Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


yilgi Buyuk Britaniya - Afg’oniston urushi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə45/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
Geosiyosat majmoa

1839 yilgi Buyuk Britaniya - Afg’oniston urushi. Inglizlar Hindistonda XVII asr boshlarida paydo bo’lishgan edi. Buyuk Britaniyaning ―Ost - Indiya‖ kampaniyasi Hindiston bilan olib boriladigan savdo munosabatlarini o’z qo’liga olgan edi. Bu savdo tashkiloti vaqt o’tishi bilan faqatgina savdo tashkiloti bo’lib qolmasdan, balki Buyuk Britaniyaning markaziy va janubiy osiyodagi olib boradigan siyosiy - diplomatik va harbiy harakatlarida muhim, hal qiluvchi instrument vazifasini ham o’tab boshladi. XVIII asr oxiriga kelib Hindistonni egallash deyarlik yakunlandi. Bu paytda ruslarning Kavkazda va O’rta Osiyodagi harakatlari kuchayib bordi. 1717 - yilda Bekovich – Cherkasskiy boshchiligidagi rus ekaspeditsiyasi taqdiri fojeali tugagan bo’lsada, rus elchilarining kirib kelishlariga chek qo’ymadi. 1722-1723 yillarda rus qo’shinining Eron qilgan harbiy yurishlarini ba‘zi tadqiqotchilar ―Katta o’yin‖ siyosatining boshlanishi deb ta‘riflashadi. Negaki bu jangda fors qo’shinlariga ingliz harbiy maslahatchilari yaqindan yordam berishadi. 1796 yilda rus imperatori Yekaterina II (1762-1796) vafot etadi. Taxtga o’g’li Pavel I (1796-1801) o’tiradi. U onasining olib olib borgan ichki va tashqi siyosatini yoqtirmas edi. Shuningdek saroydan Yekaterina davrida yig’ilgan aslzodalarni haydab boshladi. Rossiya tashqi siyosatida keskin burilish boshlab sharqqa yurish boshladi. Fransuz imperatori Napoleon Bonapart bilan kelishib hindga birgalikda rus - fransuz qo’shinlarini yuborishga qaror qiladi. O’z navbatida hindga katta qo’shin jo’natiladi. Faqatgina Pavel o’ldirilishi natijasida bu reja amalga oshmay qoldi.

1812-1813 yillardagi rus - eron urushlarida ham fors qo’shinlariga ingliz instruktorlari katta yordam berishgan. Bu urush Guliston va Turkmanchoy bitimlarining imzolanishi bilan yakuniga yetdi.

1837 - yilda Afg’onistonga rus elchisi poruchik Vitkevich keladi. U afg’on amiri Do’st Muhammad qabulida bo’ladi. O’zaro muzokarolar natijasida Rossiya manfaatlariga xizmat qiladigan shartnoma imzolashga erishadi. Lekin Buyuk Britaniyaning talabi bilan Rossiya Vitkevichni Afg’onistondan chaqirib olishga majbur bo’ladi. O’rtada imzolangan shartnoma o’z kuchini yo’qotadi. Vitkevichdan bir yil oldin maxsus missiya bilan Afg’onistonga ingliz elchisi agent Byorns kelgan edi. Inglizlar 1838- yilda faol jangovar harbiy harakatlarni boshlab yuborishdi. Afg’onlarning uyushmaganligi, armiyaning harbiy - texnik qoloqligi inglizlarga qo’l keldi. Ingliz qo’shini tezda mamlakat ichkarisiga chuqur kirib bordi. Mamlakat poytaxti bosib olindi. Rossiyaparast amir Do’st Muhammad taxtdan ag’darib tashlandi. Afg’on taxtiga inglizlar o’z ―odami‖ qo’yishdi. Ingliz okkupatsiyasi uch yil davom etdi. Lekin 1841- yilda mamlakatda yana taxt to’ntarish amalga oshirildi. Inglizlar mamlakatdan haydab chiqarildi. Agent Byorns o’ldirildi. Bir yil o’tgach Buxoroda amir Nasrullo tomonidan ingliz agenti Konolli o’ldirildi. Bu ingliz elchiligining yakunidan darak berardi.


  1. Yüklə 0,61 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə