Yodda tuting
Shaxsga doir ma’lumotlar – muay- yan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.
32
@edurtm_uz
ning mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish, firibgarlik harakatlarini sodir etganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan.
Yodda tuting
Kartangizning amal qilish muddatini ko‘rsatish va SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini yuborish haqidagi so‘rov shubha uyg‘otish uchun asos bo‘ladi. Plastik kar- tangizda pul bo‘lmasa ham, maxfiy ma’lumotlarni kiritish firibgarlarga kelajakda kar- tangizdan g‘arazli niyatlarda foydalanib, hisobingizdagi barcha pullarni yechib olish imkonini beradi. Internet tarmog‘i orqali sizga kelayotgan har qanday xabarlardan ogoh bo‘ling!
Savol va topshiriqlar
Agar mamlakat qonunchilik tizimi faqat ushbu mamlakatda shakllangan axloqiy qarashlar, urf-odatlarga asoslanib rivojlansa, bunday qonunchilik mamlakatda inson huquqlarini ta’minlashda qanchalik samarali bo‘lishi mumkinligi haqida fikr yuriting. Ushbu holatning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qiling.
Sizningcha, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarning shakllanishida milliy huquqiy tizimlarning roli va ahamiyati qanday bo‘lgan?
Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi insonning shaxsiy daxlsizlik huquqi buzilishi holatlarining ko‘payishiga olib keladi degan farazga qanday munosabat bildirasiz?
Sizningcha, internet aloqasidan foydalanishning, masalan, qimor va tavak- kalchilikka asoslangan (totalizator) o‘yinlarni o‘ynashning cheklanishi shaxsning in- ternetdan foydalanish huquqini buzish hisoblanadimi? Bunday huquqning buzilishini misollar keltirgan holda tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |