Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə25/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

28
Yodda tuting
Insonparvarlik “inson- ni sevish” degan maʼnoni bildirib, insonga oliy qadri- yat sifatida yondashishni anglatadi.
@edurtm_uz

“Ayollar daftari”, “Temir daftar” kabi tizimlar orqali aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab- quvvatlash ortida ham aynan insonparvarlik tamoyili yotadi.
Insonparvarlik tamoyilining amaliy ifodasi sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanadigan va ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar hamda yordamlarni keltirish mumkin. Masalan, 18 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 3 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam uchun har oylik pulli kompensatsiyani tayinlash ushbu tizim orqali aniqlanadi.
Savol va topshiriqlar

  1. Hech oʻylab koʻrganmisiz, aholini ijtimoiy himoyalash nima uchun davlatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi?

  2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har kim oʻz ijtimoiy himoyasi borasida oʻzi qaygʻurishi kerak degan fikrga qanday qaraysiz?

  3. Nima deb oʻylaysiz, nima uchun kam taʼminlangan oilalarga oylik moddiy yordam tayinlash va uning miqdorini belgilash qarori mahalla fuqarolari vakillarining yigʻilishida qabul qilinadi?

  4. Aholining yana qanday qatlamini ijtimoiy himoyalash kerak deb hisoblaysiz? Fikringizni asoslang, misollar keltiring va umumlashtiring.

Mustaqil ish uchun topshiriq

Amir Temur davrida katta-katta yerlarni masjid, madrasa va mozorlarga vaqf qilib berish keng tarqalgan edi. O‘sha davr odatiga ko‘ra, yer va suvdan tashqari do‘konlar, tegirmonlar, ustaxonalar, bozor, objuvoz va karvonsaroylar ham vaqf qilib berilgan. Vaqf mulkidan tushgan daromadlar masjid,


maqbara, madrasalar, musofirxona va bemorxonalar ehtiyoji uchun sarflangan.
Topshiriq:
Yuqorida keltirilgan maʼlumotlar va tarix fanidan egallagan bilimlaringiz asosida buyuk davlat arbobi Amir Temurning oʻz davrida olib borgan ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati xususida loyiha ishi tayyorlang.



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə