Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə9/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89
Geosiyosat majmoa

Siyosiy borliq - bu geosiyosatning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Davlat (kuch) geosiyosatning markaziy tushunchalaridan biri hisoblansa, siyosiy borliq davlatning siyosiy holati va hayotiy mazmunini ko’rsatib beruvchi muhim omildir.
Siyosiy borliq davlat turmush tarzini ko’rsatib turuvchi dastlabki nishona ham hisoblanadi. Shuning uchun geosiyosatda davlatlar o’rtasidagi borlig’iy (makoniy) munosabatlarga katta e’tibor beriladi. Chunki borliq tushunchasi geosiyosat nazariyasining asosini tashkil etadi.
Har qanday davlatning siyosiy borlig’i chegaralangan, ya’ni u muayyan chegaralar doirasida bo’ladi. Chegara esa davlat xavfsizligini ta’minlovchi, siyosiy borliqni ko’rsatib turuvchi geosiyosiy funktsiyani bajaradi. Siyosiy borliqda chegaraning bajaradigan funktsiyalari:


a) siyosiy;
b) himoya qilish;
v) harbiy-strategik bo’lishi mumkin.
Geosiyosatda chegara muammosiga ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Chunki qachon borliq uzra nazorat boshlansa siyosiy borliqlar chegarasi buziladi. Yoki biror kuchning borliq uzra nazoratni o’rnatishi, siyosiy borliqlar chegaralarini inkor etish, buzish evaziga bo’lishi mumkin.
Manfaat. Manfaatga muayyan guruhlarga moddiy va ma’naviy tomondan foyda keltiruvchi omil sifatida qarash mumkin. Biroq geosiyosatda manfaat tushunchasi kengroq ma’noda – xalqlar, davlatlar manfaatlaridan kelib chiqib talqin etiladi. Shunday ekan har bir davlatning milliy manfaatlari o’sha davlat zimmasiga yuklangan bosh vazifa (qonuniy asoslarga ega bo’lgan)dan kelib chiqib tarkib topgan bo’ladi.
Milliy manfaat geosiyosiy mohiyatga ega. Shuning uchun ham manfaat tushunchasi geosiyosatning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Xo’sh, milliy manfaatning geosiyosiy jihatlari amaliyotda qanday namoyon bo’ladi?
Bizningcha, milliy manfaatning geosiyosiy tus olishi avvalo o’sha davlatda olib borilayotgan ichki siyosatning tarkibiy qismini tashkil etuvchi asosiy vazifalar va maqsadlardan boshlanadi. Negaki, har bir davlat aniq bir tarixiy sharoit, taraqqiyot va barqarorlik manfaatlari, milliy-tarixiy xususiyati va qadriyatlaridan kelib chiqib, uzoq va yaqin kelajakda amalga oshirilishi zarur bo’lgan asosiy vazifalari va maqsadlarini belgilaydi. Masalan, bugungi kunda O’zbekistonning oldida turgan asosiy ustuvor masalalar – jamiyatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan erkinlashtirish; jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish; xalq turmush darajasini oshirish; iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar; barqarorlik, tinchlik, totuvlik va davlatimiz hududining daxlsizligini ta’minlash va b. hisoblanadi. Ushbu vazifa va maqsadlar davlatimiz milliy manfaatlari tizimida o’z aksini topgan.
Tabiiyki, har qanday ichki (davlat) manfaatlar tarkibini tashkil etuvchi maqsad va vazifalar davlat tashqi siyosati bilan uyg’unlashish asnosida davriy dolzarbligi, mantiqiy ustuvorligiga qarab geosiyosiy jihatdan toifalanadi. Ularning geosiyosiy toifalanishi quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:

  1. o’ta muhim manfaatlar. Vaqt jihatidan doimiy ravishda yoki zudlik bilan ta’minlanishi lozim (masalan, davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini mustahkamlash). Ba’zida manfaatlarning bu toifasi millat va davlatni asrab qolishga bo’lgan mavjud tahdidlar bilan bog’langan bo’ladi (masalan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash).

  2. muhim manfaatlar. Vaqt jihatidan yaqin kelajakda amalga oshirish nazarda tutiladi (masalan, davlat xavfsizligini doimiy ravishda ta’minlab borish).

  3. istiqbolli manfaatlar. Vaqt jihatidan kelajakda bajarilishi lozim bo’lgan manfaatlar (masalan, agar davlat xalqaro transkommunikatsion tarmoqlardan uzoqda joylashgan bo’lsa, uning bosqichma-bosqich o’sha tarmoq tizimiga kirishga intilishi).

Ko’rinib turibdiki, har bir davlatning milliy manfaatlari evolyutsiyasi oxir oqibat jahon siyosati bilan bog’lanadi. Shuning uchun ham jahon siyosati asosida nafaqat manfaat tushunchasi turadi, balki har bir milliy manfaatlar amaliyoti jahon siyosatini harakatga keltiradi. Shu tariqa davlatlarning o’z manfaatlariga erishish yo’lidagi harakatlari, unga intilishi jahonda muayyan kuchlar muvozanatini yuzaga keltiradi. Ana shu bosqichda geosiyosatning manfaat kategoriyasi kuchlar muvozanati kategoriyasi bilan amaliy jihatdan o’zaro tutashadi.
Tuzilish yoki jahon geosiyosiy xaritasida namoyon bo’lish jihatidan geosiyosat fanining kategoriyalariga quyidagilar kiradi: davlat (masalan, davlatning geosiyosiy kuch sifatida shakllanishi), kuch markazlari (davlatning mintaqa miqyosida yoki global ko’rinishda siyosiy, iqtisodiy va b. tomonlardan imkoniyatlarining kengligi), geosiyosiy ittifoqlar (masalan, nemis tadqiqotchisi K.Xausxoferning Berlin-Moskva-Tokio kontseptsiyasi), geosiyosiy chiziqlar (masalan, jahon siyosiy xaritasidagi «nobarqarorlik yoy»lari, ularning yo’nalishi), geosiyosiy mintaqa, geostrategik mintaqa va b.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə