Davlat test markazi



Yüklə 4,76 Mb.
səhifə110/141
tarix03.03.2022
ölçüsü4,76 Mb.
#84290
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   141
dtm yangi 2019 100 % ishlangan Jonibek Ravshanovich(1)

1) Buyuk Britaniya; 2) Germaniya;

  1. Italiya; 4) Fransiya; 5) Rossiya;

  1. Avstriya-Vengriya.


A) 1, 3, 6 B) 2, 3, 5

C) 2, 4, 6 D) 1, 4, 5




79





Tarix


Yangi tarixning ikkinchi davri


  1. AQSH Prezidenti V. Vilson boshqaruvi davrida saylov tizimida o‘tkazilgan islohot to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

  1. Prezidentlikka nomzodlar endilikda o‘zlari tanlagan shtatlar saylovchilari tomonidan saylanish tartibi kiritildi.

  2. Xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan senatorlar endi ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan bo‘ldi.

  3. Ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan bo‘ldi.

  4. Prezident saylovlari endilikda AQSHning barcha shtatlarida saylovchilarning o‘zaro teng, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylash tartibi joriy etildi.

  1. 1907-yilda Avstriya hukumati tomonidan qabul qilingan qonun qaysi javobda to‘g‘ri berilganligini aniqlang.

  1. saylov tizimi islohoti haqida

  2. kasaba uyushmalari to‘g‘risida

  3. ish tashlashlarni taqiqlash to‘g‘risida

  4. ishchilar harakatiga qarshi «Favqulodda qonun»ning muddatini uzaytirish to‘g‘risida

  1. XIX asrning so‘nggi o‘n yilligida milliy zulmning kuchayishi natijasida Avstriya- Vengriyaning qaysi hududdagi aholisi «vengrlashtirildi»?

  1. Zakarpatyedagi ukrain aholisi

  2. Galitsiyadagi chex aholisi

  3. Xorvatiyadagi Slovak aholisi

  4. Bukovinadagi sloven aholisi

  1. 1889-yilda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang.

  1. Bismark Reyxstag oldiga sotsialistlarga qarshi qonunga doimiy tus berish masalasini qo‘ydi.

  2. Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) tashkil etildi.

  3. Germaniyada sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun qabul qilindi.

  4. Bismark hukumati katolik cherkovining ta’sirini kamaytirishga qaratilgan qonun qabul qildi.


ф


  1. XIX asr oxirida Buyuk Britaniyaning podsho Rossiyasiga nisbatan dushmanlik munosabatlarini o‘zgartirishga majbur etgan sababni aniqlang.

  1. Fransiya harbiy qudratining o‘sib borishi va O’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi

  2. O’rta Osiyo xonliklarini mustamlakaga aylantirish rejasini Rossiya tomonidan buzib yuborilishi

  3. Chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va Afg‘on amiri bilan Buyuk Britaniyaga qarshi kelishuvi

  4. Germaniya harbiy qudratining tobora o‘sib borayotganligi, uning hatto Buyuk Britaniya mustamlakalariga ham da’vo qilayotganligi

  1. Quyidagi voqealarni yillari bilan moslashtiring.

1) Avstriya-Vengriya madadiga tayangan Bolgariya o‘zini Turkiyadan to‘la mustaqil deb e’lon qildi; 2) Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi; 3) II Bolqon urushi boshlandi. a) 1884-yil; b) 1908-yil; c) 1913-yil.

A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-b, 2-c, 3-a

C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b


  1. Quyidagi voqealar to‘g‘ri xronologik tartibda berilgan javobni toping.

  1. Kubada qulchilik bekor qilindi;

  2. AQSHda qulchilik bekor qilindi;

  3. Braziliyada qullarni ozod qilish haqidagi qonun qabul qilindi.

A) 2, 3, 1 B) 2, 1, 3

C) 1, 3, 2 D) 1, 2, 3



  1. Quyidagi voqealarni xronologik tartibda joylashtiring.

1) Fransiya Vyetnamni bosib oldi; 2) Buyuk Britaniya Misrni egalladi; 3) Avstriya- Vengriya Bosniya va Gersegovinani bosib oldi.

A) 1, 2, 3 В) 1, 3, 2



C) 2, 1, 3 D) 2, 3, 1



Yüklə 4,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə