Davlat va huquq asoslari


Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga oid –



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə27/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga oid – mulk huquqi, erkin kasb tanlash va mehnat qilish huquqi, ta’lim olish huquqi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi va boshqa huquqlarga oid qonunchilik hujjatlari (masalan, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonun).

  • Madaniy huquqlar – ijodiy faoliyat erkinligi, madaniy meros boyliklarini himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlari (masalan, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonun).

  • Ekologik huquqlar qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquq, atrof-muhitning holati haqida ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqi, ekologik huquqbuzarlik natijasida shaxsning salomatligiga yetkazilgan zararni undirish huquqi va atrof-muhitni asrash bilan bog‘liq boshqa qonunchilik hujjatlari (masalan, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun).

  • Inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar – Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlariga oid ikki va ko‘p tomonlama shartnomalari.



    INSON HUQUQLARI BOʻYICHA XALQARO MEZONLARNING MILLIY QONUNCHILIKDA AKS ETISHI

    Yuqorida ta’kidlanganidek, milliy qonunchilik jahon hamjamiyati tomonidan ishlab chiqilgan va davlatlar tomonidan tan olingan xalqaro huquqiy standartlarga asoslanadi.


    30
    @edurtm_uz

    Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar (mezonlar) xalqaro hujjatlarda mus- tahkamlangan va inson huquqlariga oid minimal talablarni ko‘zda tutuvchi qoidalar bo‘lib, davlatlar ushbu qoidalarni implementatsiya qilish orqali milliy huquq tizimining tarkibiy qismiga aylantiradi.
    Agar xalqaro huquqiy majburiyatlar davlat miqyosida milliy qonunchilikka tatbiq etilmasa, tegishli shartnomalar qoidalari falaj holatda qolib, ularni hayotga joriy qilish imkonsiz va samarasiz bo‘lib qolaveradi.
    Har bir davlatning milliy qonunchilik tizimi mamlakatda shakllangan an’anaviy huquqiy qoidalar bilan birgalikda xalqaro huquqiy standartlar talablari bilan uyg‘unlashsagina, samarali, adolatli va insonparvar xususiyat kasb etishi mumkin.
    Masalan, Xalqaro mehnat tashkilotining Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi 138-son konvensiyasida bolalarning mehnat qilishi yoki yollanib ishlashiga ruxsat etilgan eng kichik yosh majburiy maktab ta’limini tugallash uchun zarur bo‘lgan yoshdan kam bo‘lmasligi kerakligi va har qanday holda o‘n besh yoshdan kichik bo‘lmasligi zarurligi belgilangan. Oʻzbekiston ushbu Konvensiyani 2008-yilda ratifikatsiya qilgan. Ushbu xalqaro majburiyat Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining qoidalarida o‘z aksini topgan va hozirgi vaqtda ishga qabul qilish uchun o‘n olti yoshdan (ayrim talablarga rioya qilingan holda o‘n besh yoshga to‘lgandan keyin) ruxsat berilishi belgilangan.
    Mazkur holatda ham mamlakatimiz xalqaro hujjatlarga asosan olgan majburiyatidan kelib chiqib, shuningdek, bolaning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan shartlar asosida adolatli va insonparvar qoidalarni joriy qilgan.

    1


    Yüklə 14,75 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə