Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


-MAVZU: «GEOSIYOSAT ASOSLARI» NING KATEGORIYaLARI, QONUNLARI, METODLARI VA FUNKTsIYaLARI



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Geosiyosat majmoa

2-MAVZU: «GEOSIYOSAT ASOSLARI» NING KATEGORIYaLARI, QONUNLARI, METODLARI VA FUNKTsIYaLARI.

REJA


  1. Geosiyosat asoslarining asosiy qonunlari

  2. Geosiyosat asoslarining asosiy tushunchalari: geografik makon, endemik maydon, chegaraoldi maydon, chorraha maydon, total maydon, metapole

  3. Geosiyosat asoslarining asosiy metodlari

  4. Geosiyosatning asosiy funktsiyalari

1. Boshqa fanlar kabi geosiyosat asoslari ham ijtimoiy, geografik, siyosiy, demografik, harbiy va boshqa tizimlarning amal qilish, shakllanish, rivojlanish xususiyatlarini, qonuniyatlarini tahli qiladi. Tadqiqotchilar geosiyosat asoslarining asosiy qonuniyatlari haqida gap borganida asosiy e’tiborni geografik dualizm qonuniga qaratishadi. Odatda ushbu qonun tabiatning geografik tuzilishi va tsivilizatsiyaning tarixiy shakllarida namoyon bo’ladi. Ko’pgina geopolitiklar quruqlikdagi kuch-qudratni (tellurokratiya) dengizdagi kuch-qudratga (talassokratiya) qarama-qarshi qo’yishadi. Bu holatlar Qadimgi Sparta, Qadimgi Rim, Qadimgi Afina va Karfagen misolida namoyon bo’ladi. Geosiyosat asoschilari jumladan A.Mexen, X.Makkinder fikricha durlizm dastlab tarixiy-madaniy tsivilizatsiyalar o’rtasida dushmanlik adovatlarini, turli-xil ziddiyatlarni, o’ziga xosliklarni keltirib chiqardi. Tellurokratiyaga xos bo’lgan xususiyatlar: aniq belgilangan chegara, ma’lum makon, aholi turmush tarzi, rivojlanishning o’xiga xos yo’nalishlari, konservatizm, barcha amal qilishi shart bo’lgan ahloqiy va huquqiy normalar, aholi toifalari, etnoslar, irqlar, davlat va saltanatlar. Bu qat’iylik ushbu makonda ahloqiy va qonununiy normalarni belgilab beradi. Talassokratiya esa dengiz savdosi ham bo’lib texnik progressga tayanadi. Individurlizm kayfiyatiga, boylik orttirishga, tadbirkorlikka keng e’tibor qaratiladi. Ahloqiy, huquqiy normalarga nisbiylik kasb etib ekstrimal shart-sharoitlarda yashash ko’nikmalariga keng e’tibor beriladi. Natijada ahloqiy, madaniy qadriyatlar tez o’zgaradi, yoki oldinga intilish, boylik orttirish yo’lida harakat qilish, kashfiyotlarga e’tibor kabi harakatlarga soyasida qolib ketadi.


Uzoq yillar davomida tarixiy taraqqiyot davomida Qadimgi Rim, Afina, Sparta savdo, hunarmandchilikning rivoji natijasida dengizda ham hukmron mavqega ega bo’la boshlashdi. Mehnat taksimoti bois dengizda hukmronlikni qo’lga kiritish uchun kurash boshlandi. Ushbu xolat geosiyosat asoslarining ikkinchi qonuni- makon omilining kuchayish qonuni kelib chiqadi. Bu omil buyuk geografik kashfiyotlardan keyin ayniqsa ko’proq ahamiyat kasb eta boshladi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə