Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə19/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

HUQUQ USTUVORLIGI
Barcha odamlar quyidagi tamoyillarga rioya qilgan holda adolatli qonunlar bilan boshqarilishi kerak:


10
Qonunning ochiq e’lon qilinishi va undan foydalanish imkoniyatining mavjudligi

9
Qonun va uning ijrosi ochiq va erkin tanqid qilinadi
Aybsizlik prezumpsiyasi

1
Ochiq, mustaqil
2 va xolis sud tizimi



8
Odamlar faqat qonunga muvofiq jazolanishi mumkin
Hech kim huquqdan ustun emas
Orqaga qaytish kuchiga ega hech qanday qonun qabul qilinmasligi kerak


3

7
Qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatlari bo‘linishi

6
Adolatli va tezkor ko‘riladigan sud muhokamalari
Qonunlar xalq tomonidan ochiq va oshkora qabul qilinadi

4

5
Davlat organlari o‘zlarini sud protsessining namunali ishtirokchilari sifatida tutishi lozim

Huquq ustuvorligini xabardor va faol fuqarolar qo‘llab-quvvatlashi kerak.


22
@edurtm_uz

HUQUQ USTUVORLIGI INSON HUQUQLARINI TAʼMINLASHNING GAROVI
Jamiyatda inson huquqlarining himoyasi ta’minlanmasa, huquq ustuvorligini ta’minlash imkonsiz, inson huquqlarini samarali himoya qilishni huquq ustuvorligisiz ta’minlab bo‘l- maydi. Huquq ustuvorligi inson huquqlari tamoyilini hayotga joriy qilishga ko‘maklashuvchi mexanizmdir. Inson huquq va erkinliklari qonunlar vositasida hayotga joriy etiladi, aslida qonunlarning pirovard maqsadi ham inson, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishdan iborat. Huquq ustuvorligini ta’minlash iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni milliy konstitutsiyalar, qonunlar va qoidalarda mustahkamlash bo‘yicha ishlarning ajralmas elementi hisoblanadi. Agar huquqlar qonun bilan muhofaza qilinsa yoki boshqa huquqiy himoya vositalari bilan ta’minlansa, huquq ustuvorligi bunday huquqlarga rioya qilinmayotgan hollarda huquqiy yordam vositalarini taqdim qiladi.
Huquq ustuvorligi va inson huquqlari insonning munosib sharoitlarda yashash erkinligi tamoyilining ikki jihatini aks ettiradi. Shunga ko‘ra, huquq ustuvorligi va inson huquqlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlik davlatlar tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinayotgandayoq tan olingan bo‘lib, mazkur hujjatda “inson oxirgi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isyon ko‘tarishga majbur bo‘lishining oldini olish maqsadida inson huquqlari qonun kuchi bilan himoya etilishi zarur” ekanligi qayd etilgan.
O‘zbekistonda huquq ustuvorligini ta’minlash, xususan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, davlat xizmatlaridan foydalanish sifatini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimidagi o‘zgarishlar birinchi navbatda inson huquqlarini himoya qilishda sifat o‘zgarishlariga erishishga yo‘naltirilgandir.
Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project) e’lon qilgan Huquq ustuvorligi indek- sining 2021-yilgi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu indeksda 14 pog‘onaga ko‘tarilib, eng yaxshi natija ko‘rsatgan mamlakatdan biriga aylandi.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə