Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Messianlik, g’arbchilik, slavyanofil harakatlari va ularning geosiyosiy xususiyatlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə27/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89
Geosiyosat majmoa

Messianlik, g’arbchilik, slavyanofil harakatlari va ularning geosiyosiy xususiyatlari.

Rossiyadagi geosiyosiy jarayonlar rivoji shuni ko’rsatadiki mamlakatning kengaytirish faqat qo’shni davlat, tutash yerlar hisobiga amalga oshirildi. Bu qo’shib olingan yerlar ahaolisi xristanlikka o’tkazildi, aholisi ruslashtirildi, yangi hududlarga markazdan ruslarni ko’chirib keltirish siyosati yurgizildi. Bu hududlar keyinchalik Rossiyaning tarkibiy qismi sifatida e‘tirof etildi. Hech qachon dengizlar osha mustamlakachilik yurishlari olib borilmagan. Mana xususiyatlari bois rus mustamlakachiligi ingliz yoki fransuz mustamlakachiligi tizimidan keskin farqlanadi. Davlat o’z hududlarini kengaytirdi, uning yaxlitligini saqlab bildi. Solnomachi Nikon ―Povest vremenix let‖ asarida (ba‘zi manbalarda bu asarning muallifi noma‘lum deyishadi) velikorus xalqlariga ularga tutash viloyatlarda istiqomat qilayotgan xalqlarni qo’shib yuborish g’oyasini ilgari suradi. Buyuk Rus davlatini tashkil etishda ekspansiya usulini oqlab chiqadi. ―Igor jangnomasi‖ da esa yangi tarkibiy tartib, yangicha model – shelomyan modeli ilgari suriladi. Unda Rus deya atalmish buyuk umum orol qator mayda orollardan iborat bo’lishi ilgari suriladi. Agarda dastlabki model Buyuk Rusni barpo etishda ekspansiya metodini ilgari sursa, ikkinchisiga asosan mahalliy hukmdorlar mustahkam integratsiyaga intilishlari bois amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Albatta keng makonlarni egallash, ularni yaxlitligini ta‘minlash faqatgini harbiy yoki siyosiy vositalar bilangina emas, ma‘naviy vositalar bilan ham mustahkamlanishi darkor. Albatta aholining bunday hatti - harakatlarida diniy omillar, Oliy borliqning madadi, undan yordam so’rash, uning ko’rsatmalariga so’zsiz itoatda bo’lish kabi ko’nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday bir davrda messianlik harakati vujudga keldi va ma‘lum darajada rus geosiyosiy harakatining tarkibiy qismiga aylandi.
Shu tariqa XV - XVI asrlari oralig’ida ―Moskva – Uchinchi Rim‖ panprovaslav messionlik g’oyasini o’ziga singdirgan geosiyosiy harakat boshlandi. Bu g’oya Rus provaslav cherkovi tashabbusi samarasi edi. Rus provaslav cherkovi Konstantinopol cherkoviga bo’ysunib kelgan. Vizantiya imperiyasi keyingi yillarda zaiflashib qolganligi bois turklarga qarshi tura olmay qoladi. Natijada G’arb mamlakatlaridan turklarga qarshi kurashda harbiy yordam olish uchun Konstantinopol cherkovi Rim - katolik cherkovi bilan Florensiya uniyasini imzolaydi. Unga asosan Rim papasi barcha xristian cherkovlari boshlig’i bo’lishi belgilangan edi. Rus provaslav cherkovi o’ziga o’zi boshliq tayinlaydigan mustaqil (avtokefal) cherkovga aylanadi. 1453 - yilda Vizantiya imperiyasi quladi. Unga G’arbdan deyarlik hech kim yordamga kelgani yo’q. Vazantiya qulagach Moskva podsholigidan tashqari bironta mustaqil provaslav davlati qolmadi. Vizantiyaning so’ngi imperatorining ukasi Foma Paleolog Rimdan boshpana topadi. Rim papasi Pavel II Fomaning qizi Sofiyani Rus knyazi Ivan III ga turmushga berish tashabbusi bilan chiqadi. Papaning maqsadi nikoh yo’li bilan Rusni Florensiya uniyasiga qaytarish edi. 1472 - yilda bo’lib o’tgan nikoh Rim papasining rejalarini amalga oshishiga xizmat qilmadi. Rus knyazining Vizantiya imperatori xonadoni vakiliga aylanishi, qolaversa knyazning g’ayratliligi, uddaburonligi Rusda monarxiyaning kuchayishiga olib keldi. Buyuk knyaz Vizantiya imperatorining valiahdi, provaslav dunyosining boshlig’iga aylanadi.
XVIII asr oxirida bo’lib o’tgan fransuz inqilobi, 1812 - 1815 yillarda olib borilgan Napoleonga qarshi harbiy harakatlar bois Yevropa bilan olib boriladigan o’zaro munosabatlar, ularning ta‘sirini anglash, tahlil etish yuzaga keldi. Shu bois bu davr ijtimoiy - falsafiy tafakkurida bir - biriga zid ikki xil oqim yuzaga keldi. Birinchi oqim G’arbchilik harakati. Bu harakatning vakillari asosan Piterburgliklar edi: Gersen A.I., Kaveltn K.D., Stankevich N.V., Ogarev N.P., Belinskiy V.G., Turgenev
I.S., Chaadayev P.YA va boshqalar edi. Rus filosofi N.Losskiy yozishicha P.Chaadayev xattoki provaslaviyeni katoliklik bilan almashtirish zarurligini ilgari surgan36. Ikkinchi oqim slavyanofil harakati edi. Bu oqim vakillari asosan Moskvada yashashgan: Xomyakov A.S., Kireyevskiy I.V., Samarin Y.F. va boshqalar. Ularning qarashlarida farq va xususiyatlar nimada edi?
G’arbchilik harakati vakillari ilgari surgan ta‘limotlarda aytilishicha, Rossiyaning ijtimoiy - siyosiy taraqqiyoti umuminsoniy taraqqiyot kontekstida borishi lozim edi. Ularning idealicha eng yuksalgan o’lka, insoniy huquqlar ta‘min etilgan, ilm - fan rivojlangan makon G’arbiy Yevropa edi. Rossiya G’arbiy Yevropadan ortda qolayotgan ekan bu qoloqlikka barham berish zarur. Pyotr I davridan boshlangan yuksalishni, g’arbona islohotlarni izchillik bilan davom ettirish lozim. Rossiya oldidagi muhim vazifa qoloqlikka, mustabidchilikka, jaholatga, bid‘atga, Osiyocha turmush tarziga chek qo’yish zarur. Yevropadagi qator burjua inqiloblarining mag’lub bo’lishi, ayniqsa ularni tor - mor etishda rus armiyasining faol ishtiroki g’arbchilik harakati vakillarining harakat dasturlarini o’zgartirishlariga olib keldi. Ular ijtimoiy - siyosiy yuksalgan, inson huquqlari ta‘minlangan, hurfikrlik, demokratik qadriyatlarni qaror topishini ta‘minlashda radikalizm, keyinchalik terror yo’lini tutishdi.
Slavyanofilchilik harakati vakillari umuminsoniyatga xos bo’lgan umumiy tamoyillarni, qadriyatlarni rad etishgan. Ular rus xalqining milliy o’ziga xosligi, madaniyati, tilining sofligi, milliy turmush va tafakkur tarzini asrash uchun kurashishgan. Ularning fikricha rus madaniyatining o’ziga xosligiga eng katta zarbani Pyotr I bergan. Ular G’arbiy Yevropa bilan chuqur integratsiyani har doim qoralab chiqishgan. Ayniqsa Qrim urushidagi mag’lubiyatdan keyin slavyanofilchilik harakati avj ola boshladi. Negaki mag’lubiyatdan, uninghaqoratli sulh bitimlaridan keyin G’arbga nisbatan adovat kuchaydi. Bu harakatning mashhur vakillaridan A.I.Koshelevning yozishicha hatto Rusning cho’qintirilishi ham sof diniy maqsad - manfaatlardan kelib chiqmagan. Shu bois u biz rusni xristianlikka o’tishiga ham qarshimiz degan fikrni ilgari suradi37. Slavyanofillarning maqsadi rusning o’ziga xos yo’lini topish, o’ziga xosligini ko’rsatish. O’ziga xos madaniyatni, turmush tarzini yuksaltirishdan maqsad xalq begona yo’lga ergashmasin. O’ziga xos madaniyatni, turmush tarzini boshqalarga ko’rsatish, yuksak bo’lmasada, u haqqoniy madaniyat38. Shu bilan birga alohida ta‘kidlash joiz bo’lardiki slavyanofillar demokratik qadriyatlarni, parlamentarizmni yoqlab chiqishmagan. Ular rus samoderjaviyesini, podshoga berilgan cheksiz hokimiyatni mustahkamlash tarafdori edi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə