Davronov mahmudning iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan


Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari



Yüklə 377,44 Kb.
səhifə4/4
tarix17.02.2023
ölçüsü377,44 Kb.
#101020
1   2   3   4
1424878530 60168

Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari
Bozor tushunchasi bu iqtisodiy kategoriya bo’lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. “Bozor” va “bozor iqtisodiyoti” tushunchalari bir-biridan farq qiladi.
Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyotiga shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi atijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo’ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor takror ishlab chiqarishning bitta fazasini, ya‘ni ayirboshlash fazasini o’z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyoti esa barcha fazalarni - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste‘mol jarayonlarini ham o’z ichiga oladi:
Bozorning asosiy belgilari:
sotuvchi va xaridorning o’zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyili asosidagi ayirboshlash;
sotuvchilarning xarajatlarni qoplashi;
foyda olish va pul to’loviga qodir bo’lish;
raqobatchilik muhitini yaratishdir.
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
Bozor talab bilan taklifni moslashtirsa muvozanat hosil bo’ladi va aksincha bo’ladi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste‘molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Iste‘molchi bilan sotuvchi bozor ishlab chiqarish orqali bog’laydi. Ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. Talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi.
Yüklə 377,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə