Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti



Yüklə 158,86 Kb.
səhifə9/18
tarix22.03.2024
ölçüsü158,86 Kb.
#181183
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Asosiy makroiqtisodiy ko\'rsatkichlar\'\' kurs ishi Jo\'rayev Ergash

(M/R) = f (R, Y)
Bu yerda:
f (R, Y) -funksiyasi pulga talab miqdorini bildiradi.
Bu tenglama ko‘rsatayaptiki, pulga bo‘lgan talab miqdori foiz stavkasi funksiyasini anglatadi. Keyingi grafikda foiz stavkasi va real pul zaxiralari miqdoriga talab teskari bog‘liqlikka ega. CHunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab miqdorining kamayishini ko‘rsatadi.





4 www.stat.uz - O‗zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‗mitasining sayti; O‗zbеkiston Rеspublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati. // O‗zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‗mitasining nashri, 2019 yil yanvar-dеkabr. Toshkеnt – 2020.

4-chizma. Real pul zaxiralariga talab
Insonlar pulni saqlashadi, chunki pul tez almashtirish xususiyatiga ega. Tez (pulga) aylana olish afzalligi nazariyasi ko‘rsatadiki pulga bo‘lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog‘liq. SHuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini pul shaklida kamrok ushlab turishga harakat qiladi.
Foiz stavkasi tengligiga ega bo‘lish uchun pulga talab va taklif egri chiziqlarini birlashtiramiz
Tez (pulga) aylana olish afzalligi nazariyasiga mos ravishda foiz stavkasining o‘zgarishi pul bozorida muvozanatga olib keladi. Foiz stavkasining muvozanat nuqtasida pul vositalari zaxirasiga talab miqdori taklif miqdoriga teng. Tez (pulga) aylana olish afzalligi nazariyasi, Ya’ni pul taklifining kamayishi foiz stavkasini oshiradi, pul taklifining ko‘payishi esa foiz stavkasini kamaytirishdan kelib chiqqan.
Endi tez (pulga) aylana olish afzalligi nazariyasini LM egri chizig‘ini tashkil qilishda foydalanamiz. Muvozanat foiz stavkasi - pul talabi va taklifini tenglashtiradigan foiz stavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni LM egri chizig‘i ifodalaydi.



5-chizma.Tez (pulga) aylanishi afzalligi nazariyasi

SHungacha faqat foiz stavkasi real pul zaxiralariga bo‘lgan talab miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi, deb hisobladik. YAnada aniqroq aytadigan bo‘lsak, pul talabi miqdoriga daromadlar darajasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Daromadlar yuqori bo‘lsa, xarajatlar ham ko‘p bo‘ladi. SHuning uchun odamlar ko‘proq ishlarni amalga oshirishga harakat qilishadi. Bu esa o‘z navbatida ko‘proq pulni talab kiladi. SHunday qilib, daromadlar darajasining yuqoriroq bo‘lishi pul talabini oshiradi. Boshqacha aytganimizda, daromad va pulga talab o‘rtasida to‘g‘ri aloqa mavjud.


Pul bozori holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bunday o‘zaro munosabatlar yig‘indisining grafigi (5-chizma)qo‘yidagicha bo‘ladi
A qismidan ko‘rinib turibdiki,pulga bo‘lgan talab, foiz stavkasi shuningdek, daromadlar ko‘payishi natijasida ham oshadi. Bu xolda Md1 yuqori surilib, Md2 holatini egallaydi va unda muvozanatli foiz stavkasi ham o‘sib, R1 holatidan R2 holatigacha ko‘tariladi.
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi ―O’zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish boэyicha harakatlar stratеgiyasi toэgэrisida‖gi, PF-4947-sonli Farmoni, 1-ilova 3.1-band
SHunday qilib, yuqoriroq daromad yuqoriroq foiz stavkasiga olib keladi va buni LM egri chizig‘i aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi va daromad o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rgazmali tarzda ifodalaydi. Daromad darajasi qancha baland bo‘lsa, pulga bo‘lgan talab shuncha yuqori va shunga muvofiq muvozanatli foiz stavkasi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki, IS chizig‘i ham o‘zida ikki o‘zgaruvchi, Ya’ni, foiz stavkasi va daromadning mumkin bo‘lgan turli xil o‘zaro bog‘liqliklarini aks ettiradi


Yüklə 158,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə