Davlat va huquq asoslari


O‘zbekiston Respublikasining



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə31/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 55-modda
Prokuratura organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquq hamda erkin- liklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi. Prokuratura organlari fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklariga rioya eti- lishi ustidan nazorat faoliyatini olib borib, fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi, huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi, fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko‘radi.
Ichki ishlar organlari ham inson huquqlarini himoya qilishni o‘zining asosiy maqsadi etib belgilaydi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilda qabul qilingan “Ich-
34
@edurtm_uz

ki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini himoya qilish ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari sifatida belgilangan.
Adliya organlarining asosiy vazifalari qatorida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish muhim o‘ringa ega. Bu boradagi vazifalarni amalga oshirish davomida adliya organlari davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonun- chilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, fuqarolarning davlat or- ganlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘radi.


INSON HUQUQLARI BOʻYICHA MILLIY INSTITUTLARNING AHAMIYATI

Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning milliy tizimida muhim ahamiyat kasb etib, ularning faoliyati nosudlov xususiyatga ega.






Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə