Davlat tilida ish yurutish fanidan mustaqil ishi


Rezyumeni topshirilayotgan ish yoki sohaga moslashtiring



Yüklə 363,38 Kb.
səhifə16/27
tarix27.12.2023
ölçüsü363,38 Kb.
#162546
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
BURXONOVA NAFISAXON

Rezyumeni topshirilayotgan ish yoki sohaga moslashtiring. Ya’ni, yangi ish uchun eng mos bo’lgan kasbiy ko’nikmalar va tajribalarni ko’rsatilishi kerak. Imkon bo’lsa, har bir topshiralayotgan ishga rezyumeni moslash kerak. Qaysi tajriba va ko’nikmalarni urg’ulash kerakligini aniqlash uchun ish e’lonidan qo’llanma sifatida foydalansangiz bo’ladi.

  • Aniq va ixcham formatdan foydalaning. Rezyumeni o’qigan odamga uni o’qish va undan foydalanish oson bo’lishi kerak. Tajribangiz va ko’nikmalaringizni ko’rsatish uchun nuqtali yangi qatorlardan (ingl. tilida “bullet points”) va qisqa iboralardan foydalaning. Shu bilan birga, rezyumeingizga keraksiz yoki ahamiyatsiz ma’lumotlarni kiritmang.

  • Harakat fe’llaridan foydalaning. Lavozim mas’uliyatlari va natijalarini ko’rsatish uchun aktiv fe’llarni qo’llash muhim hisoblanadi. Masalan, “Men jamoani boshqarish uchun mas’ul edim” deyish o’rniga, “12 ta xodimdan iborat jamoani boshqardim” deb ifodalash mumkin.

  • Natija va yutuqlaringizni urg’ulash uchun raqamlardan foydalaning. Ishingizning ta’sirini ko’rsatish uchun iloji boricha raqamlardan foydalaning. Masalan, “Mening loyiham orqali defekt mahsulotlar kamaytirildi” deyish o’rniga, “Mening loyiham orqali defekt mahsulotlar 5% ga kamaytirildi” deb aytish mumkin.

  • Imlo va grammatik xatolar yo’qligiga ishonch hosil qiling. Sizning rezyumeingizni boshqa odam ko’rib chiqishi ham yaxshi fikr. Qisqartma so’zlardan (abreviatura) iloji boricha kamroq ishlatilgani ma’qul.

  • Professional elektron pochta manzilidan foydalaning. “kulchanon@mail.ru” kabi shaxsiy elektron pochta manzillaridan foydalanish o’rniga, rezyumega “k.azimov@gmail.com” yoki “kozim.azimov@gmail.com” kabi ismingizni o’z ichiga olgan professionalroq elektron pochta manzilidan foydalanishni tavsiya qilinadi.

  • Professional shriftdan foydalaning. Arial, Calibri yoki Times New Roman kabi o’qish oson va professional shriftni tanlang. Chiroyli yoki dekorativ shriftlardan saqlaning, chunki ish beruvchiga ularni o’qish qiyin va professional ko’rinmasligi mumkin.


  • Yüklə 363,38 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə