Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə10/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
Geosiyosat majmoa

Geosiyosiy makon. Siyosat har doim qator geografik makondagi omillarga tayangan xolda ish yuritadi. Geosfera, gidrosfera, atmosferalar turli darajada siyosatning asosiy yo’nalishlarini belgilabberishadi. Geosfera xos omillar: erning o’lchamlari; iqlimi, dengizga yaqinligi, hosildorligi, tabiiy boyliklari va sh.k. Gidrosfera xos xususiyatlar: quruqlik ahamiyatiga moliklik, suvosti dunyosi boyliklari, hayvonot dunyosi, savdo-sotiq, turizm va sh.k. atmosferaga xos omillar: er sirtida turli to’siqlarning mavjud masligi, dengiz kengliklaridan o’tishning qulayligi, yuqori tezlik, geosferani tadqiq qilishdagi qulayliklar, harbiy ahamiyatga moliklik, kosmos imkoniyatlari
Geosiyosiy mintaqabu siyosiy, iqtisodiy, madaniy, savdo va boshqa aloqalar uchun qulay imkoniyatlarga va istiqbollarga ega bo’lgan geografik maydon. Masalan, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Evropa, Xitoy va b.
Geostrategik mintaqa o’zining geografik joylashuvi, turmush tarzi, xarakteri, savdo va madaniy-mafkuraviy aloqalarining yo’nalishi bilan xorijiy davlatlar tashqi siyosatida munosabatlar o’rnatish uchun ustuvor yo’nalishda ko’rilayotgan makon. Shuningdek, geostrategik mintaqa – bu davlat yoki chegaradosh davlatlar (mintaqa) hududlari ham bo’lishi mumkin. Uning geostrategik ahamiyati muhim transkommunikatsion yo’llarga tutashganligida. Dengizga chiqishga qulay hududda joylashganlikda va boshqa shu kabi boshqa ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin.
Aytish joizki, geosiyosatning mohiyatiga va fanning tuzilishiga ko’ra mavjud bo’lgan kategoriyalari, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan o’rganish muhim ahamiyatga egadir.

3. Geosiyosatning funktsiyalari


Geosiyosat fan sifatida jamiyat bilan bevosita bog’langandir. U real hayotdagi voqea-hodisalar va jarayonlarning o’zaro aloqadorligini va ularning bir-biriga bog’liqligini ifodalovchi qonuniyatlarni o’ziga qamrab olgan. Biroq, geosiyosat borliqdagi jarayonlarni o’zida aks ettiribgina qolmay, ularga bog’liqli tarzda jamiyatda muayyan funktsiyalarni ham bajaradi.




Geosiyosatning asosiy funktsiyalari:

  • gnoseologik funktsiya;

  • prognoz qilish funktsiyasi;

  • boshqaruv funktsiyasi;

  • mafkuraviy funktsiya.

To’g’ri, qayd qilingan funktsiyalar boshqa ijtimoiy-siyosiy fanlarga ham xos bo’lishi mumkin. Biroq mazkur funktsiyalar geosiyosat fanida o’ziga xos afzalliklarga ega.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə