Davlat tilida ish yurutish fanidan mustaqil ishi


Rezyumeni bitta sahifada saqlang



Yüklə 363,38 Kb.
səhifə17/27
tarix27.12.2023
ölçüsü363,38 Kb.
#162546
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
BURXONOVA NAFISAXON

Rezyumeni bitta sahifada saqlang. Umuman olganda, rezyumeni bitta sahifada saqlash tavsiya qilinadi. Ayniqsa, agar siz karyerangizni endigina boshlayotgan bo’lsangiz. Agar sizda uzoq yillik ish tajribasi bo’lsa, unda ikki sahifali rezyumedan foydalanishingiz kerak bo’lishi mumkin.

Rezyumega qo’shilmaydigan ma’lumotlar
Ishga bevosita aloqador bo’lmagan shaxsiy ma’lumotlar rezyumega qo’shilmaydi. Quyida ba’zi misollar beriladi:

  • Aniq turar joy adresi, tug’ilgan sanasi va ish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan boshqa shaxsiy ma’lumotlar. Lekin turar shahri va tug’ilgan yilni o’zini bildirish uchun ko’rsatish mumkin.

  • Sog’lig’i haqida ma’lumotlar. Agar sog’liqni ishga ta’sir bo’lsa, buni ish suhbati davomida bildirish mumkin.

  • Ish maoshi tarixi. Hozirgi yoki oldingi lavozimdagi maosh keyingi yangi lavozimga aloqasi yo’q. Sababi, xuddi shu ishga boshqa shahar yoki kompaniyada boshqa maosh bo’lishi mumkin. Ish beruvchilar nomzodlarni kalibrovka qilish yoki ish o’rniga ajratilgan byudjetga mos kelishini tekshirish uchun birinchi suhbat davomida nomzodlardan so’rashlari mumkin. Yoki nomzod o’zi qidirayotgan ish maosh diapazoniga mos kelishini bilishi uchun birinchi suhbatda so’rab aniqlashi mumkin. Chunki ikkala tarafdan ancha vaqt, mablag’ va kuch ketkazib bir nechta suhbatlardan keyin nomzod keyinroq ish maoshi kutilgandan boshqaligini bilib qolsa yoki boshqa sababli ish taklifini rad qilib qolsa, bu ikkala tarafga ham yoqmaydi.

  • Yolg’on yoki mubolag’alar: rezyumeda berilgan ma’lumotlar rost va aniq bo’lishi juda muhim, chunki har qanday yolg’on ma’lumot ishga qabul qilish jarayonida yoki keyinroq topilishi va sizning obro’yingizga putur yetkazishi, va hatto ishni yo’qotilishiga ham olib kelishi mumkin.

  • Noo’rin rasm yoki grafik tasvirlar: rezyume professional bo’lishi va faqat sizning malakangiz va tajribangizga e’tibor qaratishi kerak. Ahamiyatsiz yoki professional bo’lmagan har qanday rasm yoki grafik tasvirlar nomzod ko’rsatmoqchi bo’lgan yaxshi taassurotni buzishi va ishga kirish imkoniyatiga putur yetkazishi mumkin.

  • Ishga aloqasi bo’lmagan shaxsiy qiziqishlar yoki sevimli mashg’ulotlar.

Rezyume namunasi


Yüklə 363,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə