Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Yevropada birlashish (integratsiya) jarayon



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə54/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89
Geosiyosat majmoa

Yevropada birlashish (integratsiya) jarayonG‘arb davlatlarining iqtisodiy sohada birlashish jarayoni G‘arbning XX asr ikkinchi yarmidan keyingi taraqqiyotining yana bir o‘ziga xos xususiyati edi. Urushdan keyingi ahvol Yevropa davlatlarini iqtisodiy muammolarni birgalikda hal etishga undadi. 1951-yilda Yevropaning olti davlati (Belgiya, Italiya, Luksemburg, Gollandiya, GFR va Fransiya) ko‘mir va po‘lat bo‘yicha Yevropa uyushmasini tuzdilar. 1957-yilda esa u «Yevropa iqtisodiy hamjamiyati»ga aylantirildi. (U «Umumiy bozor» deb ham ataladi.) 1993-yil Maastrixt shartnomasi bilan Yevropa hamjamiyati (Yevropa Ittifoqi) deb atala boshladi. 1957-yilda imzolangan Rim shartnomasiga ko‘ra, bu olti davlat o‘zaro savdoda boj to‘siqlarini tugatish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yagona bozorini vujudga keltirishga qaror qildilar. 1973—1995-yillar oralig‘ida Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973), Yunoniston (1981); Portugaliya va Ispaniya (1986); Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya (1995); 2004-yilda Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya, 2007-yilda Bolgariya va Ruminiya ushbu hamjamiyatga a’zo bo‘lib kirdilar. Yevropa Ittifoqi a’zolarining soni 2007-yilda 27 taga yetdi. Bu davlatlarda 500 mln ga yaqin kishilar yashaydi. Norvegiyada bu masalada 2 marta umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi, lekin u hali Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lganicha yo‘q. Nomzodlar: Makedoniya, Xorvatiya. 1990-yildan boshlab sarmoya, tovar va ishchi kuchlarining YEIH doirasida erkin harakat qilishiga xalaqit qiluvchi barcha to‘siqlar olib tashlandi. 1993- yilda Yevropani birlashtirish yo‘lida yana bir katta qadam qo‘yildi. Shu Yevropada birlashish (integratsiya) jarayoni 164 yilning dekabr oyida Gollandiyaning Maastrixt shahrida YEIH ning 12 a’zosi yagona Yevropani vujudga keltirish to‘g‘risida shartnomalar imzoladilar. Shartnomalar quyidagi 3 guruhdan iborat edi: — Yevropaning yagona pulini (Yevro) joriy etish; — Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish; — Yevropa Komissiyasini tasdiqlash. Yevropa siyosiy ittifoqi kengashi dastlabki bosqichda G‘arbiy Yevropa davlatlarining tashqi va mudofaa siyosati masalalarini muvofiqlashtirishga, bu sohalarda yagona yo‘nalish asoslarini ishlab chiqishga, kelgusida esa yagona tashqi va harbiy siyosat yuritishiga xizmat qilishi ko‘zda tutildi. Hozirda raisi N. Sarkozi. Yevropa Komissiyasi YEH a’zolari bo‘lgan davlatlarning sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohasidagi siyosatlarini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi muassasa vazifasini o‘tashi lozim edi. YEH a’zolari bo‘lgan davlatlar hukumatlari bu sohalar bo‘yicha vakolatlarini Yevropa Komissiyasiga topshirishi belgilab qo‘yildi. To‘g‘ri, barcha shartnomalar ham amalda ularning yaratuvchilari o‘ylagan darajada bajarilayotgani yo‘q. Biroq, eng asosiysi, yagona Yevropani bunyod etish borasida tarixiy ishlar amalga oshirildi. 1999-yilning dekabr oyida YEHning a’zolari (ularning soni 15 ta) qurolli kuchlarni tuzish haqida qaror qabul qildilar. Uning vazifasi — harbiy inqirozlar yuz bergan hududlarda tinchlikni saqlashdan iborat, deb belgilandi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 2002-yil 1-yanvardan yangi pul birligi — «yevro» muomalaga kiritildi. Yevropa Ittifoqining asosini sobiq Yevropa iqtisodiy uyushmasi, Yevratom, Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi (2002- yildan o‘z faoliyatini to‘xtatdi) tashkilotlari tashkil etadi. 2007-yil Lissabon bitimiga ko‘ra, murakkab tizim tugatiladi va xalqaro huquq subyekti bo‘lgan Yevropa Ittifoqi yagona statusga ega bo‘ladi. Shuningdek, 2007-yilda Yevropa liderlari Fransiya, Italiya va Ispaniya yangi O‘rtayer dengizi ittifoqi tashkiloti tuzilganligini e’lon qildilar.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə