Davlat sektorida moliyaviy nazoratini tashkil etishning nazariy va tashkiliy asoslari


-rasm. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlarga ko’ra turlari



Yüklə 419,52 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü419,52 Kb.
#152077
1   2   3   4   5
ismoilbek moliya maqola

1-rasm. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlarga ko’ra turlari2 Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlarga ko’ra uning quyidagi turlari mavjud (1-rasm).
Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (Oliy Majlis, Hisob Palatasi, Moliya vazirligi, Davlat Soliq Qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bo’yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini taʼminlashdan iborat.
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning Davlat moliyaviy nazorat boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo’ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi.
2
Xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o’tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning obyekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo’jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi.
Davlat moliyaviy nazorat obyektlariga respublika va mahalliy budjetlar, budjet mablag’larini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg’armalari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari kiradi (2-rasm).


2-rasm. Moliyaviy nazorat obyektlari.3
Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratning obyekti uning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi.
Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o’tkaziladi. Moliyaviy nazorat amal qilish sohasiga ko’ra davlat va nodavlat moliyaviy nazoratga bo’linadi (3-rasm).

3

3-rasm. Moliyaviy nazoratning sohalari4.
Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo’naltirilgan tizimidir.
Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo’naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq. Davlat moliyaviy nazorati yalpi ichki mahsulot taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan.
Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning to’liq va o’z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq bo’lgan pul resurslari harakatining barcha kanallariga (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi budjetlar va nobudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi.
Agar, umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo’lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir.
Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan. holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan budjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi, shuningdek, hukumat tomonidan o’rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.
Tekshirish o’tkazish joyiga ko’ra, soliq hamda bojxona organlari o’tkazadigan tekshirishlar, davlat va ijtimoiy budjetdan tashqari fondlar va boshqa organlar amalga oshiradigan moliyaviy nazorat kameral va joyida o’tkaziladigan tekshirishlarga bo’linadi.
Moliyaviy nazoratning shakllari odatda amalga oshirilish reglamenti bo’yicha, o’tkazilish vaqti bo’yicha, nazoratning subyektlari bo’yicha va nazoratning obyektlari bo’yicha klassifikatsiya qilinadi (-rasm).
Tekshirish deganda, alohida nazorat protseduralari faoliyatining ayrim uchastkalarida holatni tekshirish, hujjatlarida (soliq, hisobot, balans, xarajat) va registrlar aks ettirilgan maʼlumotlar bilan taqqoslash orqali tekshirish tushuniladi.
Tekshirish o’tkazilayotganda moliyaviy intizomning ayrim buzulishlari, buxgalteriya (moliyaivy) hisobni yuritishdagi xatoliklar, buxgalteriya (moliyaviy) hisobot maʼlumotlarini buzib ko’rsatilishini aniqlaydi.
Tekshirish o’tkazish joyiga ko’ra, soliq hamda bojxona organlari o’tkazadigan tekshirishlar, davlat va ijtimoiy budjetdan tashqari fondlar va boshqa organlar amalga oshiradigan moliyaviy nazorat kameral va joyida o’tkaziladigan tekshirishlarga bo’linadi.
4

Yüklə 419,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə