Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə30/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Mustaqil ish uchun topshiriq



  1. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligiga erishish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish uchun ta’lim muassasalarida (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim) mobil telefonlardan foydalanish cheklangan. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2012-yildagi 139-son qarori mavjud bo‘lib, unga “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ilova qilingan. Mazkur Nizom bilan tanishib chiqing va unda belgilangan qoidalarni sinfdoshlaringiz bilan muhokama qiling.

  2. 10-sinf oʻquvchilari K. va S. sinfxonada, dars jarayonida bildirmasdan oʻqituv- chilari va sinfdosh qizlarini rasmga olib, telegram guruhlarda masxaralab tarqatishdi. Bu vaziyatda oʻqituvchi va oʻquvchi qizlarning qanday huquqlari poymol etildi? K. va S.ning bu harakatlarini huquqbuzarlik sifatida baholash mumkinmi? Ularga qanday chora ko‘riladi? K. va S.ning bu qilmishiga kim javobgar? Ushbu savollarga yuqoridagi Nizomga asoslangan holda javob bering.



33
@edurtm_uz

  1. DARS. INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILUVCHI ORGANLAR



Xalq davlat idoralariga emas,
davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev


Siz bilib olasiz

Inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat organlari tizimi. Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarning ahamiyati.


Inson huquqlarini himoya qilishda nodavlat tashkilotlarning oʻrni.


INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BOʻYICHA DAVLAT
ORGANLARI TIZIMI

Mamlakatimizda inson huquqlarining himoyasi bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari, milliy institutlar va nodavlat tashkilotlardan iborat tizim shakllangan. Ayrim adabiyotlarda ular “inson huquqlari bo‘yicha sudlov va nosudlov organlari” deb ham ataladi.


Inson huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari tizimida sud, prokuratura, ichki ishlar, adliya organlari muhim o‘ringa ega.
Sud organlari inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmining eng muhim qismi hisoblanadi. Chunki aynan sudlov tizimi shaxsning buzilgan huquqlarini tiklagan holda jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlaydi.
Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.
Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ularning mansab- dor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi kafolatlanadi.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə