Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə51/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89
Geosiyosat majmoa

Tayanch tushunchalar:
―Sovuq urush‖, bipolyar tizim, siyosiy tarqoqlik, mintaqaviy mojaro, diniy ekstremizm, fundamentalizm, korrupsiya, ekologiya, mahalliychilik, shovinizm, BMT, YUNESKO, IKT, YEI, xalqaro hamkorlik.
Mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollar:

  1. ―O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asari‖ da qanday muammolar ilgari surilgan?

  2. Mintaqa havf solayotgan tahdidlar tizimi?

  1. Yangi mingyillik arafasida dunyoning yangi siyosiy xaritasida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?

  2. Yangi mingyillik arafasida o’z yechimini topmayotgan muammolar?

  3. Taraqqiyot yo’lidan barqaror rivojlanish shartlari?

  4. Mamlakatimiz taraqqiyotini kafolatlovchi omillar?



10-Mavzu: Yangi ming yillikda G’arbiy Yevropadagi siyosiy jarayonlar.
Reja
1.Ikkinchi jahon urushining yakunlari dunyo siyosati va Yevropa davlatlari mavqeiga ta’siri.
2.Yevropa Ittifoqining tashkil etilishi. Integratsiyaning kengayish tarixi.
3.Mastrixt bitimi.
4.Ozbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi munosabatlar yangi bosqichi.


Ikkinchi jahon urushidan so‘ng dunyo siyosatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. BMTning roli ancha kuchaydi. Ilgari kelishilgan ba’zi qarorlar amalga oshdi, ba’zilari esa amalga oshmasdan qoldi. Fashist jinoyatchilar boshliqlari jazolandi. 1945-yil 20-noyabrdan 1946-yil 1-sentabrgacha Xalqaro tribunal fashist jinoyatchilarni sud qildi. 12 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi. 7 kishi uzoq muddatli va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu urush aybdorlarining tarixda birinchi marta xalqaro miqyosda jazolanishi edi. Urushdan so‘ng qurollanish poygasi avj oldirildi. 1945-yilda AQSH atom bombasini Yaponiyada sinab ko‘rdi va bu mudhish qurol vositasida dunyoga hukmronlik qilishni o‘ylay boshladi. Qo‘shma Shtatlarda atom bombasi yaratilgandan keyin, SSSR ham AQSH dan orqada qolmaslik uchun barcha choralarni ko‘rdi. Nihoyat, 1949-yilda atom bombasini yaratdi va uni sinovdan o‘tkazdi. AQSH 1952-yilda yanada dahshatliroq ommaviy qurg‘in quroli — vodorod bombani yaratdi. Uning qudrati 10 mln tonna trotilga teng edi. SSSR esa bir yildan keyinroq bunday qurolga ega bo‘ldi. Bu orada AQSH yadro qurollarini nishonga yetkaza oladigan samolyotlar yaratdi. SSSR esa qit’alararo raketa yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Atom suv osti kemalari yaratildi. Shu tariqa kishilik jamiyatini bir necha marta yo‘q qilib yuborishga qodir ommaviy qirg‘in qurollari zaxirasi vujudga keltirildi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay «sovuq urush» boshlandi. Uning tashabbuskori U. Cherchill edi. U «sharqiy kommunizm» bilan kurash vazifasini qo‘ydi. 1947-yil 14-martda qabul qilingan Gretsiya va Turkiyaga yordam berishni mo‘ljallagan «Trumen doktrinasi» buning amaldagi isboti bo‘ldi. 1947-yil 5-iyunda qabul qilingan va Yevropaning 16 davlatiga iqtisodiy yordam berishni mo‘ljallagan «Marshall rejasi» uni yanada mustahkamladi. Qurollanish poygasi va «sovuq urush» 10 — Jahon tarixi 146 Ikki eng buyuk davlat o‘rtasida munosabatlarning tobora keskinlashib borishi oqibatida ikki harbiysiyosiy ittifoq vujudga keldi. Ularning birinchisi AQSH va uning ittifoqchilarini birlashtirgan Shimoliy Atlantika shartnomasi — NATO deb ataldi. Bu ittifoq 1949-yilning 4-aprelida Vashington shahrida 12 davlat ishtirokida tuzildi (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Belgiya, Daniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Gollandiya, Norvegiya, Portugaliya). AQSH generali D. Eyzenxauer uning qo‘mondoni etib tayinlangan. 1949-yilning 1-oktabrida kommunistik Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topishi, 1950-yilda esa SSSR bilan Xitoy o‘rtasida «Do‘stlik, ittifoqlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida» shartnoma imzolanishi AQSHni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. XXRning tashkil topishi bilan «jahon sotsializm tizimi» shakllanishi nihoyasiga yetdi. 1955-yilda GFR NATOga a’zo etib qabul qilindi. Hozirgi davrda NATO ga Bolgariya, Vengriya, Gretsiya, Ispaniya, Latviya, Litva, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Chexiya, Estoniya kabi davlatlar a’zodirlar. Sharqiy Yevropa davlatlari (SSSR, Polsha, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Chexoslovakiya, GDR) 1955-yilning 14-mayida o‘zlarining harbiy-siyosiy ittifoqi — Varshava shartnomasi tashkilotini tuzdilar. Shunday qilib, dunyo, shu jumladan, Yevropa ikkiga bo‘lindi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə