Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə4/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Geosiyosat majmoa

geosiyosat - davlatning strategik qudratiga ta’sir etuvchi geografik, tarixiy, siyosiy va boshqa o’zaro bog’liq bo’lgan omillarni birgalikda ko’ruvchi va tadqiq etuvchi tarmoqlararo fandir.


2. Geosiyosat ob’ekti va predmeti


Bugungi xalqaro munosabatlarda kechayotgan jarayonlarni o’rganish va ularni tahlil etishdagi nazariy-uslubiy yondashuvlar o’tgan davrlardagi yondashuvlardan ma’lum darajada farq qiladi. Negaki, zamonaviy ilmiy muhit jahon taraqqiyotining murakkab muammolarini o’zida jo qilgan "o’tish davri" bilan ro’baro’ kelib turibdi. Uning ustiga "sovuq urush"dan keyin jahon siyosatiga ta’sirini ko’rsatayotgan geosiyosiy o’zgarishlar to’lqini yangi bir bosqichga ko’tarildi. Bir qator davlatlarda siyosiy tuzumlar tubdan o’zgardi; davlatlarning va ittifoqdosh davlatlarning geografik chegaralari yangidan shakllanib bu jarayon ma’lum ma’noda yana davom etmoqda; integratsiya jarayonlarini dezintegratsiya aloqalari qamrab olmoqda yoki aksincha. Umuman, xalqaro munosabatlar tizimi tez-tez o’zgarib turibdi.
Xalqaro munosabatlarda kechayotgan va yangidan shakllanayotgan bunday jarayonlarni tahlil etishda zamonaviy xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar nazariyasidagi nazariy-tahliliy yondashuvlar ham ojizlik qilmoqda. Bu jihatdan mavjud muammolarni o’rganish va ularni bartaraf etish yo’llarini topish uchun tabiiy ravishda geosiyosatga zarurat tug’ilmoqda. Chunki yuqorida qayd qilingan siyosiy jarayonlar va shu singari boshqa muammolar bevosita geosiyosat fanining ob’ekti va predmeti hisoblanadi.


Geosiyosat ob’ekti – dunyoning geosiyosiy tuzilishi va xalqaro dunyoviy tartibot.


Geosiyosat ob’ektida jahonning geosiyosiy xaritasi turishi birinchi navbatda, dunyoning ko’pqutbli dunyoga aylanishi bilan va xalqaro munosabatlarning yangi bir transformatsiya – davlatlarning o’z ta’sir doiralari uchun kurash bosqichiga ko’tarilishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, jamiyatda ko’pqirrali global dunyoviy siyosat tushunchasining shakllanishi bilan ham bog’liqdir. Mazkur masalalar geosiyosat ob’ektida yaxlit holatda turishi mumkin, biroq geosiyosat ularni tahliliy jihatdan o’rganishni bir qator bosqichlarda ko’radi. Masalan, zamonaviy geosiyosat dunyoning siyosiy xaritasida kechayotgan jarayonlarni umumbashariy, mintaqaviy va ma’lum bir davlatning o’zigagina daxldorligidan kelib chiqib tahlil etadi va tegishli xulosalarni chiqaradi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə