Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “aniq va tabiiy” fanlar fakulteti “matematika va fizika” kafedrasi fizika yo’nalishi



Yüklə 6,44 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü6,44 Kb.
#161894
Elif Muminova

Amaliyot hisobotI

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI “ANIQ VA TABIIY” FANLAR FAKULTETI “MATEMATIKA VA FIZIKA” KAFEDRASI FIZIKA YO’NALISHI

(22.05.2023 dan 17.06.2023 gacha)

Normurodova aqidaning

HISOBOTI.

Amaliyot rejasi:

  • 1.Kirish.
  • 2.Denov tumani maktabgacha va maktab ta`lim bo`limi. Inson resurslarini boshqarish shubasi bilan tanishish.
  • 3. Tashkilotda ish yuritishda ishtirok etish va natija olish.
  • 4.Xulosa.

Denov tumani maktabgacha va maktab ta`lim bo`limi

Kirish

  • 5140200-Fizika ta’lim yo‘nalishi bakalavr bosqichi o‘quv reja asosida ishlab chiqarish amaliyotga chiqdik. 6-semestr 22.05.2023. dan 17.06.2023 gacha ishlab chiqarish amaliyotini o‘tadik.
  • 5140200-Fizika ta’lim yo‘nalishi malaka talabiga asosan, ushbu yo‘nalishni bitiruvchi talabalar ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishi, korxona va tashkilotlarda fizik mutaxassis lavozimida ishlashi, umumta’lim, kasb-hunar ta’lim va texnikumlarda fizika o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.

Amaliyot jarayonlari

  • Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish haqida hujjat yuritishni amalda o’zlashtirdik.
  • Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi. ✅Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Ish beruvchining buyrug‘ida mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari ushbu Kodeksning 87, 89, 97, 100, 105, 106-moddalari ta’rifiga yoki mehnat shartnomasini bekor qilishning qo‘shimcha asoslarini nazarda tutuvchi boshqa normativ hujjatlar ta’rifiga to‘la muvofiq holda yozilib, Kodeksning yoxud boshqa normativ hujjatlarning tegishli moddasi (bandi) dalil qilib ko‘rsatiladi. ✅Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan uning kasalligi, nogironligi, yoshga doir pensiyaga chiqishi, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurti yoxud tayanch doktoranturaga yoki doktoranturaga qabul qilinishi va qonunchilikka ko‘ra muayyan imtiyozlar va afzalliklar beriladigan boshqa sabablar tufayli bekor qilinganda mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqda shu sabablar ko‘rsatiladi.

22.05.2023


Shartnoma hujjatlari va kundalik asosida amaliyot hududiga tashrif uyushtirildi.
Amaliyot hududida rahbarlar va ish jarayoni haqida qisqacha ma ‘lumot olindi.
Tashkilot ichki tartib qoidalari bilan tanishildi .
22.05.2023

Ichki mehnat-tartib qoidalari

Amaliyotning dastlabki kunlarida ichki qonun qoidalar bilan tanishib chiqdik va bizdan ushbu qoidalarga amal qilishimiz kerakligi aytildi.

  • Ichki mehnat tartibi qoidalari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qilish va xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi, mehnat shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ish rejimi, dam olish vaqti, xodimlarga nisbatan qoʻllaniladigan imtiyozlar va jazo choralari, shuningdek ushbu ish beruvchida mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa masalalarni tartibga soluvchi ichki hujjatdir.

23.05.2023


Tashkilot ish tartibi va bo‘linma tuzilishi bilan tanishuv;
Texnika xavfsizligi va mehnat muvozanati borasida ma‘lumot olindi.
Tashkilotda hujjat yuritish haqida tegishli
ko‘nikmalar hosil qilindi ;

Amaliyot davomida


Bo‘limlar soni :13
Xodimlar soni :86

24/25.05.2023


2022-2023 –yil bitiruvchilarni rag‘batlantirish chora tadbirlari borasida tegishli hujjatlar bilan ishlar olib borildi .
Amaliyotning bu bosqichida biz asosan ushbu o‘quv yilidagi bitiruvchilar soni haqida ma’lumot to’pladik. Va maktablarda bitiruvchilar bilan suhbatlar tashkil etishda ishtirok ettik.Statistik axborotlar bilan cheklanib qolmay , o ‘quvchilar bilan maktab muhitida davra suhbatlari o’tkazdik.
Qonunlar bilan tanishuv
1997 -yil 11- martdagi 133- son buyruq
Ta’limga oid huquqiy hujjatlar bilan tanishildi
2020 – yil 28- may 136 –son buyrug‘i
26/29.05.2023

Xulosa

Ushbu amaliyot haqida qisqacha xulosa va natijalarga to’xtaladigan bo’lsak , bu jarayonda asosan hujjat yuritish ishlari , jamoa bilan ishlash va turli sohaga oid zarur bilimlarni o’zlashtirdik.Tashkilot va undagi xodimlar , xodimlarga yuklatilgan vazifalar , mehnat faoliyatida qonuniy hujjatlar bilan ishlash haqida amaliy ko’nikmalar hosil qildik. Bundan tashqari , bu jarayonda soha bilimlaridan tashqari , kompyuter savodxonligi , davlat tilida ish yuritish ko’nikmalari , hujjatlarni rasmiylashtirish , turli statistika ma’lumotlarini to’plash haqida o;rgandik.

E’tiboringiz uchun rahmat !!!


Yüklə 6,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə