Davlat va huquq asoslari


OILANING DAVLAT TOMONIDAN MUHOFAZA QILINISHI



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə38/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

OILANING DAVLAT TOMONIDAN MUHOFAZA QILINISHI

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida oila davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilangan bo‘lib, davlat oilani mustahkamlashga, oila aʼzolarining masʼulligini oshirishga katta eʼtibor qaratadi. Bugun oilani mustahkamlash maqsadida “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” gʻoyasi asosida islohotlar olib borilmoqda.


So‘nggi yillarda oilalarga, ayollarga, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga, maktab o‘quvchilariga va talabalarga berilayotgan imtiyozlar, moddiy va ma’naviy ko‘maklar oilaviy muhitni yaxshilash, sog‘lom avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda.


43

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konsti- tutsiyasida nikoh oilaviy qadriyatlarga asos- lanishi, u erkak va ayolning ixtiyoriy roziligi asosida tuzilishi, ularning tenghuquqliligi, oila- da bolalarni tarbiyalash va ularga g‘amxo‘rlik qilish kabi tamoyillar belgilab berilgan.
2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yan- gi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 70-maqsadida yosh oilalarni qoʻllab-quvvat- lash 71-maqsadida oila, ta’lim muassasalari
va mahallada tarbiyaning uzviyligini taʼminlash kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan.
Oilaning jamiyat taraqqiyotdagi o‘rni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida ko‘plab qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinmoqda.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi farmonida mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlarning sog‘lig‘ini saqlash, ularni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash kabi masalalarni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida taʼkidlanganidek, oila, onalik, otalik va bolalik ham davlat himoyasidadir. Zero, onalik va otalik izzat-ikromga hamda hurmatga sazovordir. Avloddan avlodga oʻtib kelayotgan qadriyatlar asosida ota-onani hurmat qilish, ularga mehr-oqibatli, gʻamxoʻr boʻlish kabi fazilatlar har bir insonning oldida turgan majburiyat hisoblanadi. Ona va bola
manfaatlarini muhofaza qilish ayollarning

mehnati va sogʻligʻini saqlash, mehnat jarayonida ayollarga sharoit yaratish, onalik va bolalikni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan taʼminlanadi.
Davlat koʻp bolali oilalarga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar beradi. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan “Ayollar daftari” bilan ishlash elektron tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizim yordamida ijtimoiy-himoyaga muhtoj xotin-qizning “Ayollar daftari”ga kiritish haqidagi murojaati qabul qilinadi va ushbu murojaatni koʻrib chiqish natijalari beriladi. Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatiladigan yordam turlari hamda “Ayollar daftari” orqali yordam koʻrsatilayotgan xotin-qizlar roʻyxatga olinadi.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə