushi qanotlarini yozib turgan holda tasvirlangan. Xumo qushi insonga 
baxt keltiruvchi, uni turli ofatlardan himoya qiluvchi, mehribon jonzot sifatida o’zbek 
xalq og’zaki ijodida keng talqin etib kelingan. Gerbning pastki markaziy qismida 
Davlat bayrog’i ranglaridagi chambar lenta o’zagida «O’zbekiston» so’zi yozilgan. 
Gerbda ifoda etilgan sakkiz qirrali burchak – masammandir. Ushbu belgi ijtimoiy 
hayotning ma’lum bir g’oya, kuch birlashtiradi degan g’oyani anglatishga xizmat 
qiladi. Paxta va bug’doy boshoqlarining tasviri rizqu-ro’zning nishonasidir.Davlat 
gerbining huquqiy maqomi ham qonun bilan himoyalanadi. Davlat gerbidan 
foydalanish huquqi maxsus davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga berilgan 
bo’lib, ularga O’zbekiston Prezidenti devoni, O’zR Oliy Majlisi, davlat hokimiyati va 
boshqaruvning mahalliy idoralari, vazirliklar, davlat qo’mitalari, barcha toifadagi 
sudlar, prokuratura, diplomatik va konsullik vakolatxonalari kiradi.Davlat gerbining 
tasviri tushirilgan muhrlar, hujjatlarning blankalari va ulardan foydalanish, saqlash 
hamda yo’qotish tartibi Respublika Vazirlar Mahkamasining maxsus hujjati asosida 
tartibga solingan.Davlat gerbining tasviri, shuningdek, fuqarolik pasporti, korxona, 
tashkilot, muassasalarning ish qog’ozlari, muhrlarida o’z aksini topgan. Respublika 
fuqarosi shaxs sifatida o’z sha’ni, or-nomusini qanchalik muqaddas bilsa, fuqaro 
sifatida davlat ramzlarini shu qadar muqaddas bilishi, uni asrash, muhofaza qilish 
uchun o’zida mas’ullik tuyg’usini qaror toptirishi lozim.Fuqarolik tarbiyasini yo’lga 
qo’yish jarayonida davlat ramzlaridan noqonuniy hamda axloqsiz ravishda 
foydalanayotgan kimsalarga nisbatan murosasiz bo’lish lozimligini uqtirib borish 
maqsadga muvofiqdir.Fuqarolik tarbiyasining yo’nalishlaridan biri o’quvchilarga 
millat, xalq o’tmishini o’rgatish asosida milliy o’zlikni anglash hisssiga ega 
bo’lishlarini ta’minlash sanaladi.Milliy qadriyatlar g’oyalarini o’rganish asrlar 
davomida ardoqlanib kelgan an’ana, urf-odat, marosimlar millatni bu qadar 
jipslashganligi siridan voqif etadi. Fuqarolik tarbiyasi negizida xalq o’tmishi, tarixini 
o’rganish milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga yo’naltirilgan faoliyatga 



Yüklə 56,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə