Asarning ikkinchi bobi o`ta kimmatli. Unda Shayboniy sultonlar – Muxammad
Amin sulton, Dinmuxammad sulton, Xisrav sulton, Abdukuddus sultonlarning xoja
Muxammad Islom va xoja Sa`d nomiga yo`llagan arznomalari va Buxoro,
Samarkand, Marv va Badaxshon shoirlari Mushfikiy, Maxramiy, Shuuriy, Vosifiy,
Sabriy va boshkalarning xazrat eshon – xoja Muxammad Islom va xoja Sa`dlar
sharafiga bitgan she`rlaridan namunalar keltirilgan. Bu erda keltirilgan arznomalar,
shuningdek xon va sultonlarning farmonlari asosan uch masala; 1) Buxoro
xonligining XVI asrdagi ichki axvoli, ya`ni markaziy xukumat bilan ulus, viloyat,
o`lka xokimlari o`rtasidagi munosabat, 2)xonliklarning ijtimoiy-iktisodiy axvoli, 3)
Buxoro xonligi bilan Eron, Shimoliy Xindiston va Koshgar o`rtasidagi munosabatlari
masalasiga to`xtalingan. Arznomalar va she`rlar O`zbekistonning XVI asrdagi
ijtimoiy-iktisodiy xayoti va madaniyatini o`rganishda katta axamiyatga ega.
Asarning uchinchi va to`rtinchi boblarida xoja Muxammad Islomning XVI asr
60-yillari boshidagi xayoti va faoliyati bilan boglik ma`lumotlar keltiriladi,
shuningdek, Juybor xojalarining mamlakatning ijtimoiy-iktisodiy xayotidagi ishlari
xakidagi ma`lumotlar o`rin olgan. Bu ma`lumotlarning ko`pchiligi xatto shu
masalalarni maxsus o`rgangan tadkikotchilarga xam ma`lum bo`lmasa kerak.
“Ravzat ur-rizvon”ning beshinchi bobi xam yozishmalarga bagishlangan. Bu
bobda Abdullaxonning xoja Muxammad Islom va xoja Sa`dga yo`llagan 100 dan
ortik maktubining nusxalari, Shayboniy sultonlar, yirik olimlar va viloyat xokimlari,
shuningdek, Xindiston, Eron va Koshgar xukmdorlarining Juybor xojalariga
yo`llagan maktublarining nusxalari keltirilgan. Bular orasida xazrat xojalarga in`om
etilgan mulklar, xazrat eshonning erlarini obod kilish yumushiga axolini majburiy
safarbar kilish va dexkonlarni erga biriktirish xakidagi farmonlarning nusxalari
keltirilgan.
Juyboriy xojalarga sher, kasidalar, masnaviylar, ta`rixlar bagishlagan shoirlar
Mexriy Buxoriy, Raximiy Samarkandiy, Masixo, Foniy, Xofiz Xusayn, Mexriy,
Xofiz Ibroxim va boshkalarga asarning oltinchi bobi bagishlangan. Tarixda
Abdullaxon va Juyboriy shayxlar kurdirgan binolar xakida muxim dalil va
ma`lumotlar keltirilgan.
Asarning so`nggi, ettinchi bobida Buxoro xonligining xoja Sa`d va Abdullaxon
davridagi ijtimoiy-siyosiy axvoli xakida muxim, dikkat e`tiborga sazovor
ma`lumotlar keltiriladi.
“Ravzat ur-rizvon”ning yaxshi va yagona ko`lyozmasi O`zR FA Sharkshunoslik
insititutining xazinasida 2094 rakami ostida saklanmokda. Asar xali biron xorijiy
tilgan tarjima kilinmagan. Uning to`grisida B.Axmedov va I.Saidaxmedov makolalari
e`lon kilingan.
«Jomi` ul-makomoti Maxdumi A`zam Kosoniy» («Maxdumi A`zam Kosoniy
makomotlari majmu`i») asari Nakshbandiya tarikatining yirik namoyondalaridan biri
xoja Axmad ibn Mavlono Jaloliddin Kosoniy (1461/62-1542 yy.)ning xayoti va
faoliyatiga bagishlangan.
Maxdumi A`zam Kosoniy yirik tarikat etakchisi bo`lishi bilan bir katorda,
sermaxsul olim edi. U axlok, siyosat va iloxiyotga oid «Tanbex us-salotin»
(«Sultonlarga nasixat»), «Asror ul-nikox» («Nikox sirlari»), «Rsolayi samo`iya»
(«Darveshlar uchun ixtiro etilgan musikalar»), «Risolayi vujudiya» («Chin xakikat
xakida risola»), «Odob us-solikin» («Darveshlar odobi xakida»), «Odob us-siddikin»
(«Sodik kishilar odobi»), «Ganjnoma», «Risolayi bako`iya» («Ko`z yoshi to`kib
tavba kilish xakida risola»), «Nasixat ul-solikin» («So`fiylik yo`lidan boruvchilar
uchun nasixat»), «Risolayi zikr» («Zikr xakida risola»), «Risolayi bayoni silsila»
(«Nakshbandiya tarikati boshliklari silsilasi»), «Risolayi chaxor kalima» («Abduxolik
Gijduvoniy aytgan to`rt kalima xakida risola»), «Risolayi botixiya» («O`zini narigi
dunyodagi xayotga xozirlash xakida risola»), «Mir`ot us-safo» («Poklik ko`zgusi»),
«Zubdat us-solikin va tanbex us-salotin» («So`fiylik yo`lidan boruvchilar uchun
zubda va sultonlar uchun tanbex»), «Risolayi Boburiya» kabi 30ga yakin asar yozib
koldirganlar. Maxdumi A`zam Kosoniyning ilmiy me`rosi ya`shi o`rganilmagan.
Bu ulug zotning xayoti va faoliyatiga bagishlangan «Jomi` ul-makomot» asarini
olimning nabirasi xoja Abulbako ibn Baxouddin yozgan. Asar Maxdumi A`zam
Kosoniyning yakin xalifalaridan Ali Axsikatiy, mavlono Do`st saxxof, mavlono
Boboyi xujrador, Xofiz Ibroxim va boshkalarning bergan ma`lumotlar«Jomi` ul-
makomotiga asoslanib yozilgan.
Asarda keltirilgan ba`zi ma`lumotlarga karaganda, xoja Abulbako keng
ma`lumotli va o`ziga to`k odam bo`lib, savdo-sotik bilan xam mashgul bo`lgan.
Uning karvonlari Movarounnaxr bilan Balx, Xindiston va Koshgar o`rtasida katnab
turgan. O`zi Shayboniy Abdulazizxon (1540-1549 yy.)ning ko`lida mas`ul, xukmgar
lavozimida turgan. Keyincha Fargona xukmdori Muxammadshox nomidan Kozok
sultoni xuzuriga elchi bo`lib borgan, so`ng 1556 yili, Abdullaxon soniy Buxoroni
kamal kilib turganida Buxoro xokimi Burxon sulton va nomi yukorida zikr etilgan,
xoja Muxammad Islomning iltimoisi bilan uning o`rdasiga elchi bo`lib borgan va sulx
tuzish xususida xon bilan muzokara olib borgan.
«Jomi` ul-makomot» kiskacha an`anaviy so`z boshi, xotima va uch bobdan
iborat.
Birinchi bobda Maxdumi A`zam Kosoniyning Muxammad paygambarga
ulangan shajarasi va ulug bobolari xakida kiskacha ma`lumot keltirilgan. Ikkinchi va
uchinchi boblar to`ligicha Maxdumi A`zam Kosoniyning xayoti, faoliyati va
karomatlari xakida xikoya kiladi.
Xotimada xazrat eshonning xayoti oxiri va uning 1542 yil 7 may kuni yuz
bergan vafoti tafsiloti bayon etilgan.
Asarda kuyidagi tarixiy ma`lumotlar o`rin olgan. XVI asrning birinchi yarmi
Shayboniy sultonlarning o`z uluslarida xukmronligini to`la o`rnatish yo`lida olib
borgan kurashlari, masalan, Ko`chkinchixon, Jonibek sulton, Do`stmuxammad sulton
va Kepak sultonlarning Fargona ustiga yurishi, Toshkent xokimi Navro`z Axmad-
Barokxonning, Samarkand xokimi Abdullatif sulton bilan birgalikda Buxoro ustiga
kilgan yurishi, Suyunchxojaxonning Toshkentga yurishi va Toshkentning kamal
kilinishi, Suyunchxojaxon bilan Koshgar xoni Sulton Saidxon o`rtasida Toshkent
uchun bo`lgan kurash, yukorida nomi tilga olingan Sulton Saidxonning Axsi, Andijon
va
Koson
ustiga
kilgan
xuruji,
Suyunchxojaxon,
Ko`chkinchixon
va
Ubaydullaxonning Kogar xoni Sulton Saidxon bilan olib borgan urushi va Sulton
Saidzonning Koshgardan kochib ketishi, Toshkent va Karshi Kosonda XVI asrning
40-yillarida bo`lib o`tgan xalk ko`zgolonlari xakida ma`lumotlarni bu kitobda
uchratamiz.
Kitobdagi ijtimoiy-iktisodiy xayot xakida xam muxim ma`lumotlar mavjud.
Unda Ko`xak daryosining ba`zi yillari to`lib-toshib okishi, ayrim yillarda satxi
pasayishi, yoki o`zanining o`zgarishi okibatida kurgokchilik sodir bo`lishi va uning
tevarak-atrofidagi kishloklarga suv chikmay kolib, axolining iktisodiy kiyinchiliklar
Dostları ilə paylaş: |