Deb nomlangan kimyo kechasining ssenariysi



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə3/7
tarix12.02.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#83711
1   2   3   4   5   6   7
Davriy jadval 150 yoshda kimyo kechasi

1-boshlovchi: Shartli ravishda, davriy sistemani “Mendeleyev uyi” deb, elementlarni esa bu uyning “fuqorolari” deb ataymiz. Endi “Mendeleev uyi” va uning “fuqorolari” haqidagi quyidagi she’rni e’tiboringizga havola qilamiz:
MENDELEYEV UYI” HAQIDA

Ushbu bino Mendeleyev –

Tarhi - la bo‘ldi barpo,

Ming sakkiz yuz oltmish to‘qqiz –

Nomerli uy bo‘ldi paydo.
Etti qavat, sakkiz podezd,

Yuz o‘n sakkiz xona bor,

Xonalarning egalari

Yashar yakka, xona tor.


Umrbod shu xona ichra –

Turishga erur mahkum.

Ko‘ngil so‘rab ular boshqa –

Xonaga o‘tmas hech ham.


Yashamayman, deb bosh olib –

Ketishning yo‘q imkoni,

Binodagi qavatlarda,

Tengmas xonalar soni.

Ba’zi bir xonalar bo‘sh,

Yo‘qdir ichida “joni”.


Qavatlarda yashovchilar,

Tabiatan har xildir,

Qavatlarni almashtirish –

Juda ham nomaqbuldur.


Qavatlarda yashovchilar –

Soni hech ham bir xilmas.

Birda - ikki, ettinchida -

O‘ttiz ikki – hech jilmas.


Ikki-uchda sakkiztadan,

To‘rtu beshda – o‘n sakkiz,

Oltida ham etti kabi,

O‘ttiz ikkidir, shaksiz,

Lekin ettinchi qavatda,

Yigirma bir oila bor,

Qolgan o‘n bir xona esa –

Egasin kutadi zor.


Ellik etti xona, hamda

Sakson to‘qqiz xonadon –

Qardoshlari anchayin ko‘p,

Torlik qilar bunda joy.


Shu sababli, bu qardoshlar

Dala-hovlida yashar.

O‘z holicha bu qardoshlar –

“Mahallaga”ga yarashar.


Ushbu uyning “odamlar”i –

Hulq bo‘yicha – ko‘p turli,

Ba’zilari – havo kab,

Ba’zilari – zalvorli.


Ba’zilari – o‘ta hushfe’l,

Hech qachon toq turmaydi

Ba’zilari – o‘ta badfe’l,

Hech kimni yoqtirmaydi.


Ba’zilari – tajovuzkor,

Duch kelganni yemirar.

Ba’zilari – juda hamkor,

Undan ko‘plar semirar.


Ko‘p qo‘shnilar qo‘l ushlashsa –

Basharga naf kattadir.

Ba’zilari qo‘l tutishsa –

Basharga havf kattadir.


Xullas har bir “fuqaro”ning,

Bordir sir – sinoati,

Suhbat qurmoq bo‘lsang agar

O‘rgan ularning odatin.


Bu binoning “odamlarin” –

To‘la o‘rgansak agar,

Bashar juda olg‘a ketgay,

Hayot bo‘lgay jilvagar.



Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə