Davr harajatlari hisobi



Yüklə 307,23 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü307,23 Kb.
#142773
  1   2   3   4   5
Презентация1


Davr harajatlari hisobi
Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog’liq xarajatlar, shuningdek umumxo’jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo’yicha xarajatlar ham kiradi

Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog’liq bo’lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog’liq bo’lmagani, va aksincha, vaqt bilan, xo’jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog’liq bo’lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.

  • Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog’liq bo’lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog’liq bo’lmagani, va aksincha, vaqt bilan, xo’jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog’liq bo’lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.

«Davr xarajatlari»ga quyidagi xarajatlar kiradi:
Tovarlarni temir yo’l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to’langan jarimalar kiritiladi. 1 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish bo’yicha xarajatlari, shu jumladan: 1.2. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog’liq mehnatga haq to’lash xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari. 1,3 Ijtimoiy sug’urtaga xarajatlar. 1.4 Savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari. 1,5Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.

Inventarlar va xo’jalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish xarajatlari hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash (ta’mirlash, yuvish, tuzatish, dezinfektsiya qilish va h. k.) bilan bog’liq boshqa xarajatlar.


Gaz, yoqilg’i, elektr energiyasi xarajatlari. Tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari. 1 Savdo reklamasi xarajatlari. 2 Tashish, saqlash va sotish chog’ida tovarlarning yo’qotilishi. 3 O’rash-joylash materiallari xarajatlari. 4 Mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug’urta qilish xarajatlari. 5 Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari. 6 Ventilyatsiya mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o’rnatish va saqlash, 7tuynuklar, o’yiqlar va boshqalarning atrofini o’rash bo’yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar. 8 Umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko’rikdan o’tkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga haq to’lash. 9 Kassa xo’jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari. 10 Umumiy ovqatlanish korxonalarida qog’oz salfetkalar, qog’oz dasturxonlar, qog’oz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati. Sotish bozorlarini o’rganish bo’yicha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar). Yuqorida sanab o’tilmagan sotish bo’yicha boshqa xarajatlar.

Yüklə 307,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə