Davlat ramzlarining ahamiyati


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 56,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü56,08 Kb.
#165066
1   2   3   4   5   6
116-121

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–16_Issue-3_November_2022 
119 
o’quvchilarni jalb etish ijtimoiy maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan yo’l 
sanaladi.O’quvchilarda fuqarolik hissini qaror toptirish, ularni fidoiy, vatanparvar 
fuqaro sifatida tarbiyalash evaziga ta’minlanadi.Yosh avlodda fuqarolik hissi va 
e’tiqodini tarbiyalamay turib, ularda axloqiy, xulqiy odatlar va ko’nikmalarni 
shakllantirib bo’lmaydi.Fuqarolik tuyg’usini qaror toptirish murakkab jarayon. Bunda 
dastlab o’quvchilarga fuqarolikning mohiyati va me’yoriy qoidalar mazmuniga oid 
bilimlar beriladi. Avvalo, o’quvchiga fuqarolik odobi va madaniyati haqida 
tushunchalar beriladi, bu xildagi xatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so’ngra 
faoliyat uyushtiriladi.Badiiy va ilmiy adabiyotlar, matbuot yangiliklari, kinofilm, 
spektakl g’oyalari, turli suhbatlar mazmunini tushuntirish, targ’ib etib borish orqali 
o’quvchilar ongiga fuqarolik tushunchalari singdiriladi. Fuqarolik tuyg’usini bolalarda 
maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab hosil qilish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun 
“Respublika bayrog’ida nimalar aks ettirilgan?”,Respublika gerbida nimalar 
tasvirlangan?”, “Humo qushi tasviri qanday ma’noni anglatadi?”, “Sen Davlat 
madhiyasini bilasanmi?” kabi mavzularda suhbatlashish muhimdir.O’quvchiga fuqaro 
sifatida o’z xulq-atvori mazmunini tahlil etish imkonini berish lozim. Ya’ni, “Bugun 
xalq farovonligi, Vatan taraqqiyoti uchun nima qila oldim?”, “Zimmamdagi burchni 
qanday ado etdim?” tarzidagi savollarga javob topishga o’rgatish kerak.Yosh avlodga 
turli fanlar asoslarini chuqur o’zlashtirish ularning tafakkuri va dunyoqarashini 
boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida o’z majburiyatlarini to’laqonli anglashlari 
uchun imkoniyat yaratishini tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. Fidoiylik, 
intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, qat’iyat, matonat, uyushqoqlik kabi 
xislatlar o’quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda tarbiyalanadi.Fuqarolik 
tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi. 
Bular: o’quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada 
uyushtirilishi kerak; fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati 
o’qituvchi va o’quvchilar jamoasining saviyasiga bog’liq; tarbiyaviy ishning rejali, 
uzluksiz, tizimli bo’lishiga erishish; oila, maktab va mahalla o’rtasida o’zaro 
hamkorlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi; 
o’quvchilarning axloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy rioya etishga 
o’rgatish, zimmasidagi burchni to’laqonli ado etishlariga e’tiborni qaratish. Fuqarolik 
tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza, bahslardan foydalanish, mashq, 
test, anketa savollarga javoblar olish kutilgan natijani qo’lga kiritishga imkon 
beradi.Fuqarolik tarbiyasida uning natijasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. 
Bunda o’quvchining tarbiyalanganlik darajasi asos qilib olinadi. Fuqaro quyidagi 
sifatlarga ega bo’lishi lozim: fuqarolik burchini bajara olish (o’z Vatani, xalqi, ota-
onasi oldidagi majburiyatni his eta olish) qobiliyatiga egalik; milliy g’urur va 
vatanparvarlik tuyg’usiga ega bo’lish; davlat Konstitutsiyasi, davlat hokimiyati 
organlari, mamlakat Prezidenti, davlat ramzlari (gerb, bayroq va madhiya)ga hurmatda 



Yüklə 56,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə