Davlat ramzlarining ahamiyati



Yüklə 56,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü56,08 Kb.
#165066
1   2   3   4   5   6
116-121

Davlat ramzlari 
— muayyan bir davlatning milliy suverenitetini ifodalaydigan, 
tarixan tarkib topgan alohida, eng muhim belgilari. Ular bevosita xalq, millat hayoti, 
anʼanalari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir. Davlat ramzlari 


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–16_Issue-3_November_2022 
117 
mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini oʻzida mujassamlantiradi. Davlat 
ramzlarida xalqning azaliy orzusi, ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi. 
Davlat ramzlari konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilab qoʻyiladi. Davlat 
bayrogʻi, davlat gerbi, davlat madhiyasi, davlat ranglari, davlat boshligʻining shtandarti 
(bayrogʻi), davlat muxri, davlat shiori asosiy Davlat ramzlari hisoblanadi. 
"Oʻzbekiston Respublikasi" nomi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, oʻzbek 
tili, Oʻzbekistonning oʻz bayrogʻi, gerbi, madhiyasi, poytaxti (Toshkent shahri), 
Oʻzbekistonning davlat mukofotlari va unvonlari, milliy valyutasi(soʻm), umumxalq 
bayramlari mustaqil oʻzbek davlatining yorqin timsollaridir. 
O’zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining e’lon qilinishi ijtimoiy-
siyosiy mustaqillikni ifoda etuvchi ramzlarni yaratishni taqozo etdi. 1992 yil 10 
dekabrda O’zRning davlat madhiyasi qabul qilindi. O’zbekiston Xalq shoiri Abdulla 
Oripov va taniqli bastakor Mutal Burxonov O’zR davlat madhiyasining 
mualliflaridir.1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasining bayrog’i, 1991 yil 2 
iyulda esa O’zbekiston Respublikasining gerbi (tamg’asi) qabul qilindi.Ta’lim 
muassasalarida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o’quvchilarga davlat ramzlariga 
oid ma’lumotlarni berish, ularning ongiga davlat ramzlarining xalq, millat or-nomusi, 
sha’ni, qadr-qimmatining timsoli ekanligi to’g’risidagi g’oyalarni singdirish 
zarur.Mustaqil O’zbekiston Respublikasining bayrog’ida oq, ko’k, yashil va qizil 
ranglar o’z ifodasini topgan bo’lib, ularning har biri muayyan ma’noni anglatishga 
xizmat qiladi. Oq rang qizil rang bilan hoshiyalangan. Respublika bayrog’ida yurt 
tarixi, o’zbek xalqining milliy ruhi va yurt tabiatining jamoli aks ettirilgan. Bayroqning 
chap tomoni yuqorida qismida yarim oy va o’n ikki yulduzning tasviri tushirilgan. 
Ko’k rang va yulduzlar tasviri tiniq, moviy osmon belgisidir. O’rtadagi oq rang esa 
yorug’ kun va pokiza, oq ko’ngilli o’zbek xalqining tilagi, qizil hoshiyalar esa 
tomirlarda jo’sh urayotgan qon kabi tiriklik va hayot ramzidir. Yashil rang esa qadim-
qadimdan tabiat belgisi, oy (yangi oy) ramzining berilishi mustaqillik sharoitida hayot 
kechirish xalqimiz uchun o’ziga xos yangi davr ekanligining ifodasidir. Yulduzlar 
sonining o’n ikkitaligi yil oylari, muchal hisobiga nisbatdir. Umuman, yulduzlar 
qadimdanoq abadiyat timsoli sifatida qadrlanib kelingan. XVIII asrdan boshlab esa, 
buyuk intilish hamda ulug’ g’oyalarning ifodasi sifatida talqin etila 
boshlangan.Respublika milliy bayrog’ining huquqiy maqomi “O’zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonunda belgilab berilgan. Milliy 
bayroq va uning mohiyati to’g’risidagi ma’lumotlarni o’quvchilarga yetkazish sinf 
soatlarida, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish chog’ida amalga 
oshiriladi.Bayroq davlat mustaqilligining belgisigina bo’lmay, u O’zbekiston 
Respublikasi nomini xalqaro maydonda ramziy ravishda ifoda etish uchun xizmat 
qiladi. Davlat bayrog’i Prezidentlik apparati, Respublika Oliy Majlisi va hukumati, 



Yüklə 56,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə