Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti


bob. Pul-kredit siyosati va tushunchasi uning funksiyalari



Yüklə 158,86 Kb.
səhifə11/18
tarix22.03.2024
ölçüsü158,86 Kb.
#181183
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Asosiy makroiqtisodiy ko\'rsatkichlar\'\' kurs ishi Jo\'rayev Ergash

2 bob.
Pul-kredit siyosati va tushunchasi uning funksiyalari

Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishga monopol xuquqiga ega. SHuning uchun u butun pul massasi miqdorini tartibga solib turadi. Uni amalga oshirish xuquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida, pul taklifini ko‘paytirishga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar byerish, to‘lov vositalari emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti qo‘shimcha 2000 ga o‘sgan bo‘lsa, rezyerv normasi 20%ga teng bo‘lganda (rezyerv normasi - bu rezyervlarning depozitlarga nisbati) u 400 so‘mni o‘zida qoldirib qolgan 1600 so‘mni qarzga byeradi. SHunday qilib A bank pul taklifini 1600 ga ko‘paytiradi va u endi 2000 + 1600 =3600 ni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 dan tashqari yana 1600 qarz oluvchilarning qo‘llarida qoladi. Agar 1600 so‘m yana bankga tushsa (masalan B bankga) unda 20%ni teng bo‘lgan rezyerv normasida u 320 ni rezyervda qoldirib, 1280 ni kreditga byeradi. Hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi.


Kredit berishning bu jarayoni so‘ngi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi va pirovard natijada jami pul taklifi quyidagicha aniqlanadi:
Dastlabki omonat = 2000
A bankning ssudasi = (1-0,2) x 2000 = 1600
B bankning ssudasi=(1-0,2) x (1-0,2)=2000=(1-0,2)*x2000=1280 va x.k.
Jami pul taklifi teng bo‘ladi
(2000+(1-0,2)x2000+(1-0,2)*x2000+...)=X1+(1-0,2)+(1-0,2)* +...) x2000= 1/1-(10,2)x2000 = 1/0,2x2000. (*-kvadratni bildiradi).
Bu ifodani quyidagi formula ko‘rinishida yozish mumkin:
M = (1 / r ) x D;
Bunda - M- hajmi pul taklifi. r - bank rezyervlar normasi. D - dastlabki omonat.
Keltirilgan formuladan ko‘rinib turibdiki, pul taklifi 1/r koeffitsentiga bog‘liq bo‘lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori deb ataladi. U ushbu bank rezyervlar normasida ortiqcha rezyervlarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo‘lgan yangi kredit pullarining eng ko‘p miqdorini bildiradi.
Kredit - qaytarib byerish sharti bilan ma’lum muddatga qarz byerish ma’nosini byeradi. Qarzga mablag‘ byeruvchi tomon kreditor, ya’ni, kredit byeruvchi, ssuda oluvchi tomon esa qarzdor, ya’ni kredit oluvchi debitor hisoblanadi.



Yüklə 158,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə