Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81

«Xusayniy»,  «Segox»  va  boshkalar)ning  tarixi  xakida  musikashunoslar  o`rtasida 
bo`lgan baxs xakida boradi. Unda Mutribiy xam faol katnashgan. 
«Muzakkiri  al-asxob»  («Do`stlarni  eslatuvchi  kitob»)  tazkirasining  muallifi 
XVII  asrda o`tgan  yirik  shoir va olim  Malexo  Samarkandiydir.  Bu  asarda  VII  asrda 
yashab ijod etgan 200 dan ortik movarounnaxrlik shoirlarning kiskacha tarjimai xoli 
va asarlaridan parchalar keltirilgan. Kitob 1682-1692 yillar orasida yozilgan. 
Malexo Samarkandiyning xakikiy ismi Muxammad Badi` ibn Muxammad Sharif 
Samarkandiy bo`lib, u 1641 yili Samarkandda o`kimishli fakix va o`ziga to`k oilada 
tavallud  topgan.  Otasi  Muxammad  Sharif  Samarkand  kozisi,  so`ng  muftiy 
maxkamasida 
xizmat 
kilgan. 
1670 
yili 
vafot 
etganida, 
uning 
boyligi 
Abdulazizixonning (1645-1680 yy.) amri bilan o`gli Muxammad Badi`ga koldirilgan. 
Bo`lgusi olimning xayoti kiyinchilik va muxtojliksiz, yaxshi kechgan. Shuning uchun 
xam u yaxshi o`kigan va ko`p erlarga sayoxat kilish imkoniga ega bo`lgan.  
Muxammad  Badi`  boshlangich  ma`lumotni  Samarkandda  olgan.  Ko`p  ilmlarni, 
fikx, falsafa, iloxiyot va mantikni otasidan, she`r ilmini kozi Lutfulloxdan madrasada 
olgan.  U  madrasada  tafsir,  astronomiya,  tarix  va  adabiyotni  xam  o`rgangan. 
«Xususan,-deb  yozadi  u  o`z  tazkirasida,-«Chagminiy  sharxi»  va  Ali  Kushchining 
forscha  risolasini  o`sha  mavlono  Lutfulloxdan  o`rganganman».  Malexo  11  yoshida 
she`r yoza boshlagan va ba`zi kiyin atamalarni izoxlay olgan. 
Olim  1670  yili,  otasi  vafotidan  keyin,  Eron  bo`ylab  sayoxat  kilgan  va  uch  yil 
mobaynida  mamlakatning  o`sha  vaktdagi  poytaxti  Isfaxon  va  katta  shaxarlari 
Nishopur,  Koshon,  Mashxad  va  boshka  shaxarlarida  bo`lgan,  o`sha  yillari  bo`lajak 
asar uchun ma`lumotlar to`plangan. 1673 yili u ona shaxri Samarkandga kaytib keldi 
va  etti  yil  mobaynida  Samarkand  va  Buxoro  shaxarlarida  fikx,  tafsir  va  xadis 
ilmlaridan  olgan  ma`lumotini  Kozi  xoja  Mirakshox  raxbarligida  chukurlashtirgan. 
1689 yili Samarkand xokimi Ibroximbiy uni  Shaybniyxon madrasasiga mudarris etib 
tayinlaydi. Olim o`z asarini shu erda tamomladi. Uning kachon vafot etgani ma`lum 
emas.  
«Muzakkiri  al-asxob»,  unda  tilga  olingan  shoirlarning    asarlaridan  boshka  juda 
ko`p, turli mavzudagi asarlarda keltirilgan ma`lumotlarni o`rganish asosida yozilgan. 
Manbalar  ichida  Mirxondning  «Ravzat  us-safo»,  imom  Abulfazl  Muxammad  as-
Samarkandiyning  «Kandiya»,  Yaxyo  Sibak  Nishopuriyning  «Gabistoni  xayol»,  Ali 
ibn  Xusayn  Voiz  al-Koshifiyning  «Rashaxot  ul-ayn  ul-xayot»,  mulla  Sodik 
Samarkandiyning  «Riyoz  ush-shuaro»,  Mir  Said  Sharif  Rokimning  «Tarixi  kasira», 
xoja  Samandar  Termiziyning  «Dastur  ul-muluk»  asarlari  xam  bor.  Shuning  uchun 
asarda she`riyat ilmidan tashkari, tarixiy va geografik ma`lumotlar xam ko`p. 
Tarixiy ma`lumotlardan Xiva xoni Anushaxonning 1681 va 1686 yillari Buxoro 
xonligi xududlariga bostirib kirishi, 1681 yili Buxoro atrofidagi tumanlar va Buxoro 
shaxristonining bosib olinishi, 1686 yili Samarkand, Karshi va Shaxrisabzning bosib 
olinishi  va  buning  oki  oid  ma`lumotlardanbatida  xalk  va  xukumatning  ogir  axvolga 
tushib kolishi xakidagi ma`lumotlar dikkatga sazovordir. 
Asarda  mamlakatning  ijtimoiy-iktisodiy    axvoliga  oid  ma`lumotlar  xam 
uchraydi. 
Xunarmandchilik, 
misgarlik, 
kimuxtgarlik, 
bo`yokchilik-sabbotiy, 
gilkorlik,  kavushdo`zlik,  zardo`zlik,  kassoblik,  karbozfurushlik,  attorlik,  zarkashlik, 
bazzozlik, temirchilik, xirgoxtaroshlik, nakkoshlik, sarroflik, jomaboflik, muxrgarlik 
va  boshkalar,  xoja  Ubaydulla  Axror  avlodining    mol-mulki  xakida  ma`lumotlar 
uchratamiz.  Ashtarxoniylar  davlati  tuzilishi,  xususan  otalik,  mustavfiy,  parvonachi, 


miroxur,  dodxox,  to`ksabo,  sipoxsalor,  sudur,  fakix,  a`lam,  muftiy,  kozi  askar,  rais, 
kitobdor,  mudarris,  mutavaliy,  yuz  boshi,  miri  xazar,  vokeanavis  va  boshka 
mansablar xakida o`ta kimmatli ma`lumotlar mavjud. 
 
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð....    
q. Áèîãðàôèÿ åêè áèîãðàôèê àñàð äåãàíäà íèìàíè òóøóíàñèç?  
w. #àíäàé áèîãðàôèê õàðàêòåðãà ýãà áóëãàí àñàðëàðíè áèëàñèç? 
 
16-mavzu. Agiografik asarlar, manokiblar yoki xolotlar. 
 
Reja: 
1. Agiografik asarlar xususiyalari.  
2. Agiografik asarlar tavsifi.  
 
Asosiy  tushunchalar:  Tazkira,  monokib,  xolot,  risola,  shayx,  imom,  tasavuf, 
murid, murshid, eshon, said, xo`ja, silsila, ta`rikot, Rashaxot, makolat.  
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001. 
3.  T.S.Saidkulov.  O`rta  Osiyo  xalklari  tarixining  tarixnavisligidan  lavxalar.-T., 
“O`kituvchi”. 1993.  
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.  
5.  Rukopisnaya  kniga  v  kul`turax  narodov  Vostoka.  Kniga  pervaya.-Moskva: 
‘’Nauka’’. 1987. 
 
Agiografik asarlarning umumiy xususiyatlari. 
Manokiblar yoki xolotlar yirik din va jamoat arboblari va tarikat peshvolarining 
xayoti  va  faoliyati,  ularning  karomatlari  xakidagi  biografik  asarlardir.  Manokiblar 
ustida  ishlash  shuni  ko`rsatadiki,  ularda  o`ta  kimmatli  ijtimoiy-iktisodiy,  tarixiy  va 
madaniy  xayotga  oid  dalillar  va  ma`lumotlar  ko`p  uchratish  mumkin.  Shunga 
karamay, bu xildagi manbalardan foydalanish ishini yaxshi deb bo`lmaydi. 
Mutaxassislar,  umuman  tarixshunos-manbashunoslar  e`tiboriga  manokiblar  va 
xolotlarning ba`zilari to`grisida ma`lumotlar keltirildi. 
Agiografik  asarlar  tavsifi.  «Tazkirayi  Bugroxoniy»  («Bugroxonning  xayot 
yo`li  va  aytganlari»)  Axmad  ibn  Sa`dulla  al-O`zgandiy  kalamiga  mansub  asardir. 
Kitob  mashxur  Koraxoniylardan  Sotuk  Bugroxon  (vafoti  955  y.)ga  bagishlangan. 
Asarda  Uvaysiya  tarikati  va  unga  ergashgan  toliblarning,  shular  katori  Sotuk 
Bugroxonning  xam  tarjimai  xoli  berilgan.  Asar  «Uvaysiya»  (mashoyixlari)ning 
tarjimai xoli» deb xam ataladi.  
«Tazkirayi  Bugroxoniy»  ilk  tarikatlardan  bo`lmish  Uvaysiya  tarikati  tarixi  va 
O`rta  Osiyoda  islom  dini  tarkalishi  tarixini  o`rganishda  muxim  manbalardan  biri 
bo`lib xizmat kiladi. 
Asar  matni  chop  etilmagan.  Ko`lyozma  nusxalari  O`zR  FA  Sharkshunoslik 
instituti xazinasida mavjud. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə