Davlat va huquq asoslari


Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (1966-yil)



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə28/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (1966-yil)
BMTning O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan inson huquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro shartnomalari

2
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt (1966-yil)





3
Irqiy kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya (1965-yil)

3
Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi konvensiya (1984-yil)
Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya (1979-yil)

4


6
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (1989-yil)



Nogironlar huquqlari
7 to‘g‘risidagi konvensiya
(2006-yil)
Hozir Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjat- larga, jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Birlashgan Millatlar Tashki- lotining 7 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan.
31
@edurtm_uz

Mazkur xalqaro shartnomlar normalari O‘zbekiston Respublikasining ko‘plab qonunchilik hujjatlari qoidalarida o‘z aksini topgan va mamlakat qonunchilik tizimining tarkibiy qismiga aylangan.


AXBOROT DAVRIDA INSON HUQUQLARI HIMOYASI

Raqamli texnologiyalar insoniyatning taraqqiyotida muhim vosita bo‘lib, inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishda o‘zining munosib hissasini qo‘shishi mumkin.


Zamonaviy ijtimoiy munosabatlar rivojlanishining muhim xususiyati ularning jadallik bilan raqamlashib borayotganidir. Bu esa raqamli axborotni yaratish, olish va undan foydalanish huquqi, aloqa va axborot tarmoqlari (jumladan, internet)dan foydalanish huquqi, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligiga bo‘lgan huquq, shaxsiy axborot makonining daxlsizligi huquqi kabi inson huquqlarining yangi turlari paydo bo‘lishiga olib keldi.
BMT Inson huquqlari kengashi shaxsning internetdan foydalanish huquqini insonning ajralmas huquqlaridan biri sifatida tan oldi. Shunga ko‘ra, ma’lum bir hududlarning butunjahon internet tarmog‘idan uzilishi inson huquqlarining buzilishi hisoblanadi. Internet tarmog‘ida axborotni tarqatish maksimal darajada erkin bo‘lishi lozimligi, uni faqat biror-bir shaxsning huquqlari buzilishiga olib kelgandagina cheklash mumkinligi belgilandi. Bunga misol sifatida kiber hujumlar natijasida ma’lumotlarning sizib chiqishi va tarqalib ketishi mumkinligi holatini keltirib o‘tish mumkin. Konstitutsiyamizning 33-moddasida ham bugungi davr internet bilan nechog‘lik aloqador ekani hisobga olinib, davlat internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishi belgilab qo‘yilgan.
Agar samarali kafolatlar mavjud bo‘lmasa, bunday texnologiyalarni joriy qilish inson- ning qadr-qimmati, shaxsiy hayoti daxlsizligi va mustaqilligiga, umuman olganda, inson huquqlarini ta’minlashga jiddiy xavf tug‘dirishi ham mumkin. Xususan, BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi bu borada xatarlar mavjudligini e’tirof etib, raqamli qurilma- lardan foydalanish bolalarga zarar yetkazmasligi, bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi muloqot o‘rnini egallamasligi lozimligini qayd etadi.
Axborot texnologiyalaridan hayotning barcha sohalarida foydalanish insonning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini ta’minlashga salbiy ta’sir qiladi. Mazkur huquqni himoya qilish qamrovi shaxsning turarjoyi, avtomashinasi, yozishmalari kabi shaxsiy muhiti bilan cheklanmasdan, bozor, aeroport, vokzal, ta’lim muassasalari binolari kabi jamoat joylari va bu makonlarda to‘planadigan ochiq ma’lumotlarga ham taalluqli bo‘ladi. Masalan, ta’lim muassasasi binosidagi kuzatuv vositalarida yozib olingan videomateriallardan ta’lim oluvchilar yoki o‘qituvchilarning shaxsiy hayoti daxlsizligiga zid ravishda, ularni obro‘siz- lantirish maqsadida foydalanish taqiqlanadi.

Axborot texnologiyalari vositasida shaxsiy hayot daxlsizligi huquqining buzilishi mam- lakatimizda ma’muriy va jinoy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, fuqarolar- ning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar- ni ularning roziligisiz, qonunga xilof ravishda yig‘ish, tarqatish, oshkor qilish harakatlari uchun tegishlicha javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, axborot texnologiyalari va alo- qa vositalaridan foydalangan holda o‘zgalar-

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə