Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə22/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Alisher Navoiy


Siz bilib olasiz

“Ijtimoy himoya” tushunchasi. Aholini ijtimoiy himoyalash.


Ijtimoiy himoyalashda insonparvarlik tamoyilining oʻrni.

IJTIMOIY HIMOYA” TUSHUNCHASI


Kishilarning butun hayoti davomida daromadga ega bo‘lishini kafolatlash va asosiy tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash orqali ijtimoiy himoya qilish mamlakatda kambag‘allik darajasini kamaytirish va uning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Davlatlar inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy jipslikni kuchaytirish, mehnat resurslari sonini oshirish va iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish maqsadida ijtimoiy himoyaga mablag‘ ajratadi.


Ijtimoiy himoya insonning ijtimoiy ta’minot olish huquqi asosida yotadigan eng muhim huquqlardan biri bo‘lib, mazkur huquq inson huquqlari sohasiga oid asosiy xalqaro shartnomalarda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil), Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (1966-yil)da mustahkamlangan va munosib turmushni kafolatlash uchun muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida ham mazkur huquq kafolatlangan.
Ijtimoiy himoya ko‘rsatiladigan asosiy yo‘nalishlar quyidagilar hisoblanadi:


IJTIMOIY HIMOYANING YO‘NALISHLARI

Bolalik va oila nafaqasi
Onalikni muhofaza qilish
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarohatlar uchun nafaqa
Ishsizlikdan himoyalash


Nogironlik nafaqasi
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha choralar
Kasallik nafaqasi




Yoshga doir pensiyalar
Boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa



26
@edurtm_uz

Xususan, har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek, boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga egaligi belgilab qo‘yilgan.
Ijtimoiy himoya insonning bir qator boshqa huquqlari, xususan, munosib turmush darajasiga ega bo‘lish, ta’lim olish va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish kabi huquqlarni amalga oshirishga ham ko‘maklashadi.
Xo‘sh, ijtimoiy himoyaning o‘zi nima, degan savolga qisqacha javob bersak.



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə