Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81

buyumlarga bitilgan yozuvlarni o`kiy oladigan mutaxassis – manbashunos, arxeolog, 
etnograf  va  antropolog  olim,  adabiyotshunos  (folklorshunos),  tilshunos  va  geograf 
olimlar  birgalashib,  bir  ilmiy  jamoa  bo`lib  ishlashlari  zarur  bo`ladi.  Afsuski,  bizga 
shunday xamkorlik etishmay turibdi. Lekin bu ishni o`zbek olimlari echib berishlari 
kerak.  Paysalga  solmay  yakin  uch-to`rt  yil  ichida!  Vaxolanki,  muxtaram 
Prezidentimiz I.A.Karimov juda to`gri aytganlaridek, «Odamzod borki, avlod-ajdodi 
kimligini,  naslu  nasabini,  o`zi  tugilib  voyaga  etgan  kishlok,  shaxar,  xullaski, 
Vatanining tarixini bilishni istaydi». Demak, bu – xalk talabi, Vatan talabi. 
O`zbeklarning  xalk  bo`lib  shakllanishiga  oid  biron  aloxida  manba  yo`k.  Bu 
masalaga  oid  ma`lumotlar  tarixiy,  geografik,  lingvistik  va  xalk  ogzaki  adabiyotiga 
oid asarlarning barchasida mavjud. Lekin ularni sinchkovlik bilan bittalab terib olish 
kerak bo`ladi. Ularni Tabariy va arab geografiya olimlarining asarlarida, Nizomullin 
Shomiy  va  Sharafuddin  Ali  Yazdiyning  «Zafarnoma»sida,  Juvayniy  va 
Rashiduddinning  yukorida  tilga  olib  o`tilgan  asarlarida,  «Nusratnoma»  va 
«Abdullanoma»da va X-XVI asrda yozilgan barcha asarlarda uchratish mumkin. 
XV  asr  oxiri  va  XVI  asr  boshida  ikki  azim  daryo-Amudaryo  bilan  Sirdaryo 
oraligida joylashgan ko`xna mamlakatimizga ko`shni Dashti kipchokdan 20 dan ortik 
kavm; ko`ngirot, nayman, ming, do`rmon va boshka kavmlar ko`chib kelib, maxalliy 
turkiyzabon xalk  tarkibiga ko`shildilar.  «Tarixi  Abulxayrxoniy»,  «Abdullanoma»  va 
«Maktuboti  Allomiy»  (XVI  asr)  kitoblarida  keltirilgan  ma`lumotlarga  karaganda, 
o`zbek xalki tarkibiga kirgan kavmlar soni 92 tag etgan. Bu xakda ma`lumot beruvchi 
uchta-to`rtta asarni misol tarikasida tilga olib o`tamiz. 
«Tarixi  Abulxayrxoniy»  asarida  Bagdod  xalifaligining  sharkiy  kismida 
joylashgan mamlakatlar va Movarounnaxrning kadim zamonlardan to XV asrning 60-
yillarigacha  kechgan  tarixini  kiskacha  bayon  etadi.  Kitobning  so`nggi  kismi,  ya`ni 
Dashti kipchokda Abulxayrxon bosh bo`lgan kismi noyob xisoblanadi. 
«Tarixi  Abulxayrxoniy»  Shayboniy  Abdullatif  Sulton  (Samarkand  xoni,  1540-
1551  yy.)  xukmronligining  boshlarida  Shayboniy  Ko`chkunchixon  (1510-1530 
yy.)ning  sobik  kotibi  Mas`ud  ibn  Usmon  Kuxistoniy  tarafidan  yozilgan.  Asarda 
Abulxayrxon  davlatiga  asos  solgan  va  XVI  asr  boshida  Shayboniyxon  bilan  birga 
Movarounnaxrga  ko`chib  o`tgan  burkut,  do`rmon,  iyjon,  kenegas,  kiyot, 
ko`ngirot,kushchi,  kurlovut,  masit,  tuboyi,  uyshin,  koonboyli,  kudagay,  mangit, 
muluj, nayman, uygur, chimboy, korlik, yonkojar, nukuz, timat, tuman-ming, o`tarchi 
kavmlari xakida ma`lumotlarni uchratamiz. 
«Nasabnomayi o`zbek» bor-yo`gi ikki varakdan iborat kichik bir asar. Unda 92 
o`zbek  kavmining  ro`yxati  keltiriladi.  Ular  kuydagilar;  ming,  yuz,  kirk,  o`zbek,  o`n 
kajot,  jaloir,  saroy,  ko`ngirot,  olchin,  argin,  nayman,  kipchok,  chakmok,  azak, 
kalmok,  torlik,  tudak,  burlok,  samarchik,  kibcha,  kelachi,  kinakash,  buyrak,  urot, 
kiyot, xitoy, tunidi, o`zjulachi, koychi, o`taji, bo`lotchi, juyut, job, chilchut, buymaut, 
orlot, kerait, ungut, tangut, manbit, chilchuvit, mesit, markit, burkut, kurlas, o`kalan, 
kori,  arab,  ilochi,  juburgan,  tishlik,  keray,  turkman,  do`rmon,  tobin,  tama,  ramadan, 
ko`ytan, uyshin, badiyi, xofiz, kirgiz, mojor, ko`chalik, savron, baxrin, uyris, jubrot, 
biday,  tatar,  tabash,  michkor,  suldus,  tuboyi,  tilov,  kirdor,  baktiya,  karkin,  shirin, 
o`glon, kurlat(kurlavut), baglon, chinboy, chexilkas, uygur, agar, yobu, targil, turkan, 
koxat. 
«Asomiyi  navadu  du  firkayi  o`zbek»  («To`kson  ikki  o`zbek  firkasining 
nomlari»  to`rt  nafar  mustakil  asar  «Majma`  al-garoyib»,  «Solnomayi  xoja 


Abdulxakim  Termiziy»,  «Tarixchayi  Somiy»  va  nomi  anik  bo`lmagan  geo-
nosmografik  asar  bilan  bir  mukovada,  O`zR  VA  Sharkshunoslik  instituti  fondidagi 
1330  rakamli  kitob  tarkibida  mavjud.  Unda  Chingizxondan  to  Ashtarxoniy 
Abulfayzxon  (1711-1747  yy.)  davrigacha  kechgan  vlkealar  kiskacha  bayon  etiladi. 
«Solnomayi  Abulxakim  Termiziy»dan  keyin  «Asomiyi  navadu  du  firkayi  o`zbek» 
asari boshlanadi va o`zbek xalki tarkibiga kirgan 92 kavmning nomi keltiriladi. Ular 
kuyidagilardir; ming, yuz, kirk, o`ng, unkajot, jaloir, saroy, xitoy, kipchok, nayman, 
chakmok,  urmok,  tudak,  bo`ston,  samarchik,  kalmok,  korlik,  katagon,  orlot,  argin, 
barlos,  bo`ytay,  kenagas,  kelachi,  buyrak,  uyrot,  kiyot,  ko`ngurot,  kongli,  o`z, 
julovchi,  jusulovchi,  kaji  (xoji),  o`tarchi,  kirlovchi,  juyut  (jiyut),  jid,  chulchut 
(chulchut), buyozit (bayozit), uymovut, keray, baglon, longit, tangut, mangit, marki, 
burkut, modi kiyot, o`kalan, olchin, kori, garib, shibirgon, kishlik, turkman, do`rmon, 
tabai,  tam,  tobin,  ramadan,  miton,  uyshun,  bo`sa,  xaft,  kirgiz,  tatar,  bochkir,  suldus, 
kelovchi,  dujor,  jurot,  badayi,  o`glon,  kuryuvut,  chimboy,  mexdi,  chilkas,  uygur, 
farkon, nukus, kora tushlub, yobu, torgil, ko`xat, shuran, shirin, tama, baxrin, keray, 
taxtiyon, mugol, koyon. 
XVII asrda o`tgan shoir Turdi Farogiy xam o`zbeklar o`sha davrda 92 kavmdan 
iborat ekanligini aytadi. 
    
Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar. 
1. Markaziy Osieda yashagan xalqlar tug`risida nimani bilasizW  
2. Uzbek atamasining mazmunini aytib beringW  
3. Uzbek xalqi tarkibiga kirgan urug` va qavimlarW  
4. Uzbek xalqi shakllanishiga oid qaysi manbalarni bilasizW  
5. Uzbek xalqi deganda nimani tushunasizW 
 
15-mavzu. Biografik asarlar. 
Reja:  
1. Biografik  asarlar xususiyatlari.  
2. Biografik  asarlar tavsifi.  
3. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 
4. Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar. 
 
Asosiy tushunchalar: biografiya, muallif, tarjimai xol.  
 
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati.  
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001. 
3.  T.S.Saidkulov.  O`rta  Osiyo  xalklari  tarixining  tarixnavisligidan  lavxalar.-T., 
“O`kituvchi”. 1993.  
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.  
5.  Rukopisnaya  kniga  v  kul`turax  narodov  Vostoka.  Kniga  pervaya.-Moskva: 
‘’Nauka’’. 1987. 
6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. 
(Pismennie pamyatniki).-T.“Fan”, 1985. 
 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə