ijtimoiy sheriklik asosida jamiyatdagi ahamiyatga molik masalalarni
hal qilishda nodavlat
tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Mamlakatimizda
nafaqat mahalliy, balki chet el nodavlat notijorat tashkilotlari ham faoliyat yuritishi mumkin. Barcha shu kabi tashkilotlarning faoliyati “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.
Savol va topshiriqlar
Inson huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari tizimini tavsiflab bering.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning asosiy vazifalari mazmunini tushuntiring.
Inson huquqlarini ta’minlashda prokuratura va ichki ishlar organlarining vakolatlaridagi asosiy farqli jihatlar nimalardan iborat.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) tomonidan davlat organlari va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga taqdimnomalar nima maqsadda kiritiladi?
Ombudsman tomonidan kiritiladigan taqdimnoma bilan iltimosnomaning farqi nimada?
Mustaqil ish uchun topshiriq
Fuqaro A. ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan uning huquqlari buzilganligi yuzasidan Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) nomiga shikoyat bilan murojaat qildi. Ombudsman kotibiyati xodimi mazkur shikoyatni
qabul qila olmasligini, sababi huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqish ombudsmanning vakolatlariga kirmasligini ma’lum qildi.
Ushbu vaziyatni tahlil qiling va ombudsman kotibiyati xodimining harakatlariga huquqiy baho bering.
Dostları ilə paylaş: