Davlat va huquq asoslari


DARS. IJODIY FAOLIYAT



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə35/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

37




  1. DARS. IJODIY FAOLIYAT
@edurtm_uz

Muvaffaqiyatsizlikka uchrash og‘ir, biroq eng yomoni muvaffaqiyatga erishish uchun sira harakat qilmaslikdir.
Teador Ruzvelt


IJODIY FAOLIYAT UCHUN



    1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida insonning asosiy huquq va erkinliklari mustahkamlangan normalar bilan o‘xshash bo‘lgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalarining solishtirma qiyosiy jadvalini tuzing. Masalan, Deklaratsiyaning 3-moddasida “Har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir”, deyilgan. Shunga o‘xshash qoida Konstitutsiyamizning 25-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, unda “Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir”, deb belgilangan.

Solishtirma jadvalingizda taqdim etilgan o‘xshash normalarning farqli jihatlarini tushuntiring.


T/r

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

1.







2.







3.







4.







5.







    1. Bugun O‘zbekistonda gender tenglik eng muhim masalalardan hisoblanadi. Tasavvur qiling, mana shu muhim masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Gender tenglik to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi tayyorlanmoqda. O‘zbekiston fuqarosi sifatida sizning fikringiz juda ham muhim. Quyidagi jadvalga o‘zingizning gender tenglik borasidagi tushunchalaringizga asoslangan holda mazkur qonun loyihasida aks ettirish lozim deb hisoblagan qoidalaringizni kiriting.






T/r



Siz taklif etayotgan qoida

Nega bunday qoidani taklif etayotganingiz sababi

1.







2.







3.









38
@edurtm_uz

NAZORAT ISHI
Aql tarozisida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir.
Abu Ibn Sino

Jadvalli test
Atamalarga mos taʼriflarni belgilang



1

Tenghuquqlik



A


Ma’lum bir hududda yashovchi, qadriyatlari, ular amal qiladigan qoidalar va an’analari o‘xshash bo‘lgan hamda o‘zaro ehtiyoj va manfaatlari yo‘lida birlashgan insonlar guruhi.

2


Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar

B


Barcha insonlarning qadr-qimmatini tan oladigan va himoya qiladigan standartlar (mezonlar) hisoblanadi.

3

Insonparvarlik

D

Shaxsning huquqlari, erkinliklari, burchlari yig‘indisi.

4

Huquq ustuvorligi



E


Insonlar o‘zlarining irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi yoki o‘zga holatidan qat’i nazar, bir xil huquqlarga ega bo‘lishi.

5



Shaxsning huquqiy maqomi

F


Insonlarning jinsidan qat’i nazar, ularga bir xil huquq, erkinlik va imkoniyatlarning taqdim etilishi, iqtisodiy faoliyatda hamda qarorlarni qabul qilishda tenglikning yaratilishi.

6


Gender tenglik

G

“Insonni sevish” degan maʼnoni bildirib, insonga oliy qadriyat sifatida yondashishni anglatadi.

7


Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar

H


Faqatgina bir davlatning fuqaroligiga ega bo‘lish hisoblanib, bugungi kunda ko‘plab davlatlar aynan mazkur tamoyilga amal qiladi.

8


Ombudsman

I

Shaxsning buzilgan huquqlarini tiklagan holda jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlovchi davlat organi.

9


Ijtimoiy himoya

J

Xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan va inson huquqlariga oid minimal talablarni ko‘zda tutuvchi qoidalar.

10


Jamiyat


K


Mehnat qobiliyatini va daromadlarni yo‘qotish bilan bog‘liq ijtimoiy xatarlarning oqibatlaridan aholini kompensatsiyalash tizimi.

11

Sud


L


Tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vazifasini amalga oshiruvchi vakil.

12


Yagona fuqarolik



M


O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs.

39

II BOB. OILAVIY HUQUQIY MUNOSABATLAR

@edurtm_uz

  1. DARS. JAMIYATDA OILANING O‘RNI



Agar oilaning baxtini boylik belgilaganda edi, bironta boy xonadonda oilaviy janjal koʻtarilmas edi.
Tohir Malik


Siz bilib olasiz

Oila – jamiyat tayanchi.


Jamiyatda oilaviy munosabatlarni tartibga solish. Oilaning davlat tomonidan muhofaza qilinishi.


OILA – JAMIYAT TAYANCHI

Inson dunyoga kelib, oila degan jamoada yashaydi. U ota-ona, buvi va bobo, aka va opa, amaki va xola, tog‘a va amma kabi qon-qarindoshlar qurshovida bo‘ladi va kamol topadi. Ana shu qarindoshlik rishtasi asosida oila a’zolari o‘zaro bir- birlariga yordam beradilar. Oiladagi ushbu rishtalar esa hurmat, sadoqat, g‘amxo‘rlik, insonparvarlik kabi insoniy fazilatlar hisoblanib, ular tarbiyaviy, diniy, ma’naviy, ma’rifiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslarni


keltirib chiqaradi. Aynan shu xususiyatlar oilaning mustahkam bo‘lishiga olib keladi.
Har bir oila urf-odatlar, rasm-rusumlar, an’analar va milliy qadriyatlarga ega. Ana shu urf-odat, rasm-rusum, an’analar va milliy qadriyatlar asosida oila o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi va oila a’zolari o‘zaro inoqlikda, bir-biriga ishonchda, sadoqat va hurmatda bo‘ladilar. Oilada ijobiy muhitning barqarorligi jamiyatning tinch va xotirjam ekanligidan dalolat beradi.
Oilaning mustahkamligi jamiyatda hayotning, tiriklikning abadiyligini ta’minlaydi, farzandlar avlodni davom ettiradi. Shuningdek, oila kelajakda farzandlar qanday inson bo‘lib yetishishiga ta’sir ko‘rsatadigan, ularni tarbiya qiladigan maskan vazifasini bajaradi. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar oilalarni qo‘llab-quvvatlash, farzandlarni jismonan sog‘lom, aqlan yetuk qilib dunyoga
keltirish, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berish maqsadini ko‘zlaydi.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə