Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə36/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Yodda tuting


Oila qon-qarindoshlik, birga istiqo- mat qilish orqali bogʻlangan, bir-biriga nisbatan vujudga keladigan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir.


41

Jamiyat oilaning tinchligi, osoyishtaligi, bolalarning sog‘lomligidan manfaatdor. Jamiyat va davlat oilaning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va or-nomusini himoya qiladi, oila uchun kerakli sharoitlarni yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir” degan me’yorning belgilanishi oila jamiyat bilan uzviy bog‘liq ekanidan dalolat beradi. Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam bo‘ladi, jamiyat mustahkam ekan – mamlakatimizda tinchlik, farovonlik, to‘kinlik barqarordir. Chunki oila butun bir jamiyatning kichik ko‘rinishidir. Jamiyat esa oilalar birlashuvidan tashkil topadi. Oilada muayyan turmush tarzi shakllanib, hayotiy tajriba orttirilib borishi, farzandlarning odobli, ma’naviy yetuk bo‘lib kamol topishida keksa avlod vakillari hamda ota-onaning roli katta. Chunki katta avlod vakillari bo‘lgan buvi va bobolar o‘zlarining o‘gitlari, nasihatlari asosida kichik avlodga umuminsoniy qadriyatlarni singdirib, ularni jamiyat uchun barkamol inson qilib yetkazadi. Oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud qoidalar bilan belgilanadi
va ular ta’sirida o‘zgarib boradi.
Oila nafaqat davlat tomonidan, balki xalqaro miqyosda ham muhofaza qilinadi. Bir- lashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 15-mayni Xalqaro oila kuni (International Day of Families) deb belgilagan. 1994-yilning 15-mayidan butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham Xalqaro oila kuni keng nishonlab kelinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab- quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oilani mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalarga beriladigan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi va uni 15-may – Xalqaro oila kunida topshirish tartibi belgilandi.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə