Davr harajatlari hisobi


Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi



Yüklə 307,23 Kb.
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü307,23 Kb.
#142773
1   2   3   4   5
Презентация1

Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.


9410-«Sotish xarajatlari»; 9420-«Ma’muriy xarajatlar»; 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»; 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari». Hisobchilikning jurnal order shaklida sotish bo’yicha xarajatlarning analitik hisobi 15-sonli qaydnomada yuqorida keltirilgan alohida xarajatlar kesimida keltiriladi. Davr xarajatlarining debet oborotlari jami №1, 2, 7, 10/1-jurnal orderlarda aks ettirilsa, kredit bo’yicha oborotlari esa №11-jurnal-orderida aks ettiriladi. Korxonalar ishini olib borish, uyushtirish va boshqarish tegishli xarajatlarni talab qiladi. Har bir korxona bunday xarajatlarni qoplash uchun tegishli ajratmalar qiladi va bu ajratmalar 9420-«Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlar» schyotida hisobga olinadi.
Schyotlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
Yuqoridagi keltirib o’tilgan xarajatlar 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida hisobga olinadi. Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari 9440-«schyotida hisobot davrida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, ammo ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlarni rejalashtirilgan samaraga erishilgan holda, kelgusi hisobot davrlarida soliqqa tortiladigan bazadan kamaytiriladigan xarajatlar hisobga olinadi. Hisobot davri oxirida 9440-schyotning debetida yig’ilgan xarajatlar 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o’tkaziladi. 9440-schyotning debetida hisobga olingan xarajatlar balansdan tashqari 010-«Vaqtli tafovutlar bo’yicha xarajatlar» schyotida yig’ib boriladi. Sodir bo’lgan muomalalar summasiga 9440-schyotning debeti bilan birga, 010-schyotda ham yozib boriladi. 010-schyotning chiqimiga hisobga olingan xarajatlar bu tadbir uchun sarflangan xarajat va undan olinadigan samara muddatiga qarab, tuzilgan maxsus komissiya raschyotiga asosan hisobdan chiqarilganda yoziladi. Sotish, ma’muriy, boshqa operatsion xarajatlar va kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari tarkiba «Mahsulot, ish, xizmatlarni sotish va moliyaviy natijalar to’g’risidagi Nizom»da batavsil keltirilgan. Davr xarajatlari buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan hisobga olinadi: 1. Mahsulotni sotish bilan bog’liq transport xarajatlari:
Debet 9410-«Sotish xarajatlari» Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar» 2. Reklama va marketing xarajatlari: Debet 9410-«Sotish xarajatlari» Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» 3. Boshqaruv xodimlariga hisoblangan ish haqi: Debet 9420-«Ma’muriy xarajatlar» Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» 4. Umumma’muriy ahamiyatdagi asosiy vositalarga hisoblangan eskirish: Debet 9420-«Sotish xarajatlari» Kredit 0200-«Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» schyotining ikkinchi tartibli sintetik schyotlari bo’yicha 5. Auditorlik xizmatiga to’lovlar: Debet 9430-«boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar» 6. Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi bo’yicha ko’rilgan zarar: Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 9210-«Asosiy vositalarni chiqib ketishi» 7. Soliq idoralariga hisoblangan jarima: Debet 9430-« Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» 8. Hisobot davri oxirida davr xarajatlarining yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazilishi: Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar» Kredit 9400-«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar»
Yüklə 307,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə