Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


G‘arb davlatlari iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishining sabablari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə53/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89
Geosiyosat majmoa

G‘arb davlatlari iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishining sabablari
50-yillarining boshlarida G‘arbiy Yevropa davlatlari ishlab chiqarishning urushdan oldingi darajasini asosan tikladilar. 50—60-yillarda esa iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda rivojlanishiga erishdilar. Xo‘sh, qanday omillar iqtisodiyotning yuksak sur’atlarda rivojlanishini ta’minladi? Birinchidan, AQSH va G‘arbning boshqa davlatlari Ikkinchi jahon urushi davridayoq va urushdan keyin Yevropada moliyaviy va pul beqarorligi vujudga kelishining oldini olish choralarini ko‘rgan edilar. Xususan, Xalqaro valuta fondi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashkil etildi. Ikkinchidan, «Marshall rejasi» beqiyos katta rol o‘ynadi. Unga ko‘ra, AQSH 1948—1952-yillar oralig‘ida G‘arb davlatlariga 13 mlrd dollar miqdorida yordam ko‘rsatdi. Uchinchidan, xalqaro savdo uchun qulay sharoit yaratildi. Bu proteksionizm va boj to‘siqlarini amalda bartaraf etish edi. Masalan, faqat AQSH ning o‘zi olib kelinadigan tovarlar uchun to‘lanadigan bojni 50 foizga kamaytirdi. Bu hol xalqaro savdo gurkirab rivojlanishiga olib keldi. Chunonchi, 1948—1960-yillar oralig‘ida xalqaro savdoning yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 6 foizni, 1960—1973-yillar oralig‘ida esa 9 foizni tashkil etdi. Yevropaning o‘zida davlatlararo savdo hajmi 1950—1970-yillar davomida 18 mlrd dollardan 129 mlrd dollarga yetdi. Shu tariqa tashqi savdo iqtisodiy taraqqiyot manbayiga aylandi. To‘rtinchidan, xalqning intellektual quvvatiga alohida e’tibor berilib, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiya o‘z vaqtida joriy etildi. Sanoat texnika va texnologiya asosida qayta qurildi. Qishloq xo‘jaligi to‘la mexanizatsiyalashtirildi. Qishloq xo‘jaligida tom ma’noda inqilob — biotexnologiya va kimyolashtirish amalga oshirildi. Beshinchidan, neftdan yoqilg‘i o‘rnida keng miqyosda foydalanishga o‘tildi. U iqtisodiy hayotning asosiy harakatlantiruvchi vositasiga aylandi. Buning ustiga uning bahosi juda arzon edi. Bir barrel (159 litr) neftning narxi atigi 1,5 dollar edi. Oltinchidan, G‘arb davlatlarida davlat iqtisodiyotni tartibga solish siyosatini yuritdi. Bu siyosat aralash iqtisodiyotni vujudga keltirish orqali amalga oshirildi. Iqtisodiyotda xususiy mulk, xususiy tadbirkorlik faoliyati va davlat mulki uyg‘unligiga erishildi. Yettinchidan, iqtisodiyotning yuksak darajada rivojlanishi masalasi hukumat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Iqtisodiyotni sarmoyalash har tomonlama rag‘batlantirildi. G‘arb davlatlari iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishining sabablari 163 Yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar 1975-yilga kelib G‘arb davlatlarining hammasida mustahkam ijtimoiy ta’minot tizimi to‘la qaror topishiga olib keldi. Davlat bevalar, yetimlar, nogironlar, ko‘p bolali oilalar, kambag‘allik chegarasidan past darajada yashayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatilishini tashkil etishni o‘z zimmasiga oldi. Mehnat qilayotganlarning 52 foizidan 67 foizigacha bo‘lgan qismi ishsizlikdan; 48 foizidan 94 foizigacha qismi baxtsiz hodisalardan; 72 foizidan 100 foizigacha qismi kasallik tufayli mehnatga vaqtincha yaroqsizlikdan sug‘urta qilindi. Pensiya yoshiga yetganlarning 80—100 foizi pensiya ta’minoti oladigan bo‘ldi. Davlat budjetining 28 foizidan 60 foizigacha qismi ijtimoiy xarajatlarga ajratildi. Ishlayotgan xodimlarga yuqori ish haqi to‘lana boshlandi. Bular aholining iste’mol quvvatini oshirdi. Masalan, birgina Fransiyada har 1000 nafar ishchiga 636 dona avtomobil, 769 dona televizor, 844 dona muzlatgich to‘g‘ri keldi. Davlat mehnat munosabatlari masalasini qonun bilan tartibga soldi. Mehnat to‘g‘risidagi qonunlarda ish bilan band bo‘lish, ishga yollash va ishdan bo‘shatish kabi masalalarda ishchilarning zarur huquqlari kafolatlandi. Shu tariqa G‘arbda yetuk industrial jamiyat qurilishiga erishildi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə