Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə102/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

6

5
Fuqarolarning tengligi


4
Fuqorolikdan chiqishning ixtiyoriyligi


Davlat ichida va tashida fuqarolarning himoya qilinishi


O‘zbekiston fuqaroligiga doir tamoyillar
Yagona fuqarolik

1
Fuqarolikdan majburiy 3
chiqarishning
taqiqlanishi


Fuqarolikka ega bo‘lishning ixtiyoriyligi


2




Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi irqi, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqa xususiyatlariga qarab farqlanmaydi. Ya’ni
116
@edurtm_uz

O‘zbekiston hududida doimiy yashab kelayotgan va tegishli qonunlarga ko‘ra O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan kishilarni rus, qozoq, o‘zbek, qirg‘iz, tojik yoki boshqa millatga mansubligiga qarab ajratmasligimiz lozim. Ular qaysi dinda ekanliklari ham ahamiyatli emas. Ushbu mamlakatda yashayotgan barcha fuqarolar bir-birlarini hurmat qilishi zarur.


FUQAROLIKNI YOʻQOTISHNING HUQUQIY ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolikni tugatish, ya’ni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan biror shaxsni endi mamlakatimiz fuqarosi deb hisoblamaslikning ikki asosi mavjud. Birinchisi fuqarolikdan chiqish bo‘lsa, ikkinchisi fuqarolikni yo‘qotish hisoblanadi. Fuqarolikdan chiqish shaxsning o‘z ixtiyori bilan tegishli davlat organlariga murojaat etishi orqali amalga oshiriladi va murakkab jarayon emas. Shu sababli darsimizning mazkur qismida asosan fuqarolikni yo‘qotish bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalamiz.


Fuqarolikni yo‘qotish borasidagi qonun mamlakatimiz xavfsizligi ta’minlash hamda yagona fuqarolik tamoyilidan kelib chiqib, bir qancha shartlarni qo‘yadi. Masalan, O‘zbekiston fuqarolaridan biri chet davlatning qurolli kuchlariga harbiy bo‘lib ishga kirdi, deb faraz qilaylik. Bunday holatda mazkur shaxsning mamlakatimiz fuqarosi sifatida maqomini saqlab qolishi davlat tomonidan taqdim etiladigan barcha huquqlar ushbu shaxsga ham taqdim etilishini anglatadi. Natijada bu shaxs ushbu huquqlardan foydalanib O‘zbekiston qurolli kuchlari tarkibiga kirib olishi va mamlakatimiz sirlarini boshqa davlatlarga xufiyona yetkazib turishi uchun imkoniyat paydo bo‘lib qoladi. Shu sababli davlat va jamiyat hayoti uchun muhim bo‘lgan sohalar, xususan, chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida shaxs O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotadi.
Bundan tashqari, mamlakatimiz fuqarosi xorijda doimiy yashashiga qaramasdan, yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobida turmasa ham fuqaroligini yo‘qotishi mumkin. Shuningdek, biror shaxs soxta hujjatlar taqdim etish bilan O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan bo‘lsa yoki shaxs boshqa davlat fuqaroligini ixtiyoriy qabul qilgan hollarda O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotadi. Qisqa qilib aytganda, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda fuqarolikni yo‘qotish bilan bog‘liq holatlar aniq belgilab berilgan. Yana bir muhim qoidani unutmaslik lozim, biror fuqaro O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotganda bu uning turmush o‘rtog‘i yoki farzandlarining fuqaroligiga ta’sir etmaydi.



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə