Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti



Yüklə 158,86 Kb.
səhifə13/18
tarix22.03.2024
ölçüsü158,86 Kb.
#181183
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Asosiy makroiqtisodiy ko\'rsatkichlar\'\' kurs ishi Jo\'rayev Ergash

Ochiq bozordagi operatsiyalar - markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatBaho qog‘ozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib olish va ularga sotish. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki aholidan bu qimmat baho qog‘ozlarni sotib olar ekan shu bilan tijorat banklari rezyervlarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko‘paytiradi. Bu rezervlardan kredit byerib tijorat banklari pul taklifini kengaytiradi. Obligatsiyalarni sotish teskari natijaga olib keladi, ya’ni markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligitsiyalarni sotish bilan rezervlarni hamda tijorat banklarining kredit byerish qobiliyatini pasaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi.

«Pul» tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida barcha iqtisodiy fanlarning eng asosiy bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Pul tizimining to‘g‘ri faoliyati daromadlar va xarajatlarning doiraviy aylanishiga xayotiy kuch byeradi. Yaxshi ishlayotgan pul tizimi ishlab chiqarish quvvatlari va bandlikdan to‘liq foydalanish imkonini byeradi. Aksincha, yomon ishlayotgan pul tizimi iqtisodiyotdagi inqirozlarga, Ya’ni, ishsizlik, inflyasiya va shuningdek, boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi.

Pul – tovarlar ayirboshlashda umumiy teng qiymatlilik (ekvivalent) rolini bajaradi. Pullar maxsus xususiyatga - likvidlik (ya’ni, tez almashtirish) xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ham ideal vosita hisoblanadi. Har qanday buyumning likvidliligi uni sezilarsiz sarf-xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatini bildiradi. Ayirboshlash kengayishi bilan kredit pullar deb ataluvchi veksellar, banknotlar, cheklar, syertifikatlar, kredit kartochkalari va boshqa shunga o‘xshash qiymatliklarga ega bo‘lgan pullar paydo bo‘ladi.

Pul o‘z tabiatiga ko‘ra, uch xil xususiyatga ega, ya’ni, hamma narsaga ayirboshlanadigan muxim harid vositasi, boylik timsoli, mexnatning qiymat shaklidagi o‘lchov vositasi.

Pulning beshta vazifasi mavjud

1. Qiymat o‘lchovi.

2. Airboshlash vositasi.

3. Xazina to‘plash va jamg‘arish vositasi.


Yüklə 158,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə