Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə47/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
Geosiyosat majmoa

Mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollar:

  1. ―Katta o’yin‖ tushunchasi va kelib chiqish tarixi haqida nima bilasiz?

  2. O’zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari qay ahvolda edi?

  3. O’rta Osiyoda Buyuk Britaniya va Rossiya manfaatlari doirasining to’qnashuvi va uning asosiy sabablari nimada?.

Geosiyosiy bilimlar rivojida I.Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarining nazariy - metodologik ahamiyati
Reja:

  1. ―O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asari‖ da geosiyosiy masalalar.

  2. Dunyoning mo’rt, murakkab va muammoli bo’lib turganligini ifodalovchi ijtimoiy - siyosiy omillar.

  3. Mintaqaviy, diniy tusdagi tahdidlar va ularning geosiyosiy xarakteri.

  4. Xalqaro hamkorlik tahdidlarga qarshi kurashning muhim omili.

9-Mavzu: “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asari” da geosiyosiy masalalar.
Insoniyat, mamlakatlar va xalqlar hayotida XX asr poyonida muhim o’zgarishlar sodir etildi. Uzoq davom etgan ikki qarama - qarshi qutblarning siyosiy - mafkuraviy, harbiy - texnik sohadagi kurashiga chek qo’yildi. Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? So’nggi vaqtlarda jahonda yuz bergan, dunyoning jo’g’rofiy - siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o’zgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohaza yuritish va ularga to’g’ri baho berish, hamda to’g’ri xulosalar qilish juda muhim. Ikkita g’oviy tizimning qarama - qarshiligi tugagach dunyoning qator mintaqalarida parokandalik boshlanib, olovli nuqtalar ham paydo bo’ldi. Bunday sharoitda har bir davlat o’zining geografik joylashgan o’rni, geogstrategik mavqei, xalqining milliy turmush tarzi, ijtimoiy - iqtisodiy vaziyati, tashqi siyosiy, harbiy omillarni hisobga olib o’z xalqining azaliy orzu - umidlariga xizmat etadigan taraqqiyot dasturini yaratishi, uni izchil yo’lga qo’yishi muhim ahamiyat kasb etardi. Bu bilan bog’liq ustuvor vazifalar, yo’nalishlar, o’z yo’limizning shart - sharoitlari va zaminlari
I.A.Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li‖ asarida chuqur bayon etilgan. Mustaqil bo’lgan har bir davlat o’z taraqqiyot yo’lini izlaydi. Jahon va o’zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o’z taraqqiyot yo’limizni tanlab olish respublikaning qat‘iy pozitsiyasi55 ekanligi ko’rsatib o’tildi. Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy sohadagi vazifalar belgilab olindi. O’zbekiston tashqi siyosatining qoidalari belgilab berildi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili I.Karimovning «O’zbekiston - bozorga o’tishning o’ziga xos yo’li’ (1993 - yil), O’zbekiston - iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida’ asarlarida keng yoritildi. ―O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asari‖ da esa yangi ming arafasida insoniyatni kutayotgan keng qamrovli global muammolarni ilgari surilishi, tahlil etilishi, ularni oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni bartaraf etish borasidagi vazifalarning yoritilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Asarda ilgari surilayotgan masalalarngi mantiqiy ravishda uchta qismga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo’ldi. Ular, hozirgi til bilan aytganda, sotsialistik o’tmishga ega bo’lgan, o’z siyosiy mustaqilligini tinch yo’l bilan qo’lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo’liga qadam qo’ydi. Ular dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o’z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda. Tenglar orasida teng bo’lishga, jahon maydonining tarkibiy qismiga aylanishga harakat qilmoqda. Bu davlatlar oldida muvaffaqiyatsiz, chippakka chiqqan tarixiy tajribaning fojiali oqibatlarini qisqa davr ichida bartaraf etish vazifasi turibdi. Ular zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan, odamlar munosib turmush kechirishini ta‘minlay oladigan, insonning huquq va erkinliklarini himoya qila oladigan chinakam demokratik jamiyat qurishdek murakkab vazifani hal etishi zarur. O’zbekiston ham ana shunday davlatlar jumlasiga kiradi. Asarda yangi asr bo’sag’asidagi vujudga kelgan ijtimoiy - siyosiy, geosiyosiy vaziyat chuqur tahlil etilgan xolda muhim metodologik ahamiyat kasb etadigan quyidagi muammolar ilgari suriladi:
XXI asr O’zbekiston aholisi uchun qanday keladi? Kishilar turmushi kechagidan qanchalik yaxshiroq bo’ladi? O’zimiz uchun tanlab olgan islohotlar va yangilanish yo’li o’ta murakkab yo’l ekanligini anglayapmizmi? Bu yo’lda qanday muammolar, qiyinchiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini yetarli darajada aniq tasavvur qilyapmizmi?
Eng avvalo, odamlarning mana shu boy zaminda munosib hayot kechirishlarini ta‘minlashga qaratilgan maqsad va vazifalarni qay darajada ro’yobga chiqara olamiz? Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo’lida tahdid bo’lib turgan muammolarni anglab yetyapmizmi?
Xavfsizligimizga tahdid bo’lib turgan muammolarga nimani qarshi qo’ya olamiz? Jamiyatimiz to’xtovsiz va barqaror rivojlanishiga, biz istiqomat qilayotgan mintaqada jo’g’rofiy - siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat bo’la oladi?
Mamlakatimiz yangi ming yillikda mustahkam, og’ishmay va barqaror rivojlanishni kafolatlaydigan qanday imkoniyatlarga ega? Jahonning barcha mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli, har tomonlama keng hamkorlik qilish uchun nimalarni taklif eta olamiz?56
To’g’ri yangi mingyillik arafasida otalitar tuzum yemirilganidan keyin dunyoning qutblarga bo’linishi barham topdi. Lekin shu tufayli dunyo ko’pchilik kutganidek xavfsizroq, barqarorroq, sobitqadamroq bo’lib qolgani yo’q. Keyingi yillarda butun dunyo miqyosida va mintaqalar darajasida vujudga kelayotgan tashqi munosabatlarni tanqidiy tahlil qilish va eng avvalo:

  • bir qancha mamlakatlarda keskin siyosiy kurash borayotgan bir vaqtda demokratiya asoslarining ba‘zan qiyinchilik bilan qaror topish jarayonlarini tahlil qilish. Bunga misol tariqasida MDH hududida joylashgan davlatlardan Qirg’iziston,

Gruziya, Ukraina, Modova kabi davlatlarni aytish mumkin. Xalqaro maydonda esa
Liviya, Misr, Bolqon davlatlarini misol qilib keltirish mumkin;

  • milliy o’zlikni anglashning faol jonlanishi hamda millatlar va ayrim elatlarning o’z taqdirini o’zi belgilashga intilishi va shu bilan bog’liq masalalar. Bu jarayon Turkiya, Iroq, Suriya, Ozarbayjon, Kosovo, Sudan kabi mamlakatlar hayotida sodir etildi;

  • etnik va millatlararo ziddiyatlarning saqlanib qolayotganligi. Buning ba‘zi jihatlarini Kirg’iziston, Tog’li Qorabog’, Sudan, Kosovo o’lkalarida kuzatish mumkin. Sobiq ittifoq davrida Farg’onada shu negizda janjal chiqarishga urinildi. I.Karimovning O’zbekiston hukumati tepasiga kelishi bilan bu masalani xal etishga jiddiy kirishildi. Mamlakatimizda millatlararo totuvlik saqlandi;

  • qotib qolgan mafkuraviy aqidalarning qadrsizlanishi hamda siyosiy va diniy ekstremizmning turli shakllari kuchayib borayotganligi. Bunday tusdagi kuchlar oldiniga Afg’oniston hududida qonli janglarni keltirib chiqarishdi. Uzoq payt Tojikistonda fuqarolar urushini sodir etishdi. Liviya va Suriyada barqarorlik buzildi. Million - million insonlar qochoqlarga aylanishdi;

  • dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar saqlanib qolayotganligi;

  • mamlakatlar, xalqlar o’rtasida, bir mamlakat ichida esa ayrim ijtimoiy guruhlar o’rtasida iqtisodiy va ijtimoiy tabaqalanish kuchayib borayotganligi - bularning barchasi dunyo hali ham avvalgidek mo’rt bo’lib turganligi va avaylab munosabatda bo’lishni talab qilayotganligidan dalolat beradi. Tahlillar asosida bizni qurshab turgan olam g’oyat murakkab va muammoli bo’lib keldi, shunday bo’lib qolmoqda va yaqin istiqbolda ham shunday bo’lib qolishi asoslab beriladi.

Hozirgi sharoitda, umumiy xavfsizlikni ta‘minlash va muvozanatga erishish manfaatlari nuqtai nazaridan, yangi mustaqil davlatlarning xavfsizligi va barqaror rivojlanish muammolari ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Yer yuzida vaziyat va kuchlar nisbati shiddatli o’zgarib bormoqda. Yangi mustaqil davlatlar maydonga chiqmoqda. Bu esa hozirgi kunda davlatlar va xalqlarning barqarorligini ta‘minlash uchun yangicha yondashuvlarni izlab topishni, yangi mingyillikda xavfsizlikning yangicha modellarini ishlab chiqishni tobora qattiq talab qilmoqda.
Suveren davlatning har bir rahbari, har bir yetakchisi oddiy kishilar ishonch bildirib uning zimmasiga yuklagan juda katta burch va mas‘uliyatni teran anglab, o’y - xayolini hamisha tinchlik, osoyishtalikni saqlash, avaylash va mustahkamlashga qaratmog’i kerak. Ushbu murakkab, voqealarga boy yillarda poydevorini qo’yishga muvaffaq bo’lingan yangi uyni qurish va obod qilish uchun o’rnimizga keladigan avlod oldidagi mas‘uliyatimizni bir daqiqa bo’lsin, unutishga haqqimiz yo’q.
Asarda o’tgan yillarning mantiqi asosida hozirgi kunda uchta asosiy savolga murojaat qilinadi: xavfsizlikni qanday saqlab qolish lozim? Barqarorlikni qanday ta‘minlash darkor? Taraqqiyot yo’lidan sobitqadam rivojlanishga nimalar hisobiga erishish mumkin?
Albatta bu savollarga javob izlanshanida qator siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma‘naviy, diniy, mafkuraviy, tabiiy, geografik omillar birgalikda olib tahlil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa tariqasida quyidagi fikrlarni ilgari surish mumkin:
Birinchidan, I.Karimovning ―O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asari‖ da esa yangi ming arafasida insoniyatni kutayotgan keng qamrovli global muammolarni ilgari surilishi, tahlil etilishi, ularni oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni bartaraf etish borasidagi vazifalarning yoritilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Klassik geosiyosatning vakillari asarlarida esa muayyan mintaqaning manfaatlari oldinga o’ringa surilgan.
Ikkinchidan, biz yashayotgan mintaqaning geostrategik, geosiyosiy manfaatlari nuqtai nazaridan har bir masalaning yechimiga e‘tibor qaratiladi.
Uchinchidan, tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o’rtasidagi hamkorlik va ishonch olg’a harakatlantirishiga alohida urg’u berilgan. Va bu hamkorlikni ta‘minlashdagi vazifalar, uning istiqbollari keng yoritilgan.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə