Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə57/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
Geosiyosat majmoa

Tashqi siyosat

AQSH tashqi siyosatida ikki oqim, ya’ni izolatsionizm va internatsionalizm tarafdorlari o‘rtasida kurash ketdi. Izolatsionizm tarafdorlari AQSHning faol tashqi siyosatiga qarshi edilar. Ular asosan ichki muammolar bilan shug‘ullanishni Afzal bildilar. Internatsionalizm tarafdorlari esa, AQSH jahon siyosatining faol ishtirokchisi bo‘lishi kerak, deb hisoblardilar. Oxir-oqibatda bu oqim g‘alaba qozondi. AQSH dunyodagi eng buyuk davlatga aylangan bir davrda, tabiiyki, u dunyo siyosatidan chetda tura olmas ham edi. AQSHning Birinchi jahon urushida qatnashishi izolatsionizmga uzil-kesil chek qo‘ydi. Birinchi jahon urushi tugagach, AQSH jahon siyosiy xaritasini qayta qurishning faol ishtirokchisi bo‘lishga urinib ko‘rdi. Chunonchi, u Versal — Vashington tizimini yaratishda faol qatnashdi. Uning qat’iy talabi bilan Millatlar Ligasi ustaviga Versal shartnomasi matni qo‘shildi. Ayni paytda Buyuk Britaniya va Fransiya AQSHning dunyoda, xususan, Yevropada gegemonligi o‘rnatilmasligi uchun barcha choralarni ko‘rdilar. Xususan, Versal shartnomasi, Buyuk Britaniya va Fransiya manfaatlarini ko‘proq aks ettirganligi shu bilan ham izohlanadi. Bundan tashqari, Parij sulh konferensiyasi Uzoq Sharqda Yaponiya mavqeyini ham mustahkamladi. Bular AQSH tashqi siyosatining amaldagi muvaffaqiyatsizligi edi. Shuning uchun ham AQSH Kongressi Versal shartnomasini tasdiqlamadi. AQSH Yevropadagi ta’sirini saqlab qolish uchun1921-yilda Germaniya bilan alohida tinchlik shartnomasini imzolashga muvaffaq bo‘ldi. AQSH Tinch okean havzalarida o‘z mavqeyini mustahkamlash niyatida prezident U. Garding (1921—1923) talabi bilan 1921-yilda Vashington konferensiyasini chaqirishga erishdi.


AQSH kuchaya borgan sari, boshqa buyuk davlatlarni jahon bozorlaridata’qib eta boshladi. Xususan, Buyuk Britaniyaning Markaziy va Janubiy Amerika bozoridagi o‘rniga zarba berdi. Masalan, 1913—1927-yillar oralig‘ida Buyuk Britaniyaning bu mintaqa davlatlari importida ulushi 25%dan 16% ga tushib qoldi. AQSHning ulushi 24% dan 38% ga ortdi. AQSHning Janubiy Amerika davlatlariga joylashtirgan sarmoyasi esa 13 baravar ko‘paydi. To‘g‘ri, Lotin Amerikasi davlatlarining Vatanparvar kuchlari AQSHning bu mamlakatlarni asoratga solishiga befarq qarab turmadilar. Ular imkoniyatlari darajasida qarshilik ko‘rsatdilar. Prezident K. Kulij (1923—1929) davrida Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashlari ayovsiz bostirildi. 1928-yilga kelganda LotinAmerikasining 20 davlatidan 14 tasi AQSHga moliyaviy qaram bo‘lib qoldilar. Shu tariqa g‘arbiy yarim sharda AQSH sarmoyasi tanho hukmronlik qila boshladi. AQSH hukmron doiralari faqat Lotin Amerikasi davlatlarini asoratga solish yoki ularning ichki ishlariga aralashish bilan cheklanib qolmadi. AQSH G‘arbiy Yevropani ham o‘z moliyaviy ta’sirida saqlab turishga zo‘r berib urindi. Bunda «Daues rejasi» ga (1924-y.) katta umid bog‘ladi. Bu reja Germaniya harbiy qudratini amalda qayta tikladi. Germaniya qudratini qayta tiklashdan maqsad Buyuk Britaniya va Fransiyaning Yevropada haddan tashqari qudratli davlatga aylanishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi. 1927-yilning mart oyida AQSH harbiy-dengiz kuchlari Xitoyga qarshi harbiy intervensiyada ishtirok etdi va shu yilning aprelida Chan Kayshi amalga oshirgan davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatladi. Prezident G. Guver davrida (1929—1932) AQSHning harbiy xarajatlari yildan yilga o‘sib bordi. Xususan, 1929-yilda AQSHning harbiy xarajatlari Fransiya va Yaponiyaning birgalikdagi harbiy xarajatlaridan ko‘p bo‘ldi. Sovet davlatini tan olmaslik siyosati davom ettirildi. AQSH Germaniya iqtisodiy qudratini yanada tiklash siyosatini davom ettirdi. Chunonchi, 1929-yilda Daues rejasini «Yung rejasi» bilan almashtirishga erishdi. Bu rejaGermaniyaning reparatsiya to‘lash shartlarini yanada yengillashtirdi. Uzoq Sharq va Tinch okean havzasida AQSH — Yaponiya munosabatlari keskinlashib bordi. AQSH Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotining yetakchi mavqeyini yo‘qqa chiqarish uchun hamma choralarni ko‘rdi. 1930-yilga kelib amalda bunga erishdi ham. Shu yil Londonda o‘tkazilgan vadengiz masalasini muhokama qilgan konferensiya ikki davlat harbiy-dengiz floti bir xil qudratga ega bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1930-yilda AQSH tashqi savdoda import tovarlar uchun katta boj to‘lovi joriy etdi. Bu esa uning boshqa buyuk davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarini yanada sovuqlashtirdi. 1932-yilda bo‘lib o‘tgan Lozanna konferensiyasi AQSHning qat’iy qo‘llab-quvvatlashi tufayli Germaniyani reparatsiya to‘lashdan amalda ozod etdi. Bu esa Germaniya harbiy qudratining tiklanishiga xizmat qildi. F. Ruzvelt davrida (1932—1945) AQSHning xalqaro mavqeyi yanada mustahkamlandi. 1933-yil 16-noyabrda AQSH Sovet davlatini tan oldi va u bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi. Lotin Amerikasi xalqlari ko‘z o‘ngida AQSH o‘zining bu mintaqadagi tashqi siyosatining tub mohiyatini niqoblash maqsadida «yaxshi qo‘shnichilik» shiorini e’lon qildi. AQSH Germaniya va Yaponiyaning agressiv rejalariga qarshi xalqaro to‘siq qo‘yish borasida amalda jiddiy harakat qilmadi. Aksincha, 1935-yilda AQSH Kongressi «Betaraflik to‘g‘risida» qonun qabul qildi. Qonun prezidentga urushda qatnashayotgan tomonlarga qurol sotishni taqiqlash huquqini berdi. Biroq Germaniya va Italiya urushuvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan edi. Shuning uchun ham ular AQSHdan qurol sotib olishlari mumkin edi. Aksincha, agressiya qurbonlari bo‘lgan Efiopiya va Ispaniya AQSHdan qurol sotib olish va qarz olish huquqlaridan mahrum etilgan edi. AQSHning betaraflik siyosati amalda Germaniyaning kuchayishini va yangi urush o‘chog‘iga aylanishini ta’minladi. Shunday qilib, ikki jahon urushi oralig‘ida AQSH dunyodagi eng boy davlatga aylandi. «Ford», «Jeneral Motors», «Dyupon», «Po‘lat tresti» kabi gigant kompaniyalar yanada kuchaydi. Dunyoning ko‘p joylarida o‘z ta’sirini o‘tkazdi. «Bo‘lib tashla, hukmronlik qil» prinsipiga amal qildi. Boylik orttirish maqsadida urushlarni qo‘llab-quvvatladi. Ma’naviy tubanlikka ketdi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə