Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti


Bank kreditlarining asosiy qoidalari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi



Yüklə 158,86 Kb.
səhifə12/18
tarix22.03.2024
ölçüsü158,86 Kb.
#181183
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Asosiy makroiqtisodiy ko\'rsatkichlar\'\' kurs ishi Jo\'rayev Ergash

Bank kreditlarining asosiy qoidalari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:

- muddatlilik;

- aniq maqsadga yo‘naltirilganlik;

- foizlilik;

- qaytarib byerishlilik;

- moddiy ta’minlanganlik va boshqalar;

Kredit uzoq va qisqa muddatli bo‘ladi. Qisqa muddatli kredit korxona va tashkilotlarning aylanma fondlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Uzoq muddatlikredit esa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlariga kapital mablag‘lar ajratish manbai bo‘lib hisoblanadi.

Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishda ma’lum dastaklardan foydalanadi va shular orqali pul taklifini o‘zgartirib pul kredit muomalasini tartibga solib turadi:

1. Hisob stavkasini aniqlash;

2. Majburiy rezyervlar normasini belgilash;

3.Ochiq bozordagi opyeratsiyalarni amalga oshirish;

Hisob stavkasi - deb markaziy bank tomonidan banklarga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko‘zda tutilmagan zarurat tug‘ilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam bo‘lgan hollardagina oladilar. Hisob stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida markaziy bankdan qo‘shimcha rezervlarni olish imkoniyatlari kengayadi. O‘z navbatida bu tijorat banklarini rezervlardan yangi kreditlar byerish bilan pul taklifini ko‘paytiradi. Yana shunday hollar mavjudki, markaziy bank hisob stavkasini ko‘tara borib, tijorat banklari tomonidan qo‘shimcha rezervlarni olish yo‘lidagi to‘siqlarni biroz ko‘targanday bo‘ladi va kreditlar berish bo‘yicha ularning faoliyatini pasaytiradi. Ya’ni, shu yo‘l bilan pul taklifini cheklaydi.

Majburiy rezervlar - bu kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar tomonidan o‘z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo‘ladi. Markaziy bank tijorat banklarini ushlab turishga majbur bo‘lgan rezervlarning eng quyi normasini o‘rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor qanchalik yuqori bo‘lsa, ortiqcha rezervlar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit byerish qobiliyati past bo‘ladi.


Yüklə 158,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə